Ikkinchi qism toshkent – 2023
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Yangi O‘zbekiston” gaze- tasiga bergan intervyusi https://www.gazeta.uz/uz/2021/08/17/renaissance/. 2. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. 3. Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq. – Toshkent, 1996. 46 4. Abu Rayhon Beruniy. Hikmatlar. – Toshkeng: Yoshgvardiya, 1973. 5. Boboev H., G‘ofurov 3., Islomov 3. Milliy istiqlol mafkurasi va taraqqiyot. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2001. 6. Xoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Hasanov R. Pedagogika tarixi. – T.: «O‘qituvchi», 1996. – 79-b. 7. Mamatkulov, S.T. (2020). Shaxsning hyotiy pozitsiyasi klassifikatsiyasi.// Konsensus, 1(1), 118-126. (Mamatkulov, S.T. (2020). Classification of the life position of the person. Consensus, 1(1), 118-126. BOSHLANGʻICH TA’LIM TIZIMIDA SIFAT VA SAMARADORLIKNI OSHIRISH IMKONIYATLARI Safarov Firuz Sulaymonovich, BuxDPI dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Annotatsiya Maqolada boshlangʻich ta’lim sifatini oshirish muammolari va imkoniyatlari haqida soʻz yuritiladi. Tayanch soʻz va iboralar: boshlangʻich ta’lim sifati, shaxsiy va kasbiy rivojlanishda kompetenli boʻlish, oʻquvchilarning ilmiy yutuqlarini aniqlash va baholash, ta’limni rivojlantirish boʻyicha yangicha koʻrsatma va maqsadlar. Bugungi kunda boshlangʻich ta’lim sifati egallangan bilim darajasida emas, balki hayoti davomida bilim olishga boʻlgan qiziqishida, kasbiy va shaxsiy rivojlanishida, egallangan bilimlarni kichik hayotida qoʻllay olish kompetensiyasida belgilanadi. Zamonaviy dunyoda – inson kapitali har bir mamlakatning barqarorligi va taraqqiyotini ta’minlashdagi siyosiy va iqtisodiy resursiga aylanmoqda. Davlat ta’lim tizimi siyosatini ishlab chiqishda mamlakatning global makonda raqobatbardoshligiga qanday ta’sir qilishini, oʻzgarishlar qanday ta’lim sifati natiajalariga olib kelishini, kelajakda jamiyatning rivojlanish darajasiga mos kelishini inobatga olishi lozim. Ta’limning rivojlanish darajasi quyidagi asosiy omillarga bogʻliq: – Jahon hamjiyatining ta’lim jarayonidagi hamkorligi (kengayib borayotgan ijtimoiy makonda individul muhitning xilma-xilligi va koʻp sonliligi, shaxslar va guruhlararo muloqotning turli shakllari, koʻrinishlari, yashash muhitining rivojlanishi); 47 – Jahon fuqarolik jamiyatida insonparvarlik tamoyillarini rivojlantirish (hayotiy faoliyatga mas’uliyat bilan qarashni rivojlantirishda har bir shaxs huquq va erkinliklarini himoyalash); – Shaxsning faol, mustaqil va intensiv ijtimoiy (oʻziga xoslik) xarakterdagi yangi ma’naviy olamini shakllantirish, jamoa va oʻz manfaati uchun shaxsiy fazilatlarni rivojlantirishi – bu insonning butun umri davomida oʻrganishga va qayta oʻqishga tayyorligini bildiradi. Yuqorida sanab oʻtilgan har bir omil toʻgʻridan-toʻgʻri ta’lim sohasi va zamonaviy ta’lim sifatiga ta’sir qiladi. Hozirgi kunda maktabga boʻlgan talab oʻzgardi. Endi oʻquvchi jamiyatda oʻz oʻrniga ega boʻlishi uchun bilimini hayotda qoʻllashni oʻrganishi lozim. Chunki zamonamizda shu orqali ta’limning sifati baholanmoqda. Biz oʻzlashtirilgan bilim darajasi bilan belgilanadigan sifatning ana’naviy tizimidan cheklanib, yangicha zamonaviy talablarga e’tiborni qaratishimiz kerak: ya’ni, shaxsiy va kasbiy rivojlanishda kompetenli boʻlish, hayot davomida oʻqishga boʻlgan mustahkam ishtiyoq mavjudligi . Bu talablarni bajarishda boshlangʻich ta’lim jarayoni asosiy oʻrinni egallaydi. Endi boshlangʻich ta’lim maktablari oldida turgan vazifa ham oʻzgardi. Bilimlarni sayqallovchi va yetkazuvchi – oliy ta’lim muassasasi insonparvarlik tamoyil- larini oʻzida mujassam etgan holda, jamiyatda yashash san’atini oʻrgatuv- chi, oʻz-oʻzini tarbiyalashga undaydigan institutga aylandi. Bu institutlar yuqorida sanab oʻtilgan sifatlarga ega boʻlgan shaxsni tarbiyalovchi kardlarni yetkazishda yetakchilik qiladi. Pedagog-kadr qanchalik sifatli tayyorlansa, boshlangʻich ta’lim sifati ham shu daraja yuqori boʻladi. Ayni damda ta’lim maydonida natija nuqtai nazaridan ta’lim sifatini aniqlashda ikkita asosiy yondashuv mavjud: Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling