Ikkinchi qism toshkent – 2023
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Har qanday davlatning poydevori, uning mustahkamligi, barqarorligi, kelajagi ana shu yurtda voyaga yetib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama ma’naviy – axloqiy jihatdan kamol topishiga bevosita bog‘liqdir. Shunday ekan, bu vazifani a’lo darajada bajarish davlatning olib borayotgan siyosati, barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlarga bevosita bog‘liqdir. Buyuk yunon olimi, Sharqda “Birinchi muallim” deb ulug‘lanadigan Aristotelning “Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi”, degan so‘zidan, insoniyat ongli hayot kechira boshlagan davrdan buyon ta’lim va tarbiya masalasi, doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelayotganligini anglash mumkin [6]. Forobiy asarlarida ta’limda barcha fanlarning nazariy asoslari o‘rganilsa, tarbiyada ma’naviy-axloqiy qoidalar, odob me’yorlari o‘rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinishi asoslab beriladi [2]. Ibn Sino maktabda bolalarni alohida-alohida o‘qitishdan ko‘ra jamoa, sinf tartibida o‘qitishni afzal deb biladi va bu uslubning ustunligi quyidagilardan iboratligini ta’kidlaydi: «O‘quvchilar o‘qish va tarbiya davomida ilmga chanqoqlik sezadilar. O‘z bilimlari bilan g‘ururlanadilar, bir-birlarining bilimlariga havas qiladilar. G‘urur va o‘ziga e’tibor tarbiyalanuvchilarni bir-birlaridan orqada qolmaslikka undaydi. O‘quvchilar 43 birga bo‘lganda, doim bir-birlari bilan gaplashadilar va bu bilan o‘z xotiralari va nutqlarini rivojlantiradilar». Ulug‘bek darsliklar qanchalik mazmunli va tushunarli bo‘lmasin, ta’lim jarayonida o‘qituvchi asosiy o‘rinda turishi, o‘z pedagogik mahorati bilan namuna bo‘lishi kerakligini alohida ta’kidlaydi. Demak, Ulug‘bek o‘z hayoti va ilmiy-pedagogik (mudarrislik) faoliyatida yetuk, bilimdon va yuksak mahoratli olim-ustoz sifatida ilmiy farazlarni emas, balki bu bilimlardan maqsad nima ekanini aniq anglab, o‘z bilimlarini takomillashtirib borish, ularni hayotga tatbiq etish yo‘llarini ko‘rsatib berishdek bugungi zamonaviy ta’limdan farq etmaydigan mukammal amaliy ta’lim shaklini yaratadi [6]. Alisher Navoiyning asarlarida maktab va madrasalardagi ta’lim-tarbiya usullari, ta’lim olish tamoyillari, talabalarga bilim beradigan muallimlar, mudarris va ustozmurabbiylarning o‘zlari bilimli, dono va tarbiyali, yuksak pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarurligi g‘oyasi ta’lim texnologiyasida yetakchi o‘rinlarni egallagan [6]. Zahiriddin Muhammad Boburning ta’lim texnologiyasidagi bosh masala inson kamoloti uchun ilmning naqadar zarurligi hisoblanadi. Ulug‘ mutafakkirmiz Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida ta’kidlanganidek, “Inson javhari qobildir, agar yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqlardan saqlanib, go‘zal xulqlarga odatlanib katta bo‘lsa, har kim qoshida maqbul, baxtiyor inson bo‘lib chiqar” – degan hikmatli fikrni yozib qoldirgan [4]. Dunyoga kelgan go‘dak ma’lum yoshga hadar individ hisoblanadi. «Individ» lotincha «individium» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «bo‘linmas», «alohida», «yagona» ma’nolarini anglatadi. Individ biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudotdir. Shaxsning shakllanishida harakat o‘ziga xos omil sanaladi. Go‘dak (chaqaloq) ham turli harakatlarni qiladi. Biroq, bu harakatlar keyinchalik shartli reflekslar bo‘lib, ongli ravishda emas, balki shartsiz va shartli qo‘zg‘atuvchilarga javob tarzida yuz beradi. Shaxs sifati “individuallik” tushunchasi bilan to‘ldiriladi. Individuallik deganda, bir kishining boshqasidan o‘ziga xos xususiyatlari va farqlari tushuniladi. Individuallik, qoida tariqasida, mijozning o‘ziga xos xususiyatlariga, uning ijtimoiy faolligiga va oqilona xatti-harakatlariga tegishlidir. Insonni ijtimoiy mavjudot sifatida tasvirlash uchun “individual” tushunchasiga to‘xtalib o‘tish kerak. “Individ” atamasi bitta, faqat, bitta odamni bildiradi. U insoniyatning alohida vakili sifatida talqin qilinadi. Ya’ni, har qanday aqli raso odam shaxs bo‘lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan, shaxs hayot davomida rivojlanadi va shakllanadi. Rivojlanish - bu, 44 birinchi navbatda, shaxsning miqdor va sifat o‘zgarishi jarayonidir. Inson tug‘iladi va o‘sadi, organizm organlari va tizimlari kengayadi, u so‘zga, so‘ngra so‘z boyligiga ega bo‘ladi. Har xil ijtimoiy xususiyatlar va axloqiy ko‘nikmalarni, mehnat ko‘nikmalarini egallaydi. Inson rivojlanayotgan ha- qiqiy hayotga muhit deyiladi. Shaxsning rivojlanishiga turli tashqi omillar, jumladan, geografik, ijtimoiy, ta’lim va oilaviy hayot ta’sir ko‘rsatadi. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling