Ikkinchi qism toshkent – 2023
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
411 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Shavkat Mirziyoyev. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. – T.: “O‘zbekiston”. 2022. 2. AQSHlik mashhur siyosatshunos olim Nikolas Spaykmen (1893-1943) o‘zining “Jahon siyosatida Amerika strategiyasi” nomli asarida davlat geosiyosiy qudratini 10 ta kriteriya bilan belgilaydi: 1. Maydonning kengligi; 2. Chegaralar tabiati; 3. Aholi soni; 4. Foydali qazilmalar salohiyati; 5. Iqtisodiy va texnologik taraqqiyot; 6. Moliyaviy qudrat; 7. Etnik birlik (bir millatlilik); 8. Ijtimoiy integratsiyaning darajasi; 9. Siyosiy barqarorlik; 10. Milliy ruh. 3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. https://lex.uz 4. PQ-5040-son 26.03.2021. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. https://lex.uz/docs/-5344692. 5. 1059-son 31.12.2019. Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. https://lex.uz/ docs/-4676839 SIYOSIY MADANIYAT TUSHUNCHASI MOHIYATI Abdilrashid Anvarxonov, O‘zbekiston milliy universiteti tadqiqotchisi Annotatsiya: ushbu maqolada jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadigan siyosiy madaniyatning tushuncha va ta’riflari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: siyosiy ong, siyosiy madaniyat, siyosiy hokimiyat, siyosiy jarayon. Ilmiy adabiyotlarda “siyosiy madaniyat” tushunchasiga turlicha ta’riflar berilgan. Jumladan, «Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug‘ati”da: “Siyosiy madaniyat – umumiy madaniyatning muhim turi, jamiyat azolari, millat, ijtimoiy guruhlar va qatlamlar hamda har bir fuqaroning davlatning ichki va tashqi siyosatni tushuna bilish qobiliyati, tahlil qila olish darajasi va siyosiy vaziyatga qarab, mustaqil ravishda o‘z hatti-harakatlarini belgilash hamda ularni amalga oshirish madaniyati. Oldindan ko‘ra bilish iste’dodi, harakat yo‘nalishini o‘zgartirish, nazariy va amaliy yo‘nalishilarini aniqlay olish, tarafdorlar topish, ijtimoiy jarayonlarning tezligiga ta’sir o‘tkazish siyosiy madaniyatning jihatlaridan sanaladi” [1, 191 ], deb yozilgan. Yana bir |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling