Ikkinchi qism toshkent – 2023
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
Adabiyotlar tahlili. Pedagogika fanlari doktori, professor M.Quronov
G.Mardonovaning “O‘zbek milliy o‘yinlari” kitobiga bitgan so‘z boshida: “Ko‘p harakat qilgan organizm yashovchan bo‘ladi. Bobolarimiz kechirayotgan hayot tarzlariga, harakatlarga qarab o‘yinlarni kashf etganlar”, - deb yozadi. “Odam umri davomida qiladigan hatti-harakatlar, tirikchilik tashvishi, chetdan bo‘ladigan turli qarshiliklarni yengish, oilani himoya qilish kabi hayotiy vaziyatlar bu o‘yinlarga mavzu bo‘lgan. Dastlabki o‘yinlar insoniyatning bolaligi bo‘lgan terib yeyish davri bilan bog‘liq. Keyinchalik o‘yinlar mundarijasiga ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik bilan bog‘liq turlari kirib keldiki, bu hayotiy jarayonlar, yashash uchun harakat qilish, intilish bilan bog‘liqdir. Bu o‘yinlar o‘sha davrdayoq odamlarning tabiat injiqliklariga dosh berishlariga, turli kasalliklarni yengib o‘tishlariga zamin hozirlab borgan” [1]. M.Murodovaning “Folklor va etnografiya” o‘quv qo‘llanmasida bolalar o‘yinlariga: “Xalq ijodi namunasi hisoblangan bolalar o‘yinlari o‘z tarkibida muayyan ritmik izchillikka asoslangan xatti-harakat, ramziy ma’no kasb etuvchi etnografik detallar, poetik folklor namunalari, ohang va tomoshaviylik elementlarini yaxlit holda mujassamlashtirgan sintetik hodisadir”, - deya ta’rif berilgan [2]. Shuningdek mazkur o‘quv qo‘llanmada, bolalar o‘yinlarining muayyan bir qismi insoniyatning o‘z turmush tarzini badiiy talqin etish ehtiyoji tufayli bevosita mehnat qilish jarayonida shakllanganligi e’tirof etiladi. O‘zbek, qirg‘iz xalqlari o‘z farzandlarini yaxshi chavondoz, mergan, kuragi yerga tegmagan pahlavon, zukko, chaqqon qilib tarbiyalash maqsadida elning barcha marosimlarida ot o‘yinlari, kurash, turli tosh, arqon, koptok o‘yinlariga alohida e’tibor qaratilgan. E’tiborlisi, XI asrda yashab o‘tgan turkshunos olim Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk” asarida ham bolalar o‘yinlari, jumladan, to‘p o‘yini – chavgon haqida alohida qaydlar mavjud. “O‘yinlar – bolaning ham aqlan, ham jismonan rivojlanishiga yordam beradi. O‘yin bolani jamiyatga aralashtiradi, jamiyatdagi o‘rnini topishiga sababchi bo‘ladi. Chunki o‘yinda bola o‘yinboshi bo‘ladi, ishtirokchi bo‘ladi, unga jamiyat, dunyo haqida bilim beradi. Eng qizig‘i bu bilimlar bolaga majburan emas, unga zavq uyg‘otib o‘rgatiladi. Bizning xalq pedagogikamiz mohiyati ham shundan iborat”, - deydi Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti filologiya fakulteti folklor bo‘limi rahbari Shomirza Turdimov. O‘zbekiston hududida tarixan juda ko‘p milliy bolalar o‘yinlari bo‘lgan va ular avloddan avlodga o‘tib kelgan. “Oq terakmi-ko‘k terak”, “Berkinmachoq”, “Oshiq”, “Boychechak”, “Xola-xola”, “Qorxat”, 480 etishdagi islohotlarni amalga oshirishdagi ta’sirini belgilashda muhim ahmiyatga ega. Yurtboshimiz Sh.Mirziyoev bu borada “Dunyodagi raqobatga bardoshli, jahon maydonida o‘z o‘rniga ega bo‘lishga intilayotayotgan har bir xalq shu masalalar haqida jiddiy o‘ylaydi, bu borada amaliy choralarni ko‘radi, aks holda, u hech shubhasiz, xalq va millat sifatida o‘zligini boy beradi. Murakkab geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarning salbiy ta’siri ortib, odamlarning ongi va qalbi uchun kurash kuchayib borayotgan bugungi kunda yurtimiz sarhadlari va mamlakatimiz hayotining barcha sohalarini g‘oyaviy himoyalash ishlari zamon talablari, islohot va yangilanishlar sur’atidan ortda qolmoqda”-deb ta’kidlanadi.[1:292] XX1 asr boshidan, butun insoniyat ma’naviy-etikologik inqirozlar keskinlashayotganligini anglay boshladi. Ayniqsa, XX asr oxirida ikki qutbli dunyoning bartaraf etilishi bilan: yangi tipdagi demokratik munosabatlar vujudga kelishi haqidagi bashoratlarning o‘zini oqlamaganligi, aksincha, umuman xalqaro ijtimoiy-siyosiy munosabatlarga, xususan ma’naviy munosabatlarga, millatlarning o‘zligini saqlab qolish va ma’naviy tahdidlar kuchayishi jahon hamjamiyatini tashvishga solmoqda. Ana shu jarayonlarda millatlar taqdiri, ularning o‘zligini anglashi va istiqbolini o‘ylash har bir fuqaro yoki millat vakilining asosiy muddaosi bo‘lishi kerak. Bu masala hech bir davlat manfaatisiz amalga oshmaydi. Ushbu tushuncha sobiq sho‘ro hukmronligi davrida Ittifoq respublikalaridagi tadqiqotchilar uchun «yopiq» masala edi. Uni faqat sobiq markazdagi tadqiqotchilar uning manfaatlari yo‘lida tegishli tashkilotlarga ma’lumotlar berish nuqtai nazaridan «pinhona» o‘rganganlar. Bunday o‘rganilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad — milliy ong rivojlanib, o‘z huquq va erkinliklarini talab qilib chiqadigan millatlarning tanobini tortib turish bo‘lgan edi. Shu boisdan mazkur masala oshkora ravishda ilmiy jihatdan fundamental tarzda o‘rganilmay kelingan. Hatto, bu tushunchaga ta’rif sho‘ro hukmronligi davrida e’lon qilingan lug‘atlarda ham uchramas edi. Ushbu masala obyektiv o‘rganilmaganligi oqibatida bu sohada o‘ta murakkab muammolar yuzaga kelib, sobiq sho‘ro davlatining halokatga uchrashiga sabab bo‘lgan edi. Shu boisdan ham milliy ongni fundamental tarzda o‘rganish faqat sho‘ro hukmronligi barbod bo‘lganidan keyingina boshlandi. Shu jumladan, O‘zbekistonda ham faqat mustaqilligimizni qo‘lga kiritganimizdan keyin bu masalani o‘rganish imkoniyati yuzaga keldi. Bugun O‘zbekistonda «milliy ong» tushunchasiga turli qarashlar shakllandi. Jumladan, akademik Erkin Yusupov milliy ongga quyidagi ta’rifni beradi: «...Milliy ong oddiy his-tuyg‘u emas, balki muayyan axloqiy, 481 huquqiy, ilmiy, mafkuraviy qadriyatlarga asoslangan e’tiqoddir»[2:165]. Psixolog olima Zuxra Abduraxmonova fikricha “... milliy ong tariximiz va taqdirimiz birligini, bir ota-onaning farzandi ekanimizni anglashdir”[3:16]. Milliy ong tushunchasiga barcha qarashlarda unga milliy taraqqiyotning muhim omili sifatida qaraydilar. Milliy ongning asosiy o‘zagini e’tiqod tashkil etadi. Zero, e’tiqod (E. Yusupov) bo‘lmasa, millat taraqqiy qila olmaydi, ayni paytda u millat ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida yuksak darajada rivojlansagina, u millatni taraqqiyotga yetaklaydi. E’tiqod shu millatga mehr-muhabbat, ishonch, qadrlash sog‘inch, qayg‘urish tuyg‘ularini ifodalaydi. Shu bilan birga u millat vakillarining yagona tarix, taqdir birligini, bir ota-onaning farzandi (Z.Abduraxmonova) ekanligini anglash, bir millatga daxldorlik tuyg‘usini ifodalagan holda millat istiqboli uchun amaliy ahamiyatga egadir. Milliy ong — millatning mavjud bo‘lishi, uning tarixiy taraqqiyoti va istikboli bilan bog‘liq. U millat shakllanishi, taraqqiy etishi va barqarorligini ta’minlaydi. Milliy ong millatning o‘zi bilan shakllanib keladi. Uning boshqalardan farq qiluvchi, faqat o‘zigagina aloqador manfaatlari va maqsadlarining shakllanishigina yo‘naltiradi. Shuning uchun xam milliy ong, millat bilan mutanosib ravishda uzoq tarixiy davrda uning turmush tarzi, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va keng ma’naviy-ma’rifiy salohiyati ta’siri natijasida shakllanib keladi. Shu ma’noda ham Millat taqdiri va manfaatini o‘ziga qamrab olgan harqanday qarashlarlar tizimida milliy ong shakllanadi. Ayni paytda unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Milliy ong u yoki bu millatning o‘z tarixi va o‘zligini anglagan holda oldiga taraqqiyparvar maqsadni qo‘yishi, uning manfaatlari hamda o‘zga millatlar bilan bo‘ladigan muloqotlarda ularning mavjudligini anglashi, uning taraqqiyoti yo‘lida muammolarini tushunib yetishi va bartaraf etishda bilim va tafakkur ila jonkuyarlik bilan faol harakatga kelishi, uning istiqboli yo‘lida yangi g‘oyalar va qarashlarni namoyon qilishi, deyish mumkin. Chunki millatda uning manfaat va maqsadlarini ifoda etuvchi ong bo‘lsa-yu, ammo uni amalga oshirishga harakat qilinmasa, millatning ongliligi o‘z ifodasini topa olmaydi. Shu ma’noda, milliy ong har bir millat manfaat va maqsadlarini amalga oshirish borasida faollik ko‘rsatish darajasi ham hisoblanadi. Milliy ong milliy manfaatlarni aks ettiruvchi omil sifatida millatning moddiy va ma’naviy boyliklarini ishlab chiqarish, o‘zga millatlar bilan o‘zaro munosabatlar jarayonida shakllanib boradi. Ana shu jarayonda har bir millatga xos bo‘lgan xususiyat, urf-odat, an’ana va qadriyatlar shakllanadi. 482 Milliy ongning rivojlanishida millatning ichki ma’naviy-ma’rifiy intellektual salohiyati va uning vatanparvarlik tuyg‘usi muhim ahamiyatga ega. Millat o‘zining shakllanish jarayonida o‘z yaxlitligi va o‘ziga xos bo‘lgan barcha omillarni ham rivojlantirib boradi. [4:73] O‘z o‘rnida ana shu omillar ham milliy ong taraqqiyotiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ya’ni har bir millat milliy ong rivojlanishida o‘z salohiyatini yaratadi. Milliy ong rivojlanishining ma’naviy asoslarini milliy til, meros, tarixiy xotira, urf- odat, an’ana, axloq, qadriyatlar, milliy ta’lim-tarbiya tizimi kabilar tashkil qiladi. Uning ushbu xususiyatlari faylasuf olim S.Otamurodov tomonidan qayd etilgan[5:315] Mana shu omillardan millat ma’naviy ozuqa oladi, ular orqali inson va millat o‘z-o‘zini anglaydi. Xulosa qilib aytganda, globallashuv jarayonida butun dunyo bo‘ylab millatlar va xalqlarning o‘z borlig‘ini, madaniyatini, ma’naviyatini asrash, o‘zini ma’naviy halokatdan saqlab qolish masalasi yanada kuchayib bormoqda, uni hal qilishda jamiyat milliy ongini shakllantirish, boyitish dolzarb ahamiyatga kasb etmoqda. Ushbu masalaning qanchalik darajada dolzarbligi mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishdagi islohotlarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik tuyg‘usini oshirish, intellektual salohiyatini oshirish, milliy qadriyatlarni boyitish, mamlakat istiqbolidagi faolligini oshirish va yangi marralarni belgilashga chorlash barcha ta’lim muassalari faoliyati tizimiga nazariy va amaliy hihatdan joriy etish lozim. Ayniqsa, bugungi yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarimizda qabul qilinayotgan Konstitutsiyamizning yangi loyihasi Inson farovon yashashi, davlat barqaror rivojlanishi uchun samarali, ixcham va xalqchil davlat boshqaruvi joriy qilinishiga, parlamentarizmni kuchaytirish uchun xizmat qilishga qaratilgan bo‘lib, bu fuqarolarimiz va yoshlarimiz milliy ongining bir muhim fenomeni sifatida anglab yetishi sari dadil qadam qo‘yiladi. Bu o‘z navbatida yoshlarda milliy ongning yangi qirralari va omillarini his qilish, o‘z hayotining ehtiyojiga aylantirish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. Shu o‘rinda Prezident Sh.Mirziyoev: “Eng muhimi, jamiyatimizda tinchlik osoyishtalik, millatlararo totuvlik, bag‘rikenlik va mehr-oqibat muhiti hukm surmoqda, biz ana shu mustahkam zaminga tayanib, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida buyuk ishlarni boshlaganmiz” [1:50],- deya ta’kidlab o‘tganlarida yoshlar milliy ongida yangi maqsadlarni qo‘yishga chorlaydi. Boshlanayotgan yangi bosqich- Yangi O‘zbekistonda demokratik islohotlarimizni yanada takomillashtirishga qaratilayotgan Uchinchi 483 Renessans jarayonida milliy ongni muhim vazifasi inson qadr qimmati, manfaati va ma’naviy taraqqiyoti uchun xizmat qilishi kerak. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling