Ikkinchi qism toshkent – 2023


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

 
 
 


419 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Sh.Mirziyoyev. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent. O‘zbekiston. 
2021 y. -B. 267. 
2. Prokl Diad ox. Kommentariy na «Alkiviad 1» Platona // Voprosы filosofii. 
2001. №4. S. 124. 
3. Sm., naprimer: Aristotel. O dushe // Aristotel. Soch. V 4 t. M., 1976. T.1. S.441. 
4. Sm.: Franklin V. Istoricheskiy ocherk konstitutsii i pravitelstva Pen-
silvanii // Franklin V. Izbr. proizv. M., 1956. 
 
ADABIYOT – MA’NAVIY TARBIYANING BOSH MEZONI 
 
Bekzod Ashurov,
NamDU o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va 
bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ong-u tafakkuri, dunyoqarashi 
o‘zgarmoqda.
O‘zbekiston taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Yangi 
davr shiddati ta’lim-tarbiya tizimiga ham o‘zining aniq, qat’iy talablarini 
qo‘ymoqda. Shu o‘rinda ulug‘ marifatparvar adib Abdulla Avloningning 
“Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat 
– yo falokat masalasidur” degan jumlalari yodimizga tushadi. 
Tarbiya va ta’limni bir-biridan alohida ajratib bo‘lmaydi, bu ikki jarayon 
o‘zaro uyg‘un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy 
fazilatlarga ega, yuksak ma’naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan 
va jismonan sog‘lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-
hunar egasi bo‘lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi. 
Yurtimizda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-metodik isloh 
qilish borasida olib borilayotgan islohotlarni bugungi kun ehtiyojlaridan 
kelib chiqqan holda ilmiy kompetensiyalar asosida shakllantirishni talab 
etmoqda. Jumladan, tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, oliy ta’lim 
muassasalarining pedagogik imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqarish, ular 
orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko‘tarishni taqozo etmoqda. 
Bu boradagi ishlarni yanada mukammal amalga oshirish borasida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Adabiyot xalqning 
yuragi, elning ma’naviyatini ko‘rsatadi. Bugungi murakkab zamonda 
odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda 


420 
adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini 
o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun 
hamma sharoitlarni yaratamiz”, – deya ta’kidlangan muhim ko‘rsatmasi 
ham, mamlakatda adabiyot, kitobxonlik va ma’naviy tarbiyaning nufuzini 
oshirish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining oldida turgan muhim 
vazifalarni belgilab beradi. Shu ma’noda oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy-
ma’naviy muhitni ilmiy asosda tahlil qilish, jamiyatimizda ma’naviy-
ma’rifiy ishlarni adabiyot orqali ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish har bir 
professor-o‘qituvchilar oldida turgan vazifalar ko‘pligiga ishoradir. 
Ayni kularda O‘zbekistonda uchinchi Renessans atamasiga katta urg‘u 
berilmoqda. “Biz keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim 
islohotlari orqali O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi 
Renessans poydevorini yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik. 
Bu haqda gapirar ekanmiz, avvalo, uchinchi Renessansning mazmun-
mohiyatini har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur anglab olishi kerak. 
Tarixga nazar solsak, Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan ona 
zaminimiz azaldan yuksak sivilizatsiya va madaniyat o‘choqlaridan biri 
bo‘lganini ko‘ramiz. Xalqimizning boy ilmiy-madaniy merosi, toshga 
muhrlangan qadimiy yozuvlar, bebaho me’moriy obidalar, nodir 
qo‘lyozmalar, turli osori atiqalar davlatchilik tariximizning uch ming yillik 
teran ildizlaridan dalolat beradi”, - deydi Shavkat Mirziyoyev. Bundan 
tashqari davlatimiz rahbari buyuk yunon olimi Aristotelning “Vatan 
taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi”, degan so‘zlarini keltirib birinchi 
Renessans to‘qqizinchi – o‘n ikkinchi asrlarda Markaziy Osiyo hududida yuz 
beragani, bu davrda Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon 
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamahshariy singari o‘nlab buyuk 
allomalarimiz, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, 
Burhoniddin Marg‘inoniy, Abul Mu’in Nasafiy kabi ulug‘ ulamolar yetishib 
chiqqani, O‘n beshinchi asrda Sohibqiron Amir Temur bobomiz asos solgan 
va uning munosib avlodlari davom ettirgan muhtasham saltanat, yurtimizda 
ikkinchi Uyg‘onish, ya’ni ikkinchi Renessans davrini boshlab bergani, Bu 
davrda esa Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulug‘bek, G‘iyosiddin Koshiy, Ali 
Qushchi singari benazir olimlar, Lutfiy, Sakkokiy, Hofiz Xorazmiy, 
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi mumtoz shoir va 
mutafakkirlar maydonga chiqqanligini alohida ta’kidlagan edi. 
E’tibor bersak, Yurtboshimiz tomonidan yoshlarga juda katta e’tibor 
berilayotganligi, ilm ahllariga hurmat ko‘rsatilayotganligi, yoshlarni har 
tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganligi va ularni tinch, farovon, osoyishta 


421 
yashashiga harakat qilinayotganligining guvohi bo‘lamiz. Ajdodlarimiz 
tomonidan yaratilgan asarlar mana necha yillar bo‘lganiga qaramay, hali 
hanuz xalqni boy ijodiy merosi bilan boqyapti, ularga ko‘mak beryapti. 
Bugungi kunda ham olimlar, yoshlar va shu kabi bir qator ilm ixlosmandlari 
badiiy asarlarni chuqur o‘rganib dissertatsiya, ilmiy maqola, monografiyalar 
yozib, ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Bu kabi tadqiqotlar natijasida turli 
xil mukofot, stipendiya hamda sovrinlar olishmoqda. 
Badiiy asarlar ajdodlarimiz ma’naviy holatining ko‘zgusi bo‘lib, unda 
o‘tmish davr ijtimoiy turmushi, xalq hayoti, urf-odatlari, din-diyonat, 
axloq-odob haqidagi qarashlari o‘z aksini topgan. 
Bugungi kunda Namangan davlat universiteti 60230100 – Filologiya va 
tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi talabalariga 1-bosqichda tanlov fan 
sifatida “Adabiyot va ma’naviy tarbiya” fanining o‘qitilayotgani ham shular 
jumlasidandir. 
Ushbu fan muassasamizda 2020-yilda birinchi marta tanlov fan sifatida 
o‘quv rejaga kiritildi. Bundan ko‘zlangan maqsad talabalarning ilmiy-estetik 
tafakkurini shakllantirish, badiiy asarlar orqali mutolaa madaniyatini 
kuchaytirish, badiiy asarlardagi ma’naviyat, tarbiyaga oid jihatlarni kengroq 
o‘rganish va tahlil qilish, adabiyot orqali og‘zaki va yozma nutqini 
rivojlantirish, kundalik, ilmiy va kasbiy sohalarda faoliyat olib borishlarida 
yuqoridagi jihatlarga e’tibor qaratish, ularda fan bo‘yicha egallagan bilim, 
ko‘nikmalarni muloqot va ish faoliyati jarayonida qo‘llash malakasini 
shakllantirishga qaratiladi. Shuningdek, talaba-yoshlarga zamonaviy 
ta’lim-tarbiya bilan birgalikda qon-qonimizga singib ketgan muqaddas 
dinimizning mohiyatini to‘g‘ri tushuntirib berish va ezgu g‘oya asosida 
tarbiyalash g‘oyat muhim masaladir. Zotan, bugun har bir yoshni muqaddas 
dinimizning ezgu g‘oyalari asosida, milliy qadriyatlar va keksa 
nuroniylarimizning pand-nasihati quvvati bilan tarbiyasiga e’tibor 
qaratishni dolzarb deb bilsak, ertangi kunda milliy ma’naviyatimizning 
mustahkamligi va yosh avlodning teran fikr va yuksak namunadagi tarbiya 
egasi sifatida komil inson bo‘lib ulg‘ayishidagi ishlarimiz o‘z samarasini 
beradi. 
Adabiyotning inson ma’naviy-axloqiy kamolotidagi oʻrni va ahamiyati 
haqida so‘z yuritilganda Adabiyotning o‘ziga xos xususiyatlari, adabiyot 
bilan milliy ma’naviyatning uzviy aloqadorligi, adabiyotda odob-axloq, ilm-
ma’rifat va tarbiya masalalarining talqini, buyuk allomalar va adiblarning 
adabiyot haqidagi fikr-mulohazalaridan namunalar keltirish, badiiy asarlar 
orqali inson ma’naviy ongini boyitish mumkin. 


422 
Bugungi kunda davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyevning yoshlar 
ma’naviyati va tarbiyasiga oid qarashlarini, adabiyot va kitobxonlik 
borasidagi qarashlarini, 2019-yil mart oyida ilgari surilgan “Besh muhim 
tasabbus”larini alohida ta’kidlash zarur. Bu orqali ko‘pgina ta’lim 
muassasalarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga jiddiy urg‘u 
berilmoqda. Bu kabi tadbirlar albatta yoshlar tarbiyasi, ma’naviyatini 
yuksaltirishda o‘zining ta’sirini o‘tkazadi.
Yusuf Xos Hojib o‘z davrining zukko adabiyotshunosi va mutafakkiri 
sanaladi. “Qutadg‘u bilig” dostoni turkiy yozma adabiyotning ilk adabiy 
namunasi hisoblanadi. Unda odob-axloq masalalarini va tarbiyaviy 
jihatlarini atroflicha o‘rganish mumkin. Asarda komil inson qiyofasi ham 
tasvirlangan. 
Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmat” asari, hikmatlarida insoniy 
go‘zallik, insonparvarlik, ma’naviy poklik, saxovat, diyonat, xolislik, 
adolatparvarlik, mehnatsevarlik kabi go‘zal axloqiy sifatlar tasvirlangan. 
Boqirgʻoniy Sulaymon asarlarida esa inson kamoloti va ma’naviy yetukligi 
to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar yuritish mumkin. Ilm-u ma’rifatning so‘nggi 
manzili haqiqat bo‘lib, unga tahsil bilan erishgan kishi axloqiy poklikka va 
ma’naviy yetuklikka erishgan komil inson hisoblanadi, deb ta’kidlanadi. 
Mutafakkir ijodida ilgari surilgan insonparvarlik, barkamollik, insofli, 
diyonatli bo‘lishga undovchi, inson ma’naviy-ruhiy pokligi xususidagi 
mulohazalari yoshlarni axloqiy jihatdan yuksaltirish, ularda axloqiy 
fazilatlarni rivojlantirishga yordam beradi. 
Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror”, “Lison ut-tayr”, “Mahbub ul-
qulub” kabi asarlarini ham muhim ahamiyatga ega. “Hayrat ul abror” 
dostonini axloqiy-ta’limiy va ma’rifiy-falsafiy doston sifatida o‘rganiladi. 
Dostondagi maqolatlarning mushtarakligi va undagi inson tarbiyasi 
masalalariga alohida e’tibor berilgan. “Mahbub ul-qulub” asarida shoirning 
komil inson va mukammal jamiyat haqidagi orzulari ifodalangan. 
O‘zbek xalq maqollarida ham tarbiya va odob masalalarini ko‘rishimiz 
mumkin. Ko‘pgina badiiy asarlarda o‘zbek xalq maqollarini uchratamiz. 
Masalan, Abdulla Qahhor o‘zining ko‘pgina hikoyalarida maqollardan 
namunalar keltiradi. “O‘g‘ri”, “Bemor”, “Dahshat” kabi hikoyalari shular 
jumlasidandir. Maqollar inson tarbiyasiga ijobiy ta’sir o‘tkazish vositasi 
hisoblanadi. 
Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romanida milliy maʼnaviyat 
targʻibi ham ko‘rishimiz mumkin. Asardagi odob-axloq, tarbiya motivlari, 
adibning asardagi badiiy mahorati va davr ma’naviyatini asardagi obrazlar 









430 
Shu jihatdan gender yondashuv bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar har 
tomonlama rivojlangan, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan talaba-qizlarni 
mutaxassislik asosida tayyorlash va ular yordamida mamlakatimiz xotin 
qizlari salohiyatidan jamiyatimiz maʼnaviyati va moddiy farovonligini 
yanada oshirish yo‘lida to‘laroq foydalanishga yordam beradi. Jamiyatda 
xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini shakllantirish pedagogika tarixida Sharq 
mutafakkirlari Аbu Nasr Forobiy, Аlisher Navoiy, Аbdulla Аvloniy, Elbek 
(Mashriq Yunusov) kabi allomalarimizning ilmiy yo‘nalishlari asosini tashkil 
etgan. 
Zamonaviy sharoitda jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini 
shakllantirishga doir ilmiy-tadqiqot ishlari falsafiy, ijtimoiy, psixologik va 
iqtisodiy yo‘nalishlarda amalga oshirilayotganligi ko‘zga tashlanadi. Ularning 
falsafiy-metodologik jihatlari Simona de Buvuar, R.Xov, J.Lorber, K.Uest va 
D.Zimmermann, Ye.Kuchkina, V.Fesenko, ijtimoiy yo‘nalishda V.M.Xvostov, 
O.Voronina, B.Fridan, Ye.Zdravomislova, gumanitar yondashuv asosida N.Vulf, 
K.Mishar-Marshal, K.Riberi, G.Mur kabi olimlarning ilmiy ishlari, monografiya 
va o‘quv qo‘llanmalarida chuqur tahlil etilgan. 
Pedagog olimlardan M.Quronov, S.Nishonova, O.Musurmonova, 
N.Egamberdieva, E.Turdiqulov, А.Zunnunov, S.Ochil, J.Hasanboev, 
U.Mahkamov, R.Safarova kabilarning ilmiy izlanishlarida jamiyatda xotin-
qizlarning ijtimoiy faolligini shakllantirishga doir ayrim xususiyatlarga 
eʼtibor qaratilgan. [2]. 
Zamonaviy sharoitda jahon amaliyotiga asoslangan mazkur dastlabki 
izlanishlar BMT taraqqiyot dasturi YuNESKO, «Ochiq jamiyat» Ko‘mak 
jamg‘armasi instituti tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Xususan, talaba-
qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish, ularni jamiyatimizning teng 
huquqli bunyodkoriga aylantirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan 
biridir. O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-intellektual hayotida 
tub o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan hozirgi kunda o‘quv jarayonini shaxsning 
gender tengligi va farqlari asosida tashkil etish masalasi ham pedagogik 
jarayon va tadqiqotlarning tarkibiy qismiga aylanishi kerak. Gender tenglik 
va farqlarni hisobga olgan holda taqdim etilgan o‘quv materiallari 
yordamida talabalarda kuzatuvchanlik, loyihalash, faraz qilish, taxminlash, 
bashorat qilish ko‘nikmalari izchil shakllanib boradi. Zero, qizlar va o‘g‘il 
bolalar o‘rtasidagi ijtimoiy hamda o‘quv munosabatlarini tartibga solish 
muhim pedagogik ahamiyatga ega. Chunki o‘quv jarayonlari orqali 
istiqbolda jamiyatning erkak hamda ayol aʼzolari orasidagi ijtimoiy 
munosabatlar qaror topadi. 
Respublikamiz olimlarining fikricha, o‘qituvchilarni tayyorlashda 
gender jihatlarni ishlab chiqish jarayoni va amalga oshirish tamoyillari 


431 
ularni pirovard natijaga olib keluvchi asosiy bosqich hisoblanadi. Gender 
jihatlarni tushungan o‘qituvchi gender muammolaridan xabardorligi va his 
qila olishi asnosida yosh avlodni ongli fikrlash va harakat qilishiga imkon 
yarata oladi. Shunday ekan, taʼlimda gender tenglikni amalga oshirish 
harakati o‘qituvchidan boshlanib, uning kasbga tayyorlash bosqichidan, to 
uzluksiz malaka oshirish bosqichigacha, butun faoliyatini qamrab olishi 
kerak. Shu bois, oliy taʼlim muassasalarida talabalarning kasbiy bilim va 
ko‘nikmalardan tashqari, ularga muhim hayotiy ko‘nikmalarni, shu 
jumladan tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini, muammolarni hal 
qilish, moslashuvchanlik, shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, 
shuningdek, mustaqil va hamkorlikda ishlashga o‘rgatish gender 
kompetentlikni shakllantirish juda muhim hisoblanadi. Buning uchun oliy 
taʼlim tizimiga gender yondashuvni tatbiq etish va uni boshqarishning 
samarali mexanizmlarini ishlab chiqish talab etiladi. Mamlakatimizda 
o‘tgan asrning oxirlarigagina kelib taʼlim jarayonida gender farqlar va 
o‘xshashliklarni hisobga olish haqidagi fikrlar ilgari surila boshlandi. Аslida 
gender feministik nazariyaning davomi sifatida vujudga kelgan 
yondashuvdir [3].
YUNESKOning 1998 yil 9 oktyabrdagi anjumanida oliy taʼlim tizimining 
maqsadi zo‘ravonlik va zulmdan xoli bo‘lgan jamiyatni barpo etish ekanligi 
eʼtirof etildi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun yangi pedagogik 
texnologiyalar va zamonaviy usullarni qo‘llagan holda o‘quv dasturlarini qayta 
ishlab chiqish zarurligi qayd etilgan. Yangidan ishlab chiqilgan o‘quv 
dasturlarida erkak va ayollar tengligi, qolaversa, barcha fanlarning gender 
omillari hisobga olingan. Jahon amaliyotiga asoslangan mazkur dastlabki 
urinishlar BMTning «Taraqqiyot» dasturi, YUNESKO, «Ochiq jamiyat» 
«Ko‘mak» jamg‘armasi instituti tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi. Natijada 
gender tadqiqotlari kursi Moskva davlat universiteti, Xarkov universiteti va 
MDH davlatlarining qator oliy taʼlim muassasalari dasturlariga joriy etildi.
O‘zbekistonning baʼzi oliy taʼlim muassasalarida 2001 yildan boshlab, 
tashabbuskor o‘qituvchilar tomonidan maxsus kurslar shaklida gender 
tadqiqotlarining u yoki bu jihatlarini yorituvchi maʼruzalar o‘qilmoqda. Bu 
boradagi tajribalar talabalarning gender tadqiqotlariga qiziqishi kuchli 
ekanligini ko‘rsatdi. Respublikamiz oliy taʼlim muassasalarida gender 
tadqiqotlarining o‘rganilishi bo‘lg‘usi mutaxassislar tafakkurining 
dunyodagi eng yangi tahliliy yutuqlar asosida shakllanishigagina emas, balki 
mazkur sohaning O‘zbekiston ilm-fanida yanada rivojlanishiga yordam 
berishi, shubhasiz. 
Gender farqlar hamda o‘xshashliklar taʼlim jarayonida qiz va o‘g‘il bolalar 
o‘quv faoliyatidagi o‘xshashliklar va farqlarni hisobga olishga asoslanadi. Bu 


432 
esa, o‘z navbatida, o‘quv jarayoni samaradorligini taʼminlashga yordam beradi. 
U yoki bu jinsga mansublik o‘quvchi shaxsining imkoniyatlarini belgilaydi. Qiz 
va o‘g‘il bolalar orasidagi gender farqlar va o‘xshashliklarni hisobga olishga 
qaratilgan tadqiqotlar amalda gender pedagogikasi hamda psixologiyasida bir 
qadar keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Bu, ayniqsa, jinsiy tarbiya hamda bu 
jarayonda ruhiy imkoniyatlarni hisobga olish yo‘nalishida yaqqol ko‘zga 
tashlanadi. Jinsga asoslangan taʼlim-tarbiya – o‘quvchini kelajakdagi hayotga 
tayyorlashda har tomonlama taʼsir ko‘rsatadigan taʼlimiy-tarbiyaviy, maʼrifiy 
vositalar yig‘indisidir [3]. 
Bugungi kunda o‘quv-biluv jarayonida gender farqlar va o‘ziga 
xosliklarni hisobga olish tabiiy pedagogik hodisa sifatida eʼtirof etilmoqda. 
Biroq didaktikada ushbu hodisaning ilmiy talqini mavjud emas. O‘quv-biluv 
jarayonida gender farqlarga oid o‘ziga xosliklarni hisobga olmasdan turib, 
taʼlim natijasining samaradorligini taʼminlash mumkin emasligi barcha 
mutaxassislarga ayon bo‘lmoqda. Аyniqsa, ruhshunoslar bu sohada bir qator 
yutuqlarni qo‘lga kiritmoqdalar. 
«Gender tenglikka erishish strategiyasi asosan, uzoq istiqboldagi 
maqsadli vazifalardan kelib chiqib, qator ustuvor yo‘nalishlarda amalga 
oshiriladi. Davlat xizmatida, ijtimoiy-iqtisodiy, oilaviy munosabatlar hamda 
bolalar tarbiyasi sohasida, saylov huquqlarini amalga oshirishda xotin-
qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash 
shular jumlasidan.
Darhaqiqat, qadim yunon Suqrot, Arastu, Aflotun kabi olimlari eng 
yaxshi davlat sifatida jamiyatda tenglik va adolat hukm surgan polisni 
nazarda tutishgan. eng yaxshi qonunlar sifatida ham barcha tengligini 
kafolatlagan qonunlarni ilgari surishgan. Erkak va ayollar tengligi g‘oyasini 
yunon olimi Antifont o‘z asarlarida qo‘llagan holda: «Tabiat barchani: 
ayollarni ham, erkaklarni ham teng qilib yaratadi, lekin odamlar insonlarni 
tengsiz holatga soluvchi qonunlarni ishlab chiqishadi», deb ta’kidlagan. 
Sharq qomusiy olimlardan Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida 
tenglik hukm surgan davlatni fozillikka intilgan davlat sifatida qayd etgan 
bo‘lsa, 1791 yilda Olimpiya De Guj tomonidan tayyorlangan fuqarolik va 
ayol huquqi deklaratsiyasida ilk bor ayollarning erkin fikrlash va o‘z fikrini 
bildirish huquqiga ega ekanligie’tirof etilgan. Gender tengligining huquqiy 
rivojiga e’tibor beradigan bo‘lsak, eng avvalo, gender tenglikning huquqiy 
asoslari xalqaro va milliy qonunchiliknitarixiy-nazariy va huquqiy jihatlarini 
tahlil etish joiz. Albatta, barchamizga ma’lumki, 1948 yilda BMT Bosh 
assambleyasi tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon 
deklaratsiyasida erkak va ayollarning tengligi alohida e’tirof etilgan bo‘lib, 
Deklaratsiyaning 1-moddasida «Hamma odamlar o‘z qadr-qimmati hamda 


433 
huquqlarida erkin va teng bo‘lib tug‘iladilar. Ularga aql va vijdon ato 
qilingan, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda 
bo‘lishlari kerak», deya ta’rif berilgan. BMT tomonidan 1966 yilda qabul 
qilingan yana bir xalqaro hujjat – “Fuqarolik va siyosiy huquqlar 
to‘g‘risida”gi xalqaro paktning 3-moddasida ta’kidlanishicha, «Mazkur 
paktda ishtirok etuvchi davlatlar erkaklar va ayollar uchun ushbu Paktda 
ko‘rib chiqilgan barcha fuqarolik va siyosiy huquqlardan bir xilda 
foydalanishini ta’minlash majburiyatini oladi». Aynan mazkur xalqaro 
norma “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar 
kafolatlari to‘g‘risida” qonunning 2-moddasida “Xotin-qizlar va erkaklar 
uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir”, - degan 
moddaning amaliy va huquqiy asosidir. Demak, yuqorida qayd etilgan 
xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilgan mustaqil davlatimiz xalqaro 
huquqning umume’tirof etilgan talablaridan kelib chiqib o‘z milliy 
qonunchiligida ayollar va erkaklar tengligi masalasiga jiddiy ahamiyat 
berishining sababi ham asoslidir. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling