Ikkinchi qism toshkent – 2023


“PROBATSIYA HISOBIDAGI YOSHLARNI MA’NAVIY TARBIYALASH


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

 
“PROBATSIYA HISOBIDAGI YOSHLARNI MA’NAVIY TARBIYALASH, 
HUQUQIY ONGINI OSHIRISH VA IJTIMOIY MOSLASHTIRISH”. 
 
Abdilxamedov Abbos Abilatibovich,
Toshkent viloyati IIBB JXX Probatsiya
boshqarmasi muxim topshiriqlar bo‘yicha inspektori 

Annotatsiya. Maqolada mamlakatimizda yoshlarni ma’naviy tarbiyasi, 
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida 
amalga oshirilayotgan ishlar bayon etilgan. 
Tayanch tushunchalar: Yoshlar, jinoyat, huquqbuzarlik, yoshlar bandligi, 
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash. 
“Ertangi kunimiz egalari bo‘lgan yoshlar bilan ishlash – biz uchun 
hayot-mamot masalasi, xavfsizligimiz masalasi!” 
SHAVKAT MIRZIYОYEV 
Bugun hayotimizning har jabhasida o‘zgarish, yangilanishlar 
kuzatilmoqda. Ushbu islohotlar zamirida xalq manfaati va farovonligini 
ta’minlash maqsadi mujassam. Ana shunday ezgu amallar samarasida davlat 
va xalq o‘rtasidagi muloqot yangi bosqichga ko‘tarilib, xalq og‘irini yengil 
qilishga xizmat qiladigan yangicha tizim ishlab chiqildi. O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 12-


435 
avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016-yil 24-avgustda 
ma’qullangan va Prezidentimiz tomonidan 2016-yil 16-sentyabr kuni 
imzolangan, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni xalq va davlat 
idoralari o‘rtasida mustahkam ko‘prik vazifasini bajarmoqda.
Qonunning 2-moddasida “Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari 
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va 
yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishdan
qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlash-
dan, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasidan 
iborat” – deb belgilab o‘tilganligi ham buning yaqqol misolidir. 
Qonun qabul qilingandan so‘ng ichki ishlar organlari tizimini tubdan 
isloh etish sari dadil qadam qo‘yildi.
Qonunning 5-moddasida, Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy 
prinsiplari-“qonuniylik, yagonalik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va 
qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va 
qonuniy manfaatlarni hurmat qilish, ochiqlik va shaffoflikdan iborat” – deb 
belgilab o‘tildi.[1] 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil-7 noyabr kunidagi 
“Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi PQ-4006-sonli Qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida 
2019-yil
1-yanvar kunidan Ichki ishlar organlari tizimida mutloqo yangi 
Probatsiya xizmati tashkil etilib, xizmat vazifalari va funksiyalari belgilab 
berildi.[2]. 
Qaror talablari asosida Probatsiya yo‘nalishida nazorat ostidagi 
shaxslarning jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishini oldini olish, 
ularni qayta tarbiyalash va nazorat ostidagi shaxslarga ijtimoiy-huquqiy 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling