Ikkinchi qism toshkent – 2023
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
Kalit so‘zlar: “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”, “Saxovat”, “Muruvvat”
uylari, ijtimoiy himoya, ijtimoiy ko‘mak, nogiron shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi, “Nurli maskan” maktablari, “yopiq” dunyo,“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashning yangicha tizimini shakllantirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. 2022 yilda hukumatimiz tomonidan olib borilgan g‘amho‘rliklar ifodasi sifatida davolanish maskanlarida sog‘lom hayotga qaytgan yoshi ulug‘ insonlar va nogiron shaxslar 43 ming nafardan oshdi, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga taqdim etiladigan bepul oziq-ovqat va gigiyenik vositalar soni 19 tagacha ko‘paytirildi, nogiron shaxslarga beriladigan bepul protez-orto- pediya hamda reabilitasiya texnik vositalar ro‘yxati 27 tagacha oshirildi. Muhtaram Prezidentimiz “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” nomli kitobida: “Nuroniy otaxon va onaxonlarimizga munosib turmush sharoitlarini yaratib berish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni ko‘rdik. Yosh avlodimizni barkamol, el-yurt uchun fidoyi insonlar qilib tarbiyalashda biz muhtaram nuroniylarimizga tayanamiz” deb, davlat boshqaruvida nuroniylarning ham o‘rni beqiyosligini ta’kidlab o‘tadi. Har yili odam savdosi iskanjasiga tushib qolgan minglab insonlarni psixologik, tibbiy reablitasiya va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida qat’iy o‘rnatilgan chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda. Birgina, 2021 yilning o‘zida 1024 nafar fuqaroga tibbiy va ijtimoiy ko‘mak berilgani fikrimizni isbotlaydi. Mamlakatimizda Tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda ayrim tashkilot va muassasalar faoliyati lozim darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi va ulardagi mavjud kamchilik va muammolar yoshi ulug‘ keksalarimiz va nogiron bo‘lgan insonlarga ko‘rsatilayotgan g‘amho‘rliklar va moddiy-ma’naviy yordamlar ko‘lamini kengaytirish va ularni samarali hal qilishga to‘sqinlik qilib kelgan. Jumladan: Birinchidan, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashovchi davlat qaramog‘idagi shaxslarga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni boshqarish tizimiga yetarlicha e’tibor qaratilmagan edi; Ikkinchidan, tug‘ilajak farzandlarda nogironlikni erta aniqlash, nogironlikni oldini olish va nogiron bo‘lgan shaxslarga tibbiy reablitasiya sifati qoniqarli darajada bo‘lmagan; 384 Uchinchidan, yoshi ulug‘ keksalarimiz va nogiron bo‘lgan insonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan muassasalarda tibbiy hamda ijtimoiy yoki moddiy-texnika holati yuzasidan ko‘plab muammolar saqlanib qolgan edi; To‘rtinchidan, mazkur muassasa xodimlarining moddiy rag‘batlantirish tizimi davr talabiga javob bermagan; Beshinchidan, ushbu muassasalarda ko‘ngillarni ko‘taruvchi ma’naviy- ma’rifiy kechalar va madaniy tadbirlarni tashkil etishda yetarlicha muammolar mavjud bo‘lgan; Oltinchidan, odam savdosi iskanjasida qolgan jabrdiydalarga ko‘rsatilgan tibbiy hamda ijtimoiy reablitasiyalar xolati va psixologik yordam sifati zamon talabi darajada bo‘lmagan. Mana shunday muammolarni bartaraf etish xalqimizning munosib va farovon hayot kechirishlari maqsadida so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshi ulug‘ ota-onalarimiz va nogiron bo‘lgan yurtdoshlarimizni ijtimoiy himoya qilish va tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqib ularni amalga oshirish maqsadida: Davlatimiz rahbarining ko‘rsatmasi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi shuningdek, uning tarkibida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish Agentligi va hududiy bo‘linmalari tashkil qilindi. Mazkur qarorda ustivor vazifalar aniq qilib belgilab berildi: Mazkur agentlik yoshi ulug‘ keksalar, nogiron shaxslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholining boshqa qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanishi va faoliyati bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysungan xolda har yili hisobot berishi; Agentlikning direktorini hamda uning o‘rinbosarlarini Prezident tasdiqlashi va lavozimdan ozod etishi ham bu sohaga Yurtboshimizning o‘zi nazoratga olishi ham Yangi O‘zbekistonda saxovat tushunchasining davlat darajasiga ko‘tarilganligiga yana bir misoldir. Qarorga muvofiq agentlik tizimiga quyidagi muassasa va tashkilotlar o‘tkazildi: a) “Muruvvat” va “Saxovat” uylari, nogiron bo‘lgan shaxslarni reablitasiya qilish va protezlash milliy markazi va ularning hududiy markazlari, urush qatnashchilari va mehnat faxriylari uchun dam olish pansionatlari va sanatoriylar, respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va hududdagi uning bo‘linmalari, odam savdosidan 385 jabrlanganlarga ko‘mak berishga ixtisoslashgan Respublika reablitasiya markazi; b) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari (byudjetdan tashqari) faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda nogiron shaxslarni qo‘llab- quvvatlash jamg‘armasi. Mazkur agentlikning vazifalari etib quyidagilar belgilandi: 1. Yoshi ulug‘ keksalar, nogiron shaxslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining boshqa qatlamlari tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasi bo‘yicha ustivor davlat siyosatini izchil davom ettirish; 2. “Saxovat” va “Muruvvat” uylarining keksa hamda nogiron bo‘lgan shaxslarga xizmat ko‘rsatish faoliyatini samarali va tizimli tashkil etish va uni boshqarish; 3. Keksa, nogiron va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga tibbiy- ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda tashkilot va muassasalarning faoliyatini muvofiqlashtirgan holda ularga uslubiy rahbar bo‘lish; 4. nogiron shaxslarni davolashda tibbiy va ijtimoiy reablitasiya qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini o‘tkazish hamda mutaxassislar tayyorlash ishlarini tashkil etish; 5. protez-ortopediya buyumlariga muhtoj bo‘lgan shaxslarni doimiy va tizimli ravishda texnik vositalar bilan ta’minlash faoliyatini yangicha yondashuv bilan davom ettirish; 6. tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda olingan natijalarni ilg‘or tajriba va xorijiy rivojlanish tendensiyalariga asoslangan holda tahlil qilish va doimiy monitoring tahlilini qilib borish; 7. odam savdosidan jabr ko‘rganlarni tibbiy-ijtimoiy himoyaga olish va reabilitasiya qilish va ularni psixologik qo‘llab-quvvatlash; “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida amalga oshirishni nazarda tutuvchi vazifalari ham belgilab berildi: 1. yoshi ulug‘ keksalar va nogiron shaxslarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sifatli tibbiy- ijtimoiy yordam ko‘rsatish uchun munosib sharoitlarni yaratish va ijtimoiy- huquqiy himoya qilishni ta’minlash; 2. nogiron shaxslar, shuningdek, bolalarni ijtimoiy himoyaga olish va ularni ma’naviy qo‘llab quvvatlash, o‘zlarining iqtidoridan kelib chiqib o‘zlari tanlagan ixtiyoriy kasb-hunarga yo‘naltirish va o‘rgatish; 3. sog‘liqni saqlash tizimidagi yetuk mutaxassislarni jalb etish, ularga dastlabki tibbiy yordamni ko‘rsatish, keksa yoshdagilar va nogiron 394 Bu kabi salbiy holatlar harbiy ta’lim muassasalari ayrim kursantlarida ham kuzatilishi, ayniqsa, tashvishli holdir. Bu holatlar esa kelgusida harbiy xizmatchining oldiga qo‘yilgan strategik va taktik vazifalarni bajarishda jiddiy muammolar va tahdidlar yuzaga kelishi mumkin. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish dolzarb bo‘lib, bu quyidagi o‘ziga xos yo‘nalishlarda faoliyatlarni jadallashtirishni taqozo etadi: kursant va tinglovchilarda sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish va ularni ma’naviy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalash; mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni va dinamikasini kursantlar va tinglovchilar tushunishini va o‘z faoliyatiga moslashtirgan holda, kasbiy o‘sish va rivojlanishga intilishini oshirish; kursant va tinglovchilar doimiy asosda axloqiy-ruhiy, ma’naviy-ma’rifiy tayyorlash, shuningdek, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlari va faol hayotiy pozisiyasini shakllantirish, sodir bo‘layotgan hodisalarga daxldorlik va Vatan taqdiri uchun ularda javobgarlik tuyg‘usini mustahkamlash; kursant va tinglovchilar ongiga salbiy ta’sir etuvchi, ularni g‘oyaviy jihatdan qaram etishga yo‘naltirilgan harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish hamda irodali, fidoyi, vatanparvar va o‘z mustaqil fikriga ega yosh ofiserlarni tarbiyalashga qaratilgan kompleks tadbirlarni amalga oshirish; harbiy ta’lim muassasalarida kursantlarni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash, sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, jismonan sog‘lom va barkamol avlod etib tarbiyalash uchun yetarli sharoitlar yaratish; kursant va tinglovchilarning Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish; Respublika harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, ular o‘rtasida turli xil sport musobaqalarini faollashtirish, ularning intellektual va madaniy (badiiy-estetik) saviyasini oshirish maqsadida kitobxonlikni targ‘ib qilish, jahon ilm-fani, san’ati namunalari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish orqali zamonaviy fikrlaydigan, bilim va dunyoqarashi keng, bugungi kun talablariga javob beradigan harbiy kadrlarni tayyorlash. 395 Qurolli Kuchlar tizimida o‘tkazilayotgan islohotlar va ularning keng qamrovliligini doimiy ravishda yetkazish va unda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida sifatli bajarilishini ta’minlash; harbiy xizmatchining jamiyatda yuqori obro‘-e’tibori, shaxsiy namunasi, shu bilan birga, xavfsizligi, ma’naviy, ijtimoiy-psixologik va huquqiy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash. Ta’kidlash lozimki, harbiy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan kursantlarning belgilangan o‘quv dasturidagi fanlarni qanchalik sifatli o‘zlashtirishi, zamonaviy qo‘shinlarni mohirona boshqarishi kelajakdagi harbiy mutaxassislar uchun chambarchas bog‘liqligi hammamizga ayon. Shu bilan birga, harbiy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan yosh ofiserlarning ma’naviy dunyosining shakllanishi, ularning mafkuraviy immunitetining qanchalik bardoshliligi, Vataniga sadoqati ular o‘rganayotgan harbiy ilmlar bilan yanada mustahkam bo‘ladi. Shuning uchun ta’lim jarayonida biriktirilgan ustozlar (kurs, fakultet rahbarlari) hamda professor-o‘qituvchilar har bir kursantning va tinglovchining kelajakdagi kasbiga sadoqati, yurtiga va xalqiga fidoyi shaxs sifatida tarbiyalanishi uchun mas’uliyat hissini chuqur anglashi lozim. Alohida ta’kidlash lozimki, bugungi kunda internet orqali yoshlarning tarbiyasiga kuchli salbiy ta’sir qilayotgan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan yot g‘oyalar, saviyasi past madaniy mahsulotlar ularning shaxs sifatida shakllanishida va kelgusida harbiy xizmatga jalb qilishda jiddiy to‘siqlarni yaratmoqda. Ayniqsa, hozirgi globallashuv davrida internet tarmog‘ida avj olib borayotgan terrorizm, turli ekstremistik qarashlar va buzg‘unchi g‘oyalar, tekshirilmagan va bo‘htondan iborat axborotlar oqimining erkin almashinuvi, ulardan g‘arazli kimsalarning o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishga urinishlari odatiy holga aylanib borayotgan ushbu vaziyatda milliy-ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalanmagan, yot g‘oyalarga berilgan yoshlardan vatanparvar, o‘z xalqi va millatiga sodiq kadrlarni yetishtirib chiqarish juda katta muammo hisoblanadi. Ushbu toifa yoshlarning siyosiy- huquqiy tafakkuri buzilgan, ongi deformasiyalashgan hamda uning ijtimoiy- madaniy muhit va qadriyatlarga amal qilmasligi kuzatiladi. Bizningcha, vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan yoshlarni mukammal shaxs qilib yetishtirish oson kechadi, chunki uning siyosiy bilimini oshirish, yot g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, Vatan himoyasiga zarur kadr qilib tarbiyalash qiyin kechmaydi. 396 Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Sh.M. Mirziyoyev alohida to‘xtalib, ushbu yo‘nalishni yanada takomillashtirish bo‘yicha aytgan fikrlari oliy harbiy ta’lim muassasalari uchun konseptual va amaliy ahamiyat kasb etadi: “Ayni vaqtda shaxsiy tarkib o‘rtasida milliy o‘zlikni anglash va jangovar ruhni, vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish, harbiy xizmatchilarning intellektual salohiyatini yuksaltirish ham doimo e’tiborimiz markazida bo‘lishi lozim. Shu maqsadda yosh askar va kursantlar uchun harbiy qasamyod qabul qilishdan avval “O‘zbekiston tarixi” fani va “Temur tuzuklari” kitobi bo‘yicha sinov o‘tkazish tartibini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir”. Darhaqiqat, mamlakatimiz rahbariyatining Qurolli Kuchlar tizimi oldiga qo‘ygan vazifalarini samarali amalga oshirish hamda har qanday vaziyatda o‘z xizmat majburiyatlarini to‘la-to‘kis bajarishi bugungi axborot asrida har qachongidan ham dolzarb ekanligini yon-atrofda qo‘shni davlatlarda bo‘layotgan voqyea-hodisalar ko‘rsatmoqda. Shu bois, kadrlarni tanlash, o‘qitish, o‘rgatish va tarbiyalash ishlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini munosib himoya qilishga qodir, har tomonlama yetuk va vatanparvar yoshlarni Qurolli Kuchlarga jalb etishga qaratilgan mutaxassislarni tanlash va tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini yaratish zaruratini ko‘rsatmoqda. Yuqoridagi tahlillar asosida quyidagilarni amalga oshirish taklif etiladi: bir tomondan, bugungi zamonaviy tahdidlar va ularning yoshlarimiz ongiga, ma’naviy dunyosiga ta’sirini e’tiborga olgan holda, ikkinchi tomondan, eskicha mexanizmlar bilan ishlash jarayonida sarflanayotgan ortiqcha resurslarni ratsionallashtirish zaruratidan kelib chiqib, harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralash va o‘rganishning yangi mexanizmini yaratish maqsadga muvofiq. Shu orqali biz har tomonlama yetuk, vatanparvar, ma’naviy dunyosi shakllangan, zamonaviy bilimlarni egallagan, Vatan himoyasi ishiga o‘z hayotini bag‘ishlashga tayyor fidoiy yoshlarni harbiy xizmatga jalb qilish kabi asosiy maqsadimizni samarali va natijali ro‘yobga chiqarishga erishamiz. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling