Ikkinchi qism toshkent – 2023


IV. TA’LIM MUASSASALARIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

IV. TA’LIM MUASSASALARIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR 
SAMARADORLIGINI OSHIRISH MUAMMOLARI 
 
MA’RIFATLI SHAXS TARBIYASI OMILLARI INTEGRATSIYASI 
N.Mamatov f.f.d., prof
Fan va texnalogiyalar universiteti prorektori
Annotatsiya: ushbu maqolada shaxs tushunchasining moxiyati, uni 
shakllantiruvchi omillar tabiati, ma’rifatli shaxsni tarbiyalash, bu bo‘yicha 
oldimizda turgan - maktab o‘quvchilar o‘rtasida tenglik muxitini yaratish, 
maktabda erkinlik ruxini yanada kengaytirish, bir o‘quvchining bilganini 
jamoaga yetkazish ko‘nikmasini shakllantirish kabilarining moxiyatini ochib 
berishga xarakat qilingan. 
Kalit so‘zlar: shaxs, ma’rifatli shaxs, ma’rifatli shaxsni shakllantiruvchi 
omillar, omillar integratsiyasi, tenglik muxiti, erkinlik ruxi, bolalarda ma’rifiy 
xamkorlik ko‘nikmasi. 
Jamiyat taraqqiyotida inson kamolati va uning sifati hamisha muxim 
masala bo‘lib kelgan. Ushbu masalani xal qilishda inson, uning moxiyatini 
yana ham aniqroq tasavvur, taxlil qilish maqsadida fanda “shaxs” 
tushunchasi vujidga keldi.
Umuman olganda, shaxs ham inson singari jamiyat hayotida ishtirok 
etayotgan millionlab kishilarga hos bo‘lgan bir qator sifatlarni o‘zida 
mujassamlashtirgan ijtimoiy subektdir. Bunda biz uning mustaqil qarashini, 
xissiy o‘ziga xosligini, uning iroda kuchini, ichki yig‘inchoqligini, o‘zini-o‘zi 
idrok etishini, o‘zining xatti-harakatlariga o‘zining baxo berishligini, 
o‘zining kelajagini o‘zi loyixalashtiraolishini, o‘zining jamiyatda tutgan 
o‘rniga o‘zining munosabat bildirishligi kabi sifatlarini nazarda tutamiz va 
ushbu sifatlarga ko‘ra aloxida olingan har bir insonning o‘ziga xos, 
individual jixatlarini yanada aniqroq ko‘z oldimizga keltiramiz.
Shaxs xamisha individuallikda namoyon bo‘ladi. Lekin, shaxsdagi 
individuallik uning jamoaviyligiga qarama-qarshi turmaydi. Unda 
jamoaviylik, umiminsoniylik qanchalik yaqqol ko‘rinsa shaxsning ijtimoiylik 
maqomi shuncha ko‘tarilib boraveradi. Shuning uchun ham shaxsning 
moxiyatini jamiyki ijtimoiy munosabatlarning birligi tashkil etadi. Ushbu 
birlik aloxida olingan shaxslarning ma’naviy kamolat darajasiga ko‘ra bir-
biridan farqlanadi. Mazkur farqni ta’minlovchi asosiy omil shaxsning mikro 
va makro ijtimoiy muxit bilan qanday bog‘langanligi va ushbu muxitga u 


357 
nima berganligi, hamda ushbu muxitdan u nima olganligi bilan farqlanadi. 
Shunday qilib, inson shaxs sifatida namoyon bo‘lishi orqali o‘zining shaxsiy 
moxiyatini jamiyatga yanada aniq ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan jarayon bir tomondan, obyektiv amalga oshsa, 
ikkinchi tomondan esa, u shaxsning ijodiy faolligi va ijtimoiy-ma’naviy 
muxit tasirining intensivligi darajasi bilan bevosita bog‘liq xolda kechadi. 
Shaxs kamolati jarayoni fanda “ijtimoiylashuv” tushunchasi bilan 
ifodalanadi. Ijtimoiylashuvning bir qator omillari mavjud. Bu omillar shaxs 
kamolatida, xayotida o‘z o‘rnini almashtirib turishi xam mumkin. Lekin, 
ushbu ijtimoiy omillar orasida oilaning va ta’lim-tarbiyaning o‘rni va roli 
muhim ahamiyatga ega.
Shundan kelib chiqgan xolda, bugun yangi O‘zbekistonda ma’rifatli 
shaxs tarbiyasining dolzarb muammolari va ularning yechimlari haqida gap 
ketganda birinchi galda, O‘zbekistonda oilaviy munosabatlarning bugungi 
holati, uni yanada sog‘lamlashtirish texnologiyalari, bunda oilaning asosiy 
subektlari hisoblangan ota va onaning oilaviy munosabatlarga bo‘lgan 
nazari, javobgarligi, burchi masalalari, ularning bola tarbiyasiga nisbatan 
qarashi, mazkur qarashning mazmuni va istiqboli kabi masalalar tobora 
dolzarblashib bormoqda.
Endi bu masalalar o‘zi-o‘zicha mustaqil muxokama qilinishi kerak 
bo‘lgan masala bo‘lganligi uchun biz unga shaxs ijtimoiylashuvining asosiy 
omili bo‘lgan tarbiya jarayonining takomillashuvida muxim vazifani 
bajaruvchi ijtimoiy institut sifatida qaraymiz. Ma’rifatli shaxs tarbiyasida 
oila va ta’lim institutlari birligi uning samaradorligini oshirish bugungi kun 
pedagogikasi uchun eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Bolaning ta’limi va tarbiyasining dastlabki, kerak bo‘lsa, akademiyasi bu 
oiladir, oiladagi otaning va onaning jamiyatdagi ijtimoiy maqomidir, 
ularning ma’rifatlilik va ma’rifatga intilish darajalaridir. Hususan bola 
tarbiyasi u bog‘chada tarbiyalanadimi, maktabda tarbiyalanadimi, oliy o‘quv 
yurtida tarbiyalanadimi bundan qatiy nazar bola tarbiyasi uchun javobgar 
faqat va yana faqat ota-onadir.
Ta’lim institutlari esa bolalarda bilimga, ilmga, kasbga, 
professionallikga nisbatan qiziqishni, ijodkorlikni shakllantirishlari kerak. 
Albatta, ushbu bayonda tarbiya bu faqat oilaning funktsiyasi ta’lim esa 
ta’lim maskanlarining funktsiyasidek tasavvur qoldirishi mumkin. Biz 
albatta ta’lim va tarbiyaning uzviy birligini bu birlikda oila va maktab 
birligini asos qilib olgan xolda asosan tarbiyaga, asosan ta’limga nima 
javobgar ekanligiga urg‘u bermoqchimiz xolos. 


358 
Shundan kelib chiqgan xolda, ma’rifatli shaxs tarbiyasida maktabning 
o‘rni aloxidaligiga maxsus to‘xtamoqchimiz. Maktab o‘zining moxiyatiga 
ko‘ra emotsional neytral muxit maydonidir. Maktabda bola amalda 
musobaqaning, yutiqning, omadsizlikning nima ekanligini birinchi marta 
biladi. U maktabda birinchi marta ijtimoiy adolatsizlikning nima ekanligini 
ko‘radi. U maktabda qiyinchiliklarni yengishga ko‘ra malakaga ega bo‘ladi. 
Ushbu malaka uning umri davomida uning asosiy tayanchi va suyanchi 
bo‘lib keladi. Shu malaka maydoni u uchun marifatli shaxsni tarbiyalash 
maydoni bo‘lib qolishi mumkin. Bolaning maktabda o‘zlashtirishi kerak 
bo‘lgan bilimi, tarbiyasi bir tomondan boshqariladigan ikkinchi tomondan 
esa stixiyali amalga oshadigan jarayondir. Bu jarayonda agar 
boshqariladiganlik absalyutlashtirilsa stixyalikda bir qator nomosliklar 
paydo bo‘lishi mumkin va aksincha talim tarbiyada stixyalikga erk berish 
ham ijtimoiy talablarga javob bermaydi. Shuning uchun bugungi kunda 
bolalarda ma’rifatli shaxs tarbiyasini tashkil etish va boshqarishda 
bizningcha quydagi jixatlarga axamiyat berish lozim.
Ularning birinchisi, maktabda maktab o‘quvchilari o‘rtasida tenglik 
muxitini yaratish yani o‘quvchilarning ta’lim olishida ular o‘rtasidagi 
tenglik muxiti ularning har biridagi individual sifatlarning nomoyon bo‘lishi 
uchun muxim omil rolini o‘ynaydi. Jamiyatda mavjud ta’lim soxasidagi turli 
imtiyozlar bolalarning individual sifatlarini nomoyish qilishlari uchun zarur 
bo‘lgan raqobat muxitining kuchini sindiradi. (Biz imtiyozlar haqida 
gapirganimizda imkoniyati cheklangan ijtimoiy yordamga muxtoj bolalarni 
nazarda tutmadik.)
Vaxolanki, bolalar o‘rtasidagi sog‘lom raqobat ularning kelajakda 
jamiyatda egallashi kerak bo‘lgan o‘rinlarini belgilashda muxim rol 
o‘ynaydi. Har qanday raqobat birinchi galda, bolalarning o‘z ustilarida 
o‘zlari ishlashlarini, ta’limga ijodiy talab va tanqidiy qarashni, ta’lim 
jarayoniga progmatik munosabatda bo‘lishni, vaqtni ratsional taqsim 
qilishni, tengdoshlari nimalar ustida ishlayotganliklari bo‘yicha 
informatsiyalar yig‘ishni va uni taxlil qilishni, tengdoshlaridan o‘zib ketish 
vositalari va variantlarini topishni talab qiladi. Muximi, maktab raxbariyati, 
o‘qituvchilari bolalar o‘rtasidagi sog‘lom raqobatga motivatsiya berishi uni 
qo‘llab-quvvatlashi va unga to‘g‘ri yo‘nalish berishidir. Mening nazarimga 
ko‘ra bizning pedagogikada ushbu jarayon kam tatqiq qilingan va bu soxa 
bo‘yicha o‘quv uslubiy qo‘llanmalarimiz ham biz kutgan darajada emas.
Ularning ikkinchisi, maktabda erkinlik ruxini yanada kengaytirish 
masalasidir. Erkinlik malum bir jarayoni amalga oshirishda unga nisbatan 


359 
chegaraning yoki bosimning ishtirok etmasligi bilan bog‘liq ijtimoiy 
xodisadir. Erkinlik anglanilgan zaruriyatdir. Shuning uchun bilim ma’rifat 
inson imkoniyatlarini kengaytirib boraveradi to‘g‘rirog‘i inson erkinligining 
asosi va maqsadi ham ma’rifatdir. Chunki, inson erkinligi erkin tanlovda 
namoyon bo‘ladi. Erkin tanlov esa uning bilimi, ilimi, tadbirkorligi, 
ma’rifatliligi, faxm-farosatliligi bilan uzviy bog‘liqdir.
Ushbu sifatlarning dastlabki ko‘nikmalari maktabgacha va maktab 
ta’limi davrida amalga oshadi. Albatta, bugun barcha ta’lim 
maskanlarimizda jarayon qabul qilingan davlat standartlariga ko‘ra amalga 
oshmoqda. Yaqin yillarga qadar ushbu standartlarga standart sifatida qarab 
keldik ya’ni masalan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari yoki maktab yoki oliy 
maktab faqat davlatniki bo‘lishi kerak, oliy talimga qabul belgilangan 
kvotalar bo‘yicha amalga oshishi kerak, deb keldik. Ushbu steratip bilan biz 
bugun 
uning 
takomillashgan, 
erkinlashtirilgan 
formati 
bilan 
ishlamoqdamiz. Maktabgacha ta’limning bir necha shakllari mavjud, maktab 
ta’limi ham bir necha shakllarda amalga oshmoqda, oliy o‘quv yurtlari 
tizimiga ular bilan teppa-teng huquq va imkoniyatlarga ega bo‘lgan hususiy 
universitetlar soni kundan-kunga ko‘paymoqda.
Endi ushbu mantiqni biz ta’lim tashkilotlari funktsionnalashuviga 
ko‘chirsak masala birinchi galda, masalan maktablarning o‘quv rejalarini 
shu maktab raxbariyati, o‘qituvchilari, o‘quvchilari, ota-onalarining 
tanloviga qoldirsak bo‘lmaydimi. Maktab keng ijtimoiy ma’naviy tizimning 
muxim sigmenti sifatida bolalarga mehnatga muxabbat qadriyatini 
shakllantirib boruvchi muhim ijtimoiy institutdir. Mexnat tarbiyasi, 
mexnatga qiziqish, mexnatni qadirlash, shu orqali bola o‘zining odamlar 
orasidagi o‘rnini topishi va qadrlashga intilishi ularning o‘quv predmetlarini 
mustaqil tanlashi bilan bevosita bog‘liqdir.
Ta’lim va tarbiya jarayonini a’malga oshirishda, uni boshqarishda 
erkinlik doirasini yana kengaytirsak, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga, 
boshlang‘ich, o‘rta ta’lim maktablariga ta’lim rejasini mustaqil 
shakllantirish imkonini bersak nima bo‘ladi. Ushbu jarayonga bizning 
nazarimizga ko‘ra maktabda ota-onalarni, o‘quvchilarning o‘zlarini keng 
jalb qilish muxim ahamiyatga ega. Chunki, bugungi maktab o‘quvchisi 
ertangi xalqaro mexnat bozorida o‘zining “Men”i va xayot taqdiri bilan 
ishtirok etadigan shaxsdir. Shuning uchun bola va ota-ona bugun maktab 
ta’limidan nimani olishligi ular uchun juda katta axamiyatga ega. Pedagogik 
amaliyotdan ma’lumki, bolalar o‘zlari tanlagan o‘quv predmetlarini juda 










368 
bo‘limlariga mas’ullik hokimlar zimmasiga yuklatildi. Bu o‘zgarish 
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni davlatimiz siyosatida yanada yuksak o‘ringa 
ko‘tardi. 
“Marifat” targ‘ibotchilar jamiyat a’zolariga yurtimizda amalga 
oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar, 
Farmon va qarorlar, farmoyishlar, davlat dasturlari mazmun-mohiyatini 
aholiga sodda, qalbga yaqin usul va uslublarda tushuntirish, targ‘ibot qilish 
vazifalari yuklangan. Ushbu muassasa ong va qalb uchun kurash ketayotgan 
bugungi global axborotlar muhorabasida milliy manfaatlar ifodachisi 
sifatida 
vatanparvar 
shaxslarni 
tarbiyalashga 
xizmat 
qiladi. 
Targ‘ibotchilarning har xil balandparvoz gaplarsiz, samimiy va do‘stona 
ruhda faoliyat yuritishi esa ushbu tashkilotning o‘ziga xosligidir. Bugun 
odamlar yolg‘on so‘zni ko‘tarmaydi, quruq xitoblarni qabul qilmaydi. Aniq, 
turli sansolarliklarsiz ishni, soxta iddaolarsiz fikrni yoqlaydi, ularga 
ergashadi. Shu bois tashkilot a’zolari targ‘ibotchilik ishlarini olib borish 
bilan birga, jamiyatning kayfiyati, fikr-qarashlarini o‘rganib, aholiga eng 
zarur axborotlarni berishga, hayotimizdagi voqea-hodisalarga tezkorlik 
bilan munosabat bildirishga, insonlarni ezgu ishlarga, yangi marralarga 
ruhlantirishga intilishi zarur.
Targ‘ibotchilar guruhi jamiyatdagi barcha vazirliklardan tavsiya 
qilingan nomzodlar, davlat va jamoatchilik vakillari, olim-ziyolilar
mutaxassislar, madaniyat va san’at arboblaridan iborat. Respublika 
miqyosida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot va tashviqot ishlariga jalb etish, 
sohaga yangicha yondashuvni tatbiq qilish, targ‘ibotchilarni moliyaviy va 
ma’naviy rag‘batlantirib borish yo‘lga qo‘yildi. Ularning ma’naviy-ma’rifiy 
targ‘ibot tadbirlaridagi ma’ruzalariga haq to‘lash hamda “Yilning eng faol 
ma’naviyat targ‘ibotchisi” ko‘rik-tanlovi, “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak 
nishoniga tavsiya etish tizimi joriy qilindi. Maktablar, o‘rta maxsus va oliy 
ta’lim dargohlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish 
bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Barcha oliygoh va ularning filiallarida mavjud 
shtat birliklari doirasida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar 
bo‘yicha prorektor lavozimi joriy etildi. 
Mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash 
masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy 
homiy” tamoyili asosida har bir mahallaga professor-o‘qituvchi va taniqli 
ziyolilar biriktirilishi ma’lum qilindi. Biroq bu vaqtincha bajarilib, qog‘ozda 
qolib ketgan ishlardan biri bo‘ldi.


369 
Hududlar markazida namunaviy loyiha asosida ma’naviyat va ma’rifat 
maskanlarini barpo etish, mahalliy byudjetlar hisobidan sohaga qo‘shimcha 
shtatlar ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Bunga asosan, 2022 yil 31 avgust 
kuni Buxoro viloyati Olot tumanida Ma’naviyat va ma’rifat maskanining 
ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maskandagi kutubxona 150 mingdan ziyod 
kitoblar, zamonaviy o‘quv zali va bepul internet bilan ta’minlandi. “IT 
markaz”, “Besh tashabbus” to‘garaklari, “Zakovat” intellektual o‘yin stoli, 
kitobxonlik bayramlari, turli ko‘rik-tanlov va teatr-kontsert dasturlari 
uchun 260 o‘rinli tantanalar zali, 60 o‘rinli 3D formatli kino namoyishi 
uchun ham qulay sharoitlar yaratildi.
Milliy g‘oya targ‘iboti, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini 
oshirish, jamiyatda adabiyot va kitobxonlikni yanada rivojlantirish 
maqsadida “Ijod” jamoat fondi negizida Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-
quvvatlash fondi tashkil etildi. Bu jamg‘armaga 120 milliard so‘m ajratilib, 
ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali amalga 
oshirish, milliy adabiyotimizni rivojlantirish uchun sarflanadi. Bu 
mablag‘ning 90 milliard so‘mi hududlarda ma’naviy-ma’rifiy sohalarni 
rivojlantirishga, 20 milliard so‘mi Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini 
qo‘llab-quvvatlashga, 10 milliard so‘mi mamlakat miqyosida ma’naviy-
ma’rifiy ishlarni samarali tashkil qilishga yo‘naltirildi. 
2021 yildan boshlab, ma’naviyat va ma’rifat sohasi ixtisosliklarini fanlar 
klassifikatoriga kiritish, bu yo‘nalish bo‘yicha yetuk kadrlar tayyorlash 
yo‘lga qo‘yildi. Kitobxonlik madaniyatini kengaytirish, kino san’atini izchil 
rivojlantirish, barcha telekanallar qoshidagi badiiy kengashlar faoliyatini 
tanqidiy tahlil qilib, teledasturlarning saviyasini oshirish masalalariga ham 
alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini 
oshirish, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ziyolilar uchun ilmiy-
ma’rifiy muloqot maydonini tashkil etish orqali ular o‘rtasida o‘zaro tajriba 
almashishga xizmat qiladigan ma’naviy ko‘prik yaratish maqsadida qator 
tadbirlar amalga oshitilmoqda. 
2023 yil 18-20 may kunlari Buxoroda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat 
markazi, Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-
quvvatlash jamoat fondi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati, viloyat 
hokimligi hamkorligida “Uchinchi Renessans – ma’rifatli jamiyat sari!” 
mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. 
Ilm-ma’rifatning qadim o‘chog‘i bo‘lgan Buxoro shahridagi Mir Arab 
Oliy madrasasida “Uchinchi Renessans – ma’rifatli jamiyat sari!” mavzusida 


370 
Respublika ilmiy-amaliy anjumani va konferentsiya materiallari to‘plami 
taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Konferentsiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 
viloyatlar va Toshkent shahridan 100 nafardan ortiq olimlar, professor, 
dotsentlar hamda hududlardan turli soha mutaxassislari ZOOM orqali 
qariyb 200 nafar ziyolilar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok 
etishdi. 
Respublika anjumani doirasida Buxoro davlat universitetida 
“O‘zbekiston Qahramonlari” kitobi taqdimotida Buxoro zaminidan yetishib 
chiqqan, Vatanimiz taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shib, ushbu yuksak 
unvon hamda “Oltin Yulduz” medali bilan taqdirlangan 6 nafar O‘zbekiston 
Qahramonlarining ibratli hayoti va ko‘rsatgan fidoyilik hamda matonati 
e’tirof qilinib, ularga va oila a’zolariga sovg‘alar taqdim etildi. Anjuman 
doirasida viloyatdagi korxona va tashkilotlar, oliy va o‘rta ta’lim 
muassasalarida ziyolilar, shoir-yozuvchilar ishtirokida “Ma’rifat soatlari” 
o‘tkazildi. 
Davrimiz yangicha fikrlash va ishlash, milliy “aql markazlari”ni 
shakllantirishni talab etmoqda. Afsuski, atrofimizdagi barcha siyosiy-
ijtimoiy jarayonlarni chuqur tushunib, ta’sirchan tilda yetkazib beradigan 
tahlilchi va ekspertlarimiz juda kam. Bunday vaziyatda jamiyatimizni 
ma’naviy tahdidlardan himoya qilish borasidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlarni 
tubdan qayta ko‘rib chiqish lozim. Shu ma’noda, Ma’naviyat va ma’rifat, 
“Taraqqiyot strategiyasi”, Islom sivilizatsiyasi markazlari, ijtimoiy-
gumanitar yo‘nalishdagi tadqiqot institutlari haqiqiy “aql markazlari”ga 
aylanishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021 
yil 19 yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan 
takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini 
kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi 
loqaydlik va beparvolik eng katta xavf ekanini, bugun uchrayotgan ijtimoiy 
muammolarni kamaytirish uchun nuroniylar tarbiyasi, jamoatchilik 
nazorati yetishmayotganini ta’kidladi. 
Rivojlangan demokratik davlatlar tarixida jamoatchilik nazorati zo‘r 
bo‘lgan. Yaponlar o‘zlarini “Biz ming ko‘zli devormiz”, deyishadi. Yapon 
zaminida kim qonunga zid biror ish qilayotgan bo‘lsa, boshqalar unga 
munosabat bildiradi. Bizda esa hali mana shu madaniyat past. Bir o‘zbek 
boshqasining qonunga qarshi nojo‘ya qilmishini huquq-tartibot organlariga 
aytsa, uni qoralaymiz. Bu bilan yomonlikni, gunohga sherik bo‘lib 
qolayotganimizni anglamaymiz. Vaholanki, dinimizda bu borada aniq 


371 
ko‘rsatmalar bor. Payg‘ambarimiz (s.a.v) iymonning kuchli va zaif 
darajalarini belgilab berganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Biror 
nojo‘ya ish qilayotganni ko‘rsangiz, qo‘lingiz bilan qaytaring, bunga 
kuchingiz yetmasa, tilingiz bilan qaytaring. Bunga ham imkon topmasangiz, 
hech bo‘lmasa, ko‘nglingizda u ishga norozi bo‘ling, ana shu imonning eng 
zaif darajasidir”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati). Dinimiz noto‘g‘ri 
holatlarga beparvo bo‘lishdan qat’iyan qaytaradi, uni iloji boricha tezroq 
tuzatishga targ‘ib etadi. 
Rivojlangan davlatlarning bugungi takomilida milliy g‘oya muhim, ulug‘ 
rol o‘ynagan. «Amerika orzusi» g‘oyasi amerikaliklarga motivatsiya 
ulashyapti, birlashtirib, ularni harakatga keltiryapti. Mafkura masalasi bilan 
xavfsizlik kengashi shug‘ullanadi. Pentagon yaratilayotgan vatanparvarlik 
mavzusidagi kino va telelavhalar stsenariylarini tasdiqlaydi. Shuning uchun 
Hollivudda ishlab chiqarilgan har bir kino, mul`tfil`m, videorolikda AQSh 
siyosati targ‘ib qilinadi. AQSh bayrog‘i va davlat ramzlari namoyish etiladi. 
Mafkuraviy vazifalar ijrosi ustidan nazorat nodavlat notijorat tashkilotlar 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Germaniyada milliy g‘oya nemis millati va davlati birligi negizida 
shakllangan. Shaxs ma’naviy tarbiyasida asosiy urg‘u «nemis milliy 
xarakteri»ni shakllantirishga qaratilgan. Qat’iy tartib va qonun-qoidalarga 
rioya etish nemis xalqining eng kuchli jihati hisoblanadi. Barcha OAV milliy 
g‘oyaning targ‘ibotchisi hisoblanadi. 
Niderlandiyada mafkuraviy jarayonlar Ijtimoiy siyosatni tadqiq qilish 
kengashi (WRR) tomonidan boshqariladi. Kengash muntazam ravishda 
muhim dasturlarni tuzish uchun olimlar va fuqarolik jamiyatlarining 
fikrlarini tinglaydi. Monitoring olib boradi. Davlat telekanallarida qaysi 
ko‘rsatuvlarning namoyish etilishi to‘g‘risidagi qaror “Netherlands Public 
Broadcasting” (NPO) tomonidan qabul qilinadi. 
Yaponiyada «Millat, Vatan, Taqdir» tushunchalari uyg‘un. Maktablarda 
bizning “Tarbiya” darsiga o‘xshagan «Yapon xulqi» fani o‘tiladi. 
Boshlang‘ich maktab o‘qituvchilari va bog‘cha tarbiyachilarining ma’naviy 
tarbiya bo‘yicha maxsus sertifikat olishi majburiy. O‘quvchilarga yapon 
millati ruhini singdirish ularning eng asosiy vazifasidir. 
Xitoyda milliy g‘oyaga Konfutsiy ta’limoti asos qilib olingan. Maqsad – 
Buyuk Xitoy davlatini qurishda dunyodagi barcha xitoyliklarni birlashtirish. 
Tarbiya «Ona Vatanga xizmat qilish va sodiq bo‘lish» g‘oyasi asosiga 
qurilgan. Mafkuraviy siyosat Xitoy kompartiyasi tomonidan boshqariladi. 
Internetda g‘oyaviy xurujlardan himoyalanish uchun Xitoy milliy dasturiy 


372 
ta’minot tizimi ishlab chiqilgan. “Google” o‘rniga “Baidu”, “Telegram” 
o‘rniga “WeChat”dan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. 
Koreya Respublikasida milliy g‘oyaning asosi koreys millatining o‘zligi 
hisoblanadi. Bu o‘zlik urf-odatlar, axloqiy ideallar orqali singdirib boriladi. 
Koreys tiliga yuksak hurmat shakllangan. Yoshlar tarbiyasida oila asosiy 
maskan. Tarbiyaning ilk bosqichida onalar farzandlariga koreys milliy 
an’analarini (salomlashish, kattalarga hurmat...) o‘rgatishadi. Veteranlar va 
vatanparvarlik ishlari bo‘yicha vazirlik bor. Vatan uchun qurbon 
bo‘lganlarni hurmat qilish, vatanparvarlik ruhini saqlash va targ‘ib qilish 
bilan shug‘ullanadi. Bosh vazifasi – vatanparvarlik qadrlanadigan jamiyatni 
yaratish. Shu orqali milliy yuksalish ustuvor vazifa etib belgilangan. 
Turkiya mafkurasida zamonaviy turk millatining umumiy o‘ziga xosligi: 
vatanparvarlik, davlat mustaqilligiga sodiqlik, patriarxal asoslar, rahbarni 
e’zozlash, islomiy o‘ziga xoslik va boshqalar bilan ajralib turadi. Hozirgi 
paytda milliy va diniy qadriyatlarga tayangan «Yangi Turkiya» mafkurasi 
shakllanmoqda. 
Xulosa: 
Har bir o‘zbekistonlik 
– “Jonajon O‘zbekiston – muqaddas Vatan” deb, o‘zini vatanparvar 
tutishi, Vatanni parvarish qilishi, “Milliy o‘zlik” deb, o‘zini xalqining bir 
farzandi, xizmatkori deb faxrlanishi; 
-O‘zbekning go‘zal madaniyati, ma’naviyatini namoyon qilish, “Kuch – 
adolatda”, deb birovning haqiga qo‘l cho‘zmaslik, o‘z qonuniy haqini 
birovga bermaslik kerak. “Xalq roziligi” uchun ishi, mahsuloti, muomalasi 
bilan boshqalarni o‘zidan rozi qilishi, kasbiy, oilaviy, insoniy, ota-onalik, 
farzandlik burchlarini a’lo bajarishi; 
- “Jaholatga qarshi – ma’rifat” deb hayotda, internetda hushyor bo‘lishi, 
o‘zini va vatandoshlarini ogohlantirishi, o‘zini firibgar va dushmanlarga 
aldatib qo‘ymasligi, jaholat tarqatuvchini ko‘rgan joyida tutib, qonun qo‘liga 
topshirishi, jaholatni to‘xtatishi, xalqini ma’naviy viruslardan himoya 
qilishi; 
- “Oila va mahalla Vatan ichra vatandir” degan iqror bilan ota-onasini, 
qarindoshlarini, mahalladoshlarini, keksalarni e’zozlasin, ularga xizmat 
qililishi, marosim, ma’rakalarda bel bog‘lab shay turishi, yetti qo‘shnisi, 
ularning bolalarining ismlarini bilishi, ularga murabbiy bo‘lishi, 
farzandlarini milliy va ilmiy tarbiyalashi; 
- “Innovatsion taraqqiyot” yangiliklarini yaratib yashashi,innovatorlik 
qilish faqat yangi modda, texnologiya yaratish degani emas. Uyda, 


373 
ro‘zg‘orda, bola tarbiyasida, madaniyatda, muomalada yangi va yaxshi 
tomonga o‘zgarishi, sog‘lom turmushga, kitobxonlikka odatlanishi(har bir 
foydali, xayrli tashabbus ham innovatsiya), har bir ishni ilm, ilmiy-texnika 
yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asoslanib qilishi hayotimiz sifatini oshiradi. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling