Ikkinchi qism toshkent – 2023


va psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkor tashkilotlar bilan


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

va psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkor tashkilotlar bilan 
profilaktik ishlar tashkil etildi. 
O‘tgan davr mobaynida ichki ishlar organlari tizimini takomillashtirish 
borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, ichki ishlar 
organlarining mahallalarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini 
ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi 
kurashish uchun tashkil etilgan quyi bo‘g‘inini rivojlantirish va 
mustahkamlash bo‘yicha salmoqli ishlar qilindi. 
Jumladan, Prezdentimizning 2021-yil 26-mart kuni PF-6196-sonli 
Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish 
sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga 


436 
ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Farmon 
asosida Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi, 
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi, Yo‘l harakati xavfsizligi 
bosh boshqarmasi, Probatsiya xizmatini o‘z ichiga oladigan Jamoat 
xavfsizligi departamenti tashkil etildi. [3
Farmon asosida Ichki ishlar organlari tizimini yanada 
takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanib, probatsiya 
nazoratidagi shaxslarning xulq-atvorini kunlik nazorat qilishda 
profilaktika inspektorlari bilan hamkorlik mexanizmlarini joriy etgan holda 
probatsiya bo‘linmalarining faoliyati samaradorligini oshirish belgilandi. 
Shu bilan birga Prezidentimizning 2021 yil 29 noyabr kunidagi “O‘zbekiston 
Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga 
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 27-sonli Farmoni qabul qilinib, 
Probatsiya xodimlarini xizmat faoliyatini tashkil etish belgilandi. 
Farmonga ko‘ra, probatsiya inspektorlarining faoliyati hududiy 
profilaktika inspektorlari bilan kunlik uzluksiz hamkorlikda tashkil etilishi 
belgilab berildi. 
probatsiya inspektorlari zimmasiga profilaktik hisob va ma’muriy 
nazoratdagilarning shaxsini o‘rganish va ularni ijtimoiy moslashtirish 
ishlarida profilaktika inspektorlariga amaliy-uslubiy ko‘maklashish bo‘yicha 
qo‘shimcha vazifalar yuklanadi. [4] 
Jumladan, 2023 yil 5 oy yakuniga ko‘ra jami 5177 nafar shaxslar xisobga 
olinib, ularga jazoni o‘tash tartib-qoidalari tushuntirildi. Tahlillarga ko‘ra, 
adashib jinoyat yo‘liga kirgan, sodir etgan qilmishidan chin ko‘ngildan 
pushayomon bo‘lagan va o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan shaxslarga 
yengilroq jazo tayinlash, ularni ozodlikdan maxrum etish jazosini 
tayinlamay oilasidan aajratmagan holda qayta tarbiyalash, bilmay jinoyat 
sodir etgan shaxs ham avvalo inson ekanligini inobatga olib, ularning 
huquqlarini himoya qilish hamda ozodlikdan maxrum etish jazosi 
tayinlanib, qa’tiy tuzalish yo‘liga o‘tgan shaxslarni jazosini yengilrog‘i bilan 
almashtirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. 
Endilikda, Probatsiya hisobiga olingan shaxslarni ijtimoiy 
moslashtirish, ularni hayotda o‘z o‘rnilarini topishlari va takroran jinoyat 
ko‘chasiga kirib qolishlarini oldini olish, bu borada mahalla, ichki ishlar, 
hokimlik, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari, xotin-qizlar 
bilan ishlash, Yoshlar ishlari agentligi, prokuratura va boshqa mutasaddi 
tashkilotlar zimmasiga keng ko‘lamli amaliy tadbirlar tashkil etish vazifasini 
yukladi. Toshkent viloyati Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Probatsiya 


437 
boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlarida hisobda turgan
2078 nafar yoshlar bilan keng ko‘lamli profilaktik tarbiyaviy tadbirlari 
amalga oshirib kelinmoqda. 
Jumladan, joriy yilning 5 oyi davomida yoshlarni bo‘ vaqtlarini 
mazmunli tashkil etish, ish bilan bandligini ta’minlash, ular tomonidan 
takroran jinoyat sodir etilishini oldini olish maqsadida Kambag‘allikni 
qisqartirish va bandlik Bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari bilan 
hamkorlikda Probatsiya hisobida turgan nazoratdagi shaxslarni o‘zlariga 
munosib bo‘lgan ish o‘rinlari bilan ta’minlash borasida 116 marotaba “Ishga 
marxamat” mexnat yarmarkalari tashkil etilib, 931 nafari bandligi 
ta’minlandi. [5] 
Tarbiya va ta’limni bir-biridan alohida ajratib bo‘lmaydi, bu ikki jarayon 
o‘zaro uyg‘un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy 
fazilatlarga ega, yuksak ma’naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan 
va jismonan sog‘lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-
hunar egasi bo‘lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi. [6] 
Bu boradagi ishlar izchil davom ettirilib, Probatsiya hisobida turgan, 
kasb-hunarga ega bo‘lmagan 267 nafar nazoratdagi shaxslar 
“MONOMARKAZ”larda qayta kasbga o‘qitilib, bugungi kunda talab yuqori 
bo‘lgan, sartoroshlik, payvandchi, texnika ta’mirlash, yog‘och o‘ymakorligi 
va boshqa hunarlarga o‘qitilib, kasb egasi bo‘lishlariga ko‘maklashildi. 
Shuningdek, 421 nafar Probatsiya hisobida turib, jazoni o‘tashga halol 
munosabatda bo‘lgan, jazoni o‘tash tartibi va shartlarini bajargan 
nazoratdagi shaxslarning jazosi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning ajrimiga 
asosan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan 
jazoni o‘tashdan muddatidan avval shartli ozod etildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyun kungi 
“Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy 
moslashuviga ko‘maklashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi №.299-son Qarori talablari asosida “tadbirkorlik, 
me’morchilik va hunarmandchilik” bilan shug‘ullanish istagini bildirib, 
ariza bilan murojaat etgan 5 nafar yoshlarga subsdiyalar ajritilib, bandligi 
ta’minlandi. 
E’tiborlisi shundaki, fuqarolarni jinoyat sodir etgandan keyin jazolash 
emas aksincha ularga o‘z vaqtida nojo‘ya qilmish uchun jazo muqarrarligini 
tushuntirish bu borada zamonaviy usulda shaxslarga psixologik yondoshish 
samarali foyda bermoqda. 










446 
yuqori sinf o‘smir yoshdagi maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtlari ko‘proq 
televizor ko‘rish, kompyuter, internet ma’lumotlari, har xil ko‘ngilochar 
tomoshalar bilan band bo‘lmoqda. Bu o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning turli 
yot g‘oyalarni o‘zlashtirishida o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Buning oldini 
olishda maktabda turli ma’naviy tadbirlarni o‘tkazish samarali natija beradi. 
Masalan, 2-aprel – “Xalqaro bolalar kitoblari kuni”, 23-aprel – “Butunjahon 
kitoblar va mualliflik huquqi kuni”, “ Kitobxonlik kechalari”, “Yosh 
kitobxonlar tanlovi”ga bag‘ishlab ijodkor shoirlar, qiziqarli asar mualliflari 
bilan uchrashuvlar, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik kechalari, turli 
mushoiralar, kitob marafonini tashkil etish maqsadga muvofiq. Yoshlarni 
kitobga qiziqishini orttirish vazifasining dolzarbligi jamiyatda yangi 
avlodning paydo bo‘lishiga olib keladi. Yoshlarning har bir yangi avlodi 
oldingi avlodlar tajribasi, milliy an’ana va tarixini o‘rganib, yangi ijtimoiy 
munosabatlarni anglash, ularga moslashish va jamiyat taraqqiyotiga o‘z 
hissasini qo‘shishga intiladi. Bu, o‘z navbatida, huquqiy madaniyatni 
shakllantirishning yangi usul, shakl va vositalarini ishlab chiqishni taqozo 
etadi. Yuragida milliy iftixor tuyg‘usi, vatan muhabbati jo‘sh urgan 
bilimdon, dono, tadbirkor insonlar har bir mamlakatning salohiyati, 
kelajagini belgilaydigan buyuk kuchdir. Haqiqatan ham, o‘quvchi-yoshlarda 
kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ilmiy, tarixiy asarlarni o‘qish, 
o‘rganish, tahlil etishga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish orqali ularda turli yot 
g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitet hosil qilinadi. Ilm-fan, 
jamiyatning yutuqlari, taraqqiyoti kitob bilan yuzaga keladi, kitob yoshlikda 
eng yaxshi murabbiy, qariganda esa undan yaxshiroq do‘st yo‘qligi 
xususidagi fikr va g‘oyalarni juda ko‘p eshitamiz. Kitobning inson hayoti, 
kishilik jamiyati ma’naviy taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni qadimdan ma’lum. 
U dunyoni tanish, bilim berish bilan birga go‘zallikka muhabbat uyg‘otish, 
undan zavqlanish, yovuzlikdan nafratlanish tuyg‘usini rivojlantiradi. 
Bugungi kunda kitob o‘qishga bo‘lgan munosabatning sustligi huquqiy ong 
va huquqiy bilimlarni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat 
manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini yoshlar ongiga 
singdirish hamda qonun ustuvorligini ta’minlashga o‘zining jiddiy salbiy 
ta’sirini ko‘rsatmoqda. 
O‘quvchi yoshlarning huquqiy bilimlari yetarli emasligi, kundalik 
hayotda o‘z o‘rnini topishda, maktabdan keyingi faoliyatini tashkil etishda 
kasbiy huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishi holatlarining vujudga 
kelishiga sabab bo‘lmoqda. Buning uchun maktab direktorlarining 
borshqaruv faoliyatidagi strategik qarorlar qabul qilishda pedagoglar va 
o‘quvchilarning huquq majburiyatlarini to‘g‘ri tartiblantirishda huquqiy 
bilim, savodxonlik talab etiladi. 


447 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori “Ta’lim-tarbiya 
tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi № 4884-son qarorida belgilanganidek, 
“Yosh avlod ongiga Vatanga sodiqlik va uning taqdiri uchun daxldorlik 
hissini singdirishga, ularda yot g‘oya va qarashlarning salbiy ta’siriga 
nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan chora-
tadbirlar yetarli darajada samara bermayapti. 
Darhqaqiqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, diniy 
bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, shuningdek, 
ekstremizm, terrorizm va boshqa buzg‘unchi g‘oyalarga nisbatan 
murosasizlikni shakllantirish yuzasidan davlat organlari va jamoat 
tashkilotlarining faoliyati hamon talab darajasida emas. 
O‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun zarur 
bo‘lgan madaniy-ko‘ngilochar obyektlar, maktabdan tashqari ta’lim 
muassasalari, shu jumladan, joylarda turli ijodiy va ta’lim to‘garaklari, sport 
seksiyalarining yetishmasligi bolalarning sog‘lom ruhda tarbiyalanishiga va 
to‘g‘ri hayot yo‘lini tanlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ana shunday keng 
shart-sharoitlarni muassasada maktab direktori o‘z vakolatidan samarali 
foydalanib imkoniyatlarni yaratib berishi zarur. Buning uchun esa maktab 
direktori qat’iyatli startegik qarorlar qabul qilaoladigan va yuqori 
tashkilotlar bilan diplomatik aloqalarni o‘rnata olish ko‘nikmasiga ega 
bo‘lishi kerak. Shuningdek, makatablarda faoliyat yuritayotgan sinf 
rahbarlari va kutubxona mudirlarinining ma’suliyatini kuchaytirish va 
nazoratini yangicha yondashuvlar asosida yondashishni talab etmoqda. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling