Ikkinchi qism toshkent – 2023


partiyalar, siyosatchilar va jarayonlar haqidagi axborotning saralanishini


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II


partiyalar, siyosatchilar va jarayonlar haqidagi axborotning saralanishini 
tushuntiradi. Ijtimoiy ob’yektga emosional munosabat (yoqadi – yoqmaydi, 


31 
yoqimli – yoqimsiz, ishonadi – ishonmaydi), odatda, u haqidagi axborotni 
tanqidiy idrok etishdan oldin vujudga keladi. Mazkur elementsiz irqiy 
andozalar, diniy va milliy sabr- toqatsizlik hollari bu darajada ulkan 
ahamiyat kasb etmagan bo‘lar edi. Nihoyat, mo‘ljalning xulq-atvorga oid 
elementi harakatga, chunonchi: ovoz berishda qatnashish, namoyish yoki 
mitingda ishtirok etish, partiyaga a’zo bo‘lish yoki terrorchilik harakatida 
ishtirok etishga tayyorlikni anglatadi. 
Fuqarolarning ijtimoiy ongi ancha ziddiyatli xususiyat kasb etadi. 
Birinchidan, ularning tasavvurlari ba’zan o‘zaro muvofiq kelmaydi. Bu 
fenomen ba’zan barqaror jamiyatlarda ham kuzatiladi. Ammo keng ko‘lamli 
siyosiy inqiroz sharoitida shaxs darajasida ijtimoiy ongning ziddiyatliligi 
ayniqsa yuksak darajaga ko‘tariladi va shaxsning ikkilanishiga yaqinlashadi. 
O‘z tadqiqotimiz doirasida biz eski avtoritar va yangicha demokratik 
qarashlarning yonma-yon mavjudligigagina emas, balki ayrim mo‘ljallar 
yoki liderlarni oqilona ma’qullash bilan qarama-qarshi mo‘ljallar yoki 
liderlarga emosional simpatiya o‘rtasidagi ziddiyatga ham duch keldik. 
Ijtimoiy mo‘ljallar tadqiqotchilar va amaliyotchilarda qiziqish 
uyg‘otayotgani shu bilan belgilanadiki, ularni qarorlar qabul qiluvchilar va 
qarorlarni bajaruvchilar o‘rtasida ikki tomonlama aloqa vositasi sifatida 
hisobga olish zaruriyati paydo bo‘ldi. Mo‘ljallar bir-biridan, eng avvalo, ular 
shaxsda qay darajada rivojlangani bilan farq qiladi. 
Fikr tarzidagi ijtimoiy mo‘ljallarga bag‘ishlangan tadqiqotlar ayniqsa 
keng tarqalgan. Fikrlar ijtimoiy mo‘ljalning beqarorlik bilan ajralib 
turadigan turlaridan biridir. Fikrlar, avvalo, ongning yuzaki, verbal 
qatlamini aks ettiradi va teranroq shaxsiy tuzilmalarga doim ham muvofiq 
kelavermaydi. 
Mo‘ljalning boshqa bir turi – umumiy munosabat shakliga ega bo‘lib u 
barqaror tizimlarda amal qiladi. Mo‘ljalning uchinchi turi – e’tiqodlar 
sifatida shaxsning ijtimoiy ruhiy holatini aks ettiradi. Liderlarni o‘rganuvchi 
siyosatchilar ularning ko‘p sonli e’tiqodlari orasida odamlar va institutlarga 
ishonchsizlikning mavjudligiga alohida e’tiborni qaratadilar. E’tiqodlarning 
bu ikki turi avtoritarizmning nazariy asosini tashkil etadi. Yana bir muhim 
e’tiqod siyosatchining voqealar o‘z nazorati ostida ekanligiga bo‘lgan 
ishonchidir. J.Rotter testi yordamida individning subyektiv nazorati darajasi 
aniqlanadi. Bu test inson o‘z yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklarida o‘z-o‘zini 
yoki taqdirni, vaziyat taqozosini va hokazolarni ayblashini aniqlash 
imkoniyatini beradi. Bizning ma’lumotlarimizga ko‘ra siyosatchilar boshqa 
fuqarolardan subyektiv nazorat darajasi ularda o‘rtacha fuqaronikidan 


32 
yuqori ekanligi bilan farq qiladi. Siyosatchida demokratik mo‘ljallar mazkur 
ko‘rsatkichning yuksak darajasi bilan bog‘lanishini tasdiqlovchi dalillar ham 
mavjud. 
Ijtimoiy ongning motivasion elementlari to‘g‘risida so‘z yuritganda
yana shuni ham qayd etib o‘tishni istar edikki, mo‘ljallar siyosiy muhitning 
tashqi omillarini belgilovchi shaxs ichki mexanizmlarining harakatini o‘z 
ichiga oladi. Ijtimoiy ongning mazkur tuzilmalari shu bilan tavsiflanadiki, 
ular siyosiy jarayonlar va hodisalarni idrok etish dinamikasini belgilaydigan 
emosiyalardan iboratdir. 
Ijtimoiy falsafa ongning boshqa bir tomoni – bilishni ham farqlaydi. 
Empirik tadqiqotlarda uning ko‘rsatkichlari sifatida shaxsning siyosatga 
bo‘lgan qiziqishi, uning xabardorlik darajasi, siyosiy voqealar va liderlar 
haqidagi bilimlari va nihoyat, uning tasavvurlari muayyan mafkuraviy 
sxemaga solinganligi amal qiladi. 
Hozirgi ijtimoiy falsafada odatdagi siyosiy tizimlar bilan taqqoslaganda 
fuqaroning siyosatga bo‘lgan qiziqishi ancha kuchaygani kuzatiladi. Buni 
so‘nggi o‘n yilliklarda turli mamlakatlarda olingan ma’lumotlar ham 
tasdiqlaydi. Chunonchi, GFRda 80-90-yillar mobaynida siyosat bilan 
qiziquvchi shaxslar ulushi 22 foizdan 49 foizgacha o‘sgan, siyosatga 
umuman qiziqmaydiganlar ulushi esa 39 foizdan 9 foizgacha kamaygan. 
Fransiyada 1999-2019 yillarda siyosat bilan qiziquvchilar ulushi uch baravar 
o‘sgan. Italiyada siyosiy voqealarni faol kuzatib boradigan shaxslar soni 
1988-2018 yillarda 24 foizdan 48 foizgacha o‘sgan. Gʻarbiy Yevropada 1991 
yilda so‘rovdan o‘tkazilganlarning taxminan 40% siyosatga qiziqishini 
bildirgan. Yana bir karra ta’kidlaymiz: bu yerda gap demokratiya an’analari 
rivojlangan barqaror siyosiy tizimlarga xos bo‘lgan tendensiya haqida 
bormoqda. 
Sobiq Ittifoq hududidagi siyosiy jarayon uzoq muddatli kontekstda 
avtoritar siyosiy madaniyat unsurlari mavjud bo‘lgan mamlakatlarga xos 
tarzda namoyon bo‘ladi. Sho‘ro davrida aholining siyosatda ishtirok etish 
darajasi yuqori (boshma-bosh ovoz berish) bo‘lsa-da, siyosatga qiziqish 
uncha kuchli bo‘lmagan. Qayta qurishning dastlabki yillarida 1991 yilga 
qadar ommaviy siyosatga qiziqish behad kuchaygan va shu bilan bir vaqtda 
siyosiy harakatlarning odatdagi shakllarida ishtirok etuvchilar soni 
kamaygan, uning noan’anaviy shakllari esa ko‘paygan. 
O‘zbekiston respublikasida 2009 va 2019 yillardagi tadqiqotlarda qayd 
etilgan siyosiy qiziqish dinamikasiga binoan, siyosatga juda qiziquvchilar 
soni keyingi yillar ichida ko‘paygan. 


33 
Xabardorlik va siyosatga qiziqishdan tashqari, ijtimoiy ongning bilishga 
doir jihatida yana ikki muhim elementni qayd etish lozim. Bu yerda gap 
kognitiv uslub va operasional kod haqida bormoqda. Kognitiv uslub – 
fikrlash uslubini tavsiflovchi atama. Kognitiv uslub tavsiflari orasida 
faylasuflar mazmun jihatidan murakkablik yoki soddalikni, sherikka ishonch 
yoki ishonchsizlikni, instrumental aksent («ish»ga qarab mo‘ljal olish)ni 
farqlaydilar. Ayrim kishilarga siyosatni oq-qora tusda idrok etish xos bo‘lsa, 
ayrimlarga uni teran idrok etish, siyosiy nuqtai nazarlar tuslarining rang-
barangligi xosdir. Kognitiv uslubning birinchi tipi – integrativ murakkablik 
darajasi past bo‘lgan tafakkur uslubi odatda moslashuvchan bo‘lmagan, 
aqidaparast, yangilikni idrok etmaydigan kishilarga xosdir. Ayrim 
tadqiqotchilar mazkur kognitiv uslubning muayyan siyosiy mo‘ljallar bilan 
aloqasini aniqlaganlar. Chunonchi, integrativ murakkablik darajasi past 
bo‘lgan tafakkur uslubi konservativ siyosatchilar va ularning tarafdorlarida 
liberal siyosatchilar va ularning tarafdorlariga qaraganda ko‘proq uchrashi 
isbotlangan. Hokimiyat obrazlariga bag‘ishlangan tadqiqotda so‘rov 
ishtirokchilarining hokimiyat xususidagi tasavvurlari respondentlarning 
yarmidan ko‘prog‘ida avvalgi bosqichlarda ham, hozir ham kognitiv jihatdan 
murakkab ekanligi aniqlangan. 
Xullas, siyosiy ong tuzilishi haqida bayon etilgan fikr-mulohazalarga 
xulosa qilib shuni aytish mumkinki, u o‘z tarkibiga ko‘ra mutanosib emas. 
Unda ayrim elementlar yetuk va raso, ayrimlari esa yetilish bosqichida 
bo‘lishi mumkin. 
Ijtimoiy ongning kamol topish jarayoni o‘z yo‘lida subyektiv va 
ob’yektiv to‘siqlarga duch keladi. Yaqin o‘tmishda siyosat fuqarolar ongida 
aniq aks etishiga eng avvalo mafkuraviy qoliplar to‘sqinlik qilgan. Hozir esa, 
aksincha, aksariyat olimlar jamiyatda muayyan insonga dunyoning o‘z 
siyosiy manzarasini milliy manzara bilan “taqqoslash”ga yordam beradigan 
barqaror mafkuraviy sxemalarning borligida deb biladilar. Ularning fikricha, 
mazkur sxemalar inson dunyoda mo‘ljal olishini yengillashtiradi. 
Yuqorida biz shaxs ijtimoiy ongi to‘g‘risida so‘z yuritdik va u qanday 
shakllanishini asosan chetlab o‘tdik. Holbuki, ijtimoiy-siyosiy fikrlash 
uslublaridagi, ijtimoiy-siyosiy tizimni aks ettirish tiplaridagi farqlar siyosiy 
ijtimoiylashuv xususiyatida o‘z ildizlariga ega. Vazifasi tarbiya bilan 
shug‘ullanishdan iborat bo‘lgan barcha institutlar, odatda, o‘z kuch-
g‘ayratini tizimning shaxsga ta’sirini takomillashtirishga qaratadilar. Zero 
A.Mamanov ta’kidlaganidek “Insonning baxtliligining eng muhim sharti 
nafaqat uni moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirilgan holati, balki unda 


34 
qo‘rquvsiz erkin yashash hissining mavjudligidir”[1]. Ammo, o‘z ichki 
qonunlari, yosh va boshqa xususiyatlariga ega bo‘lgan shaxs bu ta’sirlarni 
doim ham o‘z-o‘zidan qabul qilavermasligini ko‘rmaslik ham mumkin emas. 
Shaxs kamol topishining turli bosqichlarida uning jamiyat hayotini, siyosiy-
ijtimoiy axborotni tahlil qilish imkoniyatlarini hisobga olish juda muhimdir. 
Falsafa fanining inson tafakkuri genezisi haqidagi ma’lumotlari 
ijtimoiy-siyosiy tafakkur va ong yetilishi tahlilining nazariy poydevori bo‘lib 
xizmat qiladi. Siyosat falsafasi va ijtimoiy hayot sohasidagi tadqiqotlar 
mazkur yo‘nalishining asoslaridan biri bola tafakkuri yetilishining va u 
kattalar tafakkuridan butunlay farq qilishining o‘z sxemasini taklif qilgan 
shveysariyalik atoqli psixolog Jan Piaje asarlaridir. 
J.Piaje fikriga ko‘ra, nutqiy tafakkurning shakllanishi bola hayotining 
ikkinchi yilida boshlanadi. Bu yoshda bolaning harakatlari ilk bor fikr tarzida 
aks ettiriladi. Shu yoshdan boshlab taxminan yetti yoshgacha bola fikrlash-
ning ilk operasional bosqichidan o‘tadi. Uni Piaje “egosentrizm” bosqichi 
sifatida tavsiflaydi (keyinchalik olim uni “syentrizm” bosqichi deb nomlagan). 
Ushbu bosqichga “men” nuqtai nazaridan fikrlash, tushunchalardan emas, 
balki obrazlardan foydalanish, asosiy e’tiborni hozirgi davrga qaratish xos. 
7 yoshda konkret operasiyalar bosqichiga o‘tish yuz beradi. Bola 
tafakkurida “desentrizm” jarayonlari yuz beradi, u bevosita idrok etishlar va 
yanglish tasavvurlardan xoli bo‘la boshlaydi. Bola turli xil nuqtai nazarlar 
mavjudligini tushuna boshlaydi, egosentrizm o‘rnini sosiosentrizm egallaydi. 
11 yoshdan keyin bola tafakkuri yangi bosqichga – formal operasiyalar bosqi-
chiga o‘tadi. Bu bosqich 15 yoshga borib asosan tugaydi va deduktiv mushohada 
yuritish, gipotezalar tuzishga qodir bo‘lgan “raso aql”ni tavsiflaydi[1]. 
J.Piajening bola tafakkuri yetilishining bosqichlari haqidagi 
tasavvurlarini o‘z siyosiy syujetlariga, ya’ni bolalar va o‘smirlarning 
qonunlar, fuqarolarning individual huquqlari va shu kabilar haqidagi 
tasavvurlariga tatbiqan rivojlantirdi. Bu ishni birinchilardan bo‘lib 
amerikalik J.Adelson boshladi. Uning tadqiqot guruhi GFR, Angliya va 
AQSHda 11 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy-
siyosiy tafakkuridagi o‘zgarishlarni o‘rgandi. 
Sharqda shaxs tarbiyasi masalalari bilan shug‘ullangan mutafakkirlar: 
Abu Nasr Forobiy «Baxt-saodatga erishuv haqida risola », «Fazilatli xulklar», 
«Fozil odamlar shahri», Abu Ali Ibn Sino «Axloq haqida risola», «Burch 
hakida risola», «Nafsni pokiza tutish», «Badanni boshkarish», «Adolat hakida 
kitob», Imom Gʻazzoliy «Diniy ilmlarning tiriltirilishi», Yusuf Xos Xojib 
«Qutadg‘u bilig», Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» asarlarida 


35 
shaxs ijtimoiy ongining shakllanish masalasini atroflicha yoritib berganlar. 
Shaxs ijtimoiy ongining shakllanish jarayoni uzoq davom etadigan 
murakkab jarayon bo‘lib, bir qancha omillar: ijtimoiy muhit, oila tarbiyasi, 
bolaning psixologik xususiyatlari bilan belgilanadi. Shaxsning ijtimoiy-
lashuvi uning jamiyat tomonidan tan olingan xulq-atvor me’yorlari, bilim va 
qadriyatlar tizimini samarali o‘zlashtirishi asosida, ijtimoiy hayotga 
moslashishi, ko‘nikishi jarayonidir. 
Mana shunday bir vaqtda biz kelajagimiz poydevori hisoblangan yosh-
larimizni turli xildagi salbiy illatlardan asrashimiz, ularda vatanparvarlik, 
mehr-oqibat, saxiylik, samimiylik, kamtarinlik kabi xislatlarning 
mustahkam tarzda shakllanib borishiga erishishimiz lozim.
Bizning fikrimizcha, siyosiy tizim yaratishi lozim bo‘lgan ustuvor mafkura 
tizimi vazifasini bajarishga maktab o‘qituvchisining qurbi yetmaydi. U tayyor 
mafkuradan foydalanishga odatlangan. Ammo o‘z o‘quvchilari bilan yuzma-
yuz qolganda, o‘qituvchi ularning savollaridan hech qayoqqa qochib qutulol-
maydi va ularning ko‘z o‘ngida obro‘li shaxs bo‘lib qolishni istasa, og‘ir siyosiy 
savollarning barchasiga javobni mustaqil izlashga majbur bo‘ladi. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling