Ikkinchi qism toshkent – 2023


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

 
NATIJALAR 
Butun dunyo hamjamiyati e’tirof etganidek, O‘zbekiston qadimdan 
madaniyat va sivilizatsiya barpo etuvchi zamindir. Darhaqiqat, o‘rta asrlarda 
O‘zbekiston hududida vujudga kelgan ilmiy-ma’naviy yutuqlar Yevropadagi 
ilmu fanga asos bo‘ldi. Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu 
Rayhon 
Beruniy, Abu Nasr Forobiy kabi ulug‘ mutafakkirlarimizning 
beqiyos ilmiy-falsafiy risolalari dunyoviy bilimlarni rivojlantirish va 
tizimlashtirish bilan bir qatorda, nafaqat o‘z zamonasi, balki keyingi yuz 
yilliklarga tegishli umumjahon tamaddunining yuksalishiga asos soldi.
“Ajdodlaring shuhratiga suyanma, o‘zingga o‘zing shuhrat top. Kimda 
kim obro‘li qarindoshlariga nisbat berib, ularni vosita qilsa va hech narsa 
qilmay, faqat o‘lgan ajdodlari bilan faxrlanib yursa, o‘sha kishining o‘zi o‘lik 
va ajdodlari esa, tirik sanaladi”, deb aytgan edi mutafakkir Abu Rayhon 
Beruniy. 
Shaxs – o‘z pozitsiyasiga, dunyoqarashiga, o‘z hayotiga nisbatan ongli 
munosabatga ega bo‘lgan insondir, bunday inson o‘z qiyofasiga ega bo‘ladi. 
Shaxs uchun ong nafaqat tashqi olam haqida bilimlar hosil qiluvchi sifatida, 
balki munosabat sifatida ham fundamental ahamiyatga ega. Shuni alohida 
ta’kidlash kerakki, hayotiy munosabatlarning ikkita asosiy turi mavjud: 
dunyoga bo‘lgan ongli-axloqiy munosabat, bu insonning boshqa insonlarga 
va tabiatga bo‘lgan munosabati orqali namoyon bo‘ladi hamda insonning 
o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabati, bunda sub’ekt o‘z hayotini ko‘rib chiqadi, o‘z 
manfaatlarini boshqalar manfaatlari bilan bog‘laydi. Shaxsning pozitsiyasi 
insonning dunyoqarashi, prinsiplari va xatti-harakatlarini, uning ijtimoiy va 
kasbiy faoliyatining samaradorligini belgilaydi hamda hayotining barcha 
sohalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Hayotiy pozitsiyaning ichki asosini 
ustuvor e’tiqodlar, qadriyatlar va prinsiplar tashkil etadi. Uning yo‘nalganlik 
hususiyati ustuvor manfaatlar bilan belgilanadi hamda faoliyatda, dunyoga 
va sotsiumga bo‘lgan munosabatda namoyon bo‘ladi. 


45 
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” 
gazetasiga bergan intervyusida Uchinchi Renessans va Yangi O‘zbekiston 
konsepsiyalari nimani anglatishi haqida so‘zlab bergan edi. “Bugungi kunda 
butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy harakatga 
aylanib borayotgan “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasi zamirida ulug‘ ajdod-
larimiz, umuman olganda, milliy tariximizda Birinchi va Ikkinchi uyg‘onish 
davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu-intilishlari va armonlari 
ham mujassam, desak, adash-magan bo‘lamiz... Hozirgi vaqtda mamla-
katimizda yana bir muhim Uyg‘onish jarayoni kechmoqda. Shuning uchun 
“Yangi O‘zbekiston” va “Uchinchi Renessans” so‘zlari hayotimizda o‘zaro 
uyg‘un va hamohang bo‘lib yangramoqda, xalqimizni ulug‘ maqsadlar sari 
ruhlantirmoqda” [1], – deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoev. 
Shaxsini tarbiyalash, o‘qitish va rivojlantirish haqidagi o‘ziga xos 
innovatsion pedagogik g‘oyalar, ta’lim-tarbiya nazariyasining maqsadi 
mana shu xislatlarni shakllantirishdan iborat. Buning uchun o‘quv-tarbiya 
jarayoni, hadislar, oila, mahalla, an’anaviy udumlar, to‘y, ma’raka va boshqa 
kam guruhli va ko‘p sonli odamlar ishtirok etadigan yig‘inlar, sayillar, 
mehmondorchilik, mehmon kutish, ommaviy axborot vositalari, afsonalar, 
romanlar va boshqalar vosita bo‘lishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan 
shaxsiy xislatlarni shakllantirish o‘quv-tarbiya ishlarining asosiy vazifasi 
hisoblanadi. Ana shu ma’noda pedagogik jarayonda yagona maqsadga – 
umuminsoniy xislatlarni shakllantirishga qaratiladi. Pedagogik maqsadlarga 
qanday vositalar bilan, qanday ketma-ketlik va qaysi ma’noda erishishga 
bog‘liq. Birinchisi zamonaviy ta’lim va tarbiyaning bir shaklini tanlansa
ikkinchisi o‘zgacharoq, uchinchisi yana bir boshqacha yo‘l tutadi. Shu 
jumladan, xalq, elatning o‘z udumi, odati, turmush tarzi bor. Xalqning 
umumiy pedagogik madaniyatida shaxs tarbiyalanib, o‘qib rivojlanishida 
o‘ziga xos innovatsion pedagogik g‘oyalarga aksiologik yondashishni talab 
etadi. 
Xulosa qilib aytganda, shaxs axloqiy ma’naviy tarbiyasi bugungi 
kunning eng ustuvor vazifalaridan biridir. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling