Ikkinchi qism toshkent – 2023
MA’RIFATLI SHAXS TARBIYASIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Kalit so‘zlar
MA’RIFATLI SHAXS TARBIYASIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM
MUASSASALARI RAHBAR XODIMLARI KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINING AHAMIYATI Umarova Nilufar Xasanovna Abdulla Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti doktoranti Annotatsiya: ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbar xodimlari kommunikativ kompetentligining ma’rifatli shaxs tarbiyasidagi ahamiyati, kommunikativ kompetensiya, uning xususiyatlari, kommunikativ kompetentlik, uning komponentlari, ta’lim islohotlari jarayonida kommunikativ kompetensiyaning ko‘rsatkichlari to‘g‘risida mushohada yuritiladi. Kalit so‘zlar: rahbar, ta’limni boshqarish, ta’lim-tarbiya, ma’rifat, kommunikativlik, kommunikativlik qobiliyati, kommunikativ mahorat, kommunikativ madaniyat, kommunikativ kompetensiya, kommunikativ kompetentlik, kommunikativ kompetentlik ko‘rsatkichlari. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim tizimida ham bir qator o‘zgarishlar yuz bermoqda. Yangi O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-ma’naviy, huquqiy-siyosiy, ma’rifiy-dunyoviy jihatdan mustahkamlash va takomillashtirish “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari” tamoyili asosida kelajakda buyuk davlatga aylantirishning muhim omili bo‘lib, uning hozirgi bosqichdagi maqsad va vazifalari Respublikamizning yangi tahrirda 2020-yil 23- sentabrda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF 60-sonli “2022- 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida har tomonlama teran belgilab berilgan. O‘zbekiston uchinchi ming yillikda jamiyat hayotining turli sohalari jumladan, ta’lim tizimi sohasini tubdan isloh qilish jarayoniga qadam qo‘ydi. Ta’lim har qanday jamiyatning ajralmas tarkibiy qismi, ma’naviyati va madaniyati darajasining ko‘rsatkichi shuningdek, taraqqiyotining asosidir. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshiramiz [1] deb ta’kidladilar. 460 Shuningdek, hukumatimizning “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori davlatning ta’lim-tarbiya sohasidagi siyosatini amalga oshirishda mavjud bo‘lgan dolzarb muammolarni hal etishga yo‘naltirildi. Ushbu konsepsiyada yosh avlod tarbiyasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor vazifalar, asosiy maqsad va yo‘nalishlar bilan birga ma’rifiy shaxs tarbiyasining bir qator jihatlari belgilab berilgan [2]. Ma’rifat arabcha “arafa” – “bilmoq” ma’nosini anglatib, ta’lim-tarbiya, iqtisodiy, siyosiy, falsafiy, diniy g‘oyalar majmui asosida kishilarning ong-bilimini, madaniyatini o‘stirishga qaratilgan faoliyat. Maʼrifat — kishilarning ongini, bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan taʼlim- tarbiya jarayoni. U tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli bilimlar, maʼlumotlar majmuasini ham bildiradi [3]. Ma’rifat - xalqimiz, millatimiz qonidadir. An’anaviy sharqona qarashga ko‘ra, ma’rifatlilik - faqat bilim va malaka emas, ayni paytda chuqur ma’naviyat, komil inson deganida aynan shunday odamlarni ko‘z oldiga keltiradi [4]. Maʼrifat - bilim va madaniyatning qoʻshma mazmuni boʻlib, maorif uni yoyish vositasidir. Maʼrifatni hayotga singdirish maorif tizimi orqali amalga oshiriladi [3]. Demak, ma’rifatni targ‘ib qilishdek vazifani amalga oshirishda belgilangan maqsadlarga erishish uchun soha menejerlaridan qator kompetensiyalarga egalik talab etiladi. Bunday kompetensiyalardan biri kommunikativ kompetensiyadir. Kommunikativ kompetentsiya - bu kommunikativ qobiliyatlarni, bilim va ko‘nikmalarni, ishbilarmonlik aloqalari sohasidagi hissiy va ijtimoiy tajribani o‘z ichiga olgan insonning umumlashtiruvchi kommunikativ xususiyatidir. Kommunikativ kompetentsiya - bu kasbiy faoliyatda umumiy madaniyat va uning o‘ziga xos ko‘rinishini sintez qiladigan ajralmas sifat. Kommunikativ kompetensiya – rahbardan to‘laqonli muloqotchanlikni talab etadi. Har qanday vaziyatda o‘quvchi va jamoa a’zolari bilan ijobiy munosabatda bo‘lishni taqozo etadi. Kommunikativ kompetensiyaning rivojiga kommunikativlik, kommunikabellik, kommunikativlik qobiliyati, kommunikativ mahorat, kommunikativ madaniyat kabi xususiyatlar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Kommunikativlik – shaxslar orasidagi o‘zaro axborot almashinuv, aloqa, munosabat o‘rnatilishida ifodalansa, kommunikabellik – aloqa va munosabatlar o‘rnatish, muloqotga moyillik layoqati bo‘lib, 461 kommunikabellik xususiyatiga ega bo‘lgan shaxs muloqotda yoqimli va atrofdagilar bilan oson munosabat o‘rnata oladi[5]. Kommunikativlik qobiliyati - bu xodimlar bilan muloqotda bo‘lishga, boshqaruv muloqotini to‘g‘ri tashkil etishga, bo‘ysunuvchilarga yondashish uchun to‘g‘ri yo‘l topa bilishga, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan maqsadga muvofiq o‘zaro aloqa bog‘lashga pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir [6]. Kommunikativ mahorat insonlarni to‘g‘ri tushunish, ular bilan hamkorlikda harakat qilish, muloqot qobiliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘nikmalardan tashkil topadi. Kommunikativ madaniyat - yuksak darajadagi muloqot ko‘nikmalariga egalik [5] deb ta’riflanadi. Kommunikativ kompetensiya quyidagi subkompetensiyalarni o‘z ichiga oladi: lingvistik (lingvistik), sotsiolingvistik (nutq), ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy (pragmatik), strategik (kompensatsion), diskursiv, sub’ekt. Kommunikativ kompetensiya og‘zaki va og‘zaki bo‘lmagan aloqa vositalarining moslashuvchanligi va ulardan foydalanish erkinligini nazarda tutadi va insonning o‘ziga, tabiiy va ijtimoiy olamga bo‘lgan munosabatlari tizimini tartibga soluvchi kategoriya sifatida qaralishi mumkin. Kommunikativ kompetensiya - bu murakkab muloqot qobiliyatlari va qobiliyatlariga egalik qilish, yangi ijtimoiy tuzilmalarda yetarli malakalarni shakllantirish, muloqotdagi madaniy me’yorlar va cheklovlarni bilish, urf- odatlar, aloqa sohasidagi odob-axloq qoidalarini bilish, odob-axloq qoidalariga hurmat, milliylikka xos bo‘lgan kommunikativ vositalar yo‘nalishi haqida xabardor bo‘lish. Demak, har bir umumta’lim muassasalari rahbar xodimlari o‘z faoliyatlarida aniq belgilangan vazifalarni bajarish asnosida kommunikativ kompetentlik komponentlariga ega bo‘lishi lozim. Bunday komponentlar bir qator ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi. Kommunikativ kompetentlik ko‘rsatkichlari: - o‘zgalar fikrini hurmat qilishini namoyon qila olish; - o‘zgalar fikriga ta’sir etuvchi (ishontira olish, to‘g‘rilash, fikrni qarama-qarshi qo‘yish) muloqot maneralarini tanlay olish; - o‘zgalarning huquqlari va hissiyotlarini hurmat qilishga hamda o‘zaro munosabatlarini o‘rnatishga qaratilgan (qo‘llab-quvvatlash, konsruktiv, ruxlantiruvchi) muloqot shakllarini tanlay olish; - ta’lim jarayoni sifatini oshirish va ta’lim oluvchilarning o‘quv ehtiyojini qondirish maqsadida o‘z hamkasblari bilan axborot 462 kommunikatsiya texnologiyalarining turli vositalari yordamida aloqa o‘rnata olish va hamkorlik qilish; - ta’lim sifatini oshirish maqsadida global tarmoqdagi turli pedagogik hamjamiyatlarda ishtirok etish; - o‘zgalar bilan o‘zaro hurmat asosida qurilgan munosabatlarni o‘rnata olishi; - o‘zini tutishda, boshqalar bilan munosabatga kirishishda, qaror qabul qilishda va resurslarni boshqarishda ahloq normalariga rioya etish; - milliy qadriyatlarni, shaxs erkinligi va uning mas’uliyati, ijtimoiy adolatni himoya qila olish [7]. Demak, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbar xodimlari kommunikativ kompetensiyasi ta’lim faoliyatini tashkil etishni bilish, bag‘rikenglik bilan ish yuritish, ziddiyatli vaziyatlarda o‘zini munosib tuta bilish, jamoasini demokratik boshqarish va o‘z-o‘zini boshqarish faoliyatida ishtirok etishi, xodimlar ijtimoiy faoliyati uchun ko‘maklashishi, o‘zining ilmiy-metodik faoliyati natijalarini taqdim etishni bilishi va rahbarning amaliy ko‘nikmalari, tajribasi va shaxsiy fazilatlarini qay darajada namoyon eta olishi orqali ma’rifatli shaxs tarbiyasida ibrat bo‘la olishi hamdir. Xulosa qilib aytish lozimki, mamlakatimizda uzluksiz ta’lim islohoti jadallik bilan olib borilayotgan bugungi kunda ma’rifatli shaxs tarbiyasida maktab rahbar xodimlarining kommunikativ kompetentligi muhim o‘rin tutadi. Zero maktab rahbarlari kommunikativ kompetentligining takomillashishi avvalo dunyoqarashni o‘zgartirish, o‘z faoliyatiga tanqidiy nuqtai nazar bilan qarash, ta’lim va tarbiya sohasidagi ma’rifatli shaxsni tarbiyalash kabi maqsadga erishish yo‘lida tinmay izlanish va o‘zining kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirib borishini taqazo etadi. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling