Ikkinchi qism toshkent – 2023


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1. Abdurahimova F.Yu. Mahallada qizlarni sog‘lom turmush tarzi asosida 
oilaga tayyorlashning pedagogik asoslari: Ped. fan. nom. ... dis. avtoreferati: 
13.00.01. – T.: O‘zPFITI, 2007. – 23 b. 
2. Akramova F.A., Abdullayeva R.M. “Sharq mutafakkirlarining oila 
xususidagi qarashlari”, Risola. T,. Respublika “Oila” ilmiy markazi. 2002, 28 b. 
3. Akramova F.A., Abdullayeva R.M. “Oilaviy hayotga doir tavsiyalar”. 
Risola. T,. Respublika “Oila” ilmiy markazi. 2002, 40 b 
4. Arapbayeva D.K. Sharq olimlarining oila va ayollar xususida qarashlari. 
O‘zbekistonda amaliy psixologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari. 
Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari.1-tom. 27 sentyabr 2008. 
Toshkent.: 2008.212 b.B.36-38. 
 
SHAXS IJTIMOIY QARASHLARINING SHAKLLANISHI JARAYONIDA 
IJTIMOIY MENTALITET VA TARBIYA MUTANOSIBLIGI 
 
Mahsudjonov Otabek Zokirjon o‘g‘li
Namagan davlat chet tillari instituti tuzulmasidagi
Is’hoqxon Ibrat qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi direktori 
 
Annotasiya. Maqolada ijtimoiy ongning murakkab elementlarini o‘rganish 
va ular shaxsiy va guruhiy darajalarda qaysi qonuniyatlarga muvofiq amal 
qilishi haqida tasavvur hosil qilish uchun ularning tuzilishini ko‘rib chiqilgan. 
Falsafa fanida bo‘lganidek, siyosat falsafasida ham ongni tahlil qilishda 
elementlarning ikki guruhini – motivasiya va bilish bilan bog‘liq elementlarni 
farqlash odat tusini olgan.
Kalit so‘zlar. shaxs, mentalitet, ijtimoiy faoliyat, xulq-atvor, ijtimoiy ong. 


30 
Ijtimoiy ongning motivasiya bilan bog‘liq elementlarini ularning biri – 
mo‘ljal misolida ko‘rib chiqamiz. Mo‘ljal subyektning o‘ziga xos holati 
bo‘lib, u subyektning muayyan vaziyatdagi muayyan ehtiyojni qondirishga 
qaratilgan harakatni bajarishga tayyorligini tavsiflaydi. Mo‘ljal harakatdan 
oldin keladi va uning dastlabki bosqichi, harakatga turtki beruvchi omil 
hisoblanadi. Mo‘ljal D.N.Uznadze fikricha, bir tomondan, vaziyat bilan, 
boshqa tomondan esa – ehtiyoj bilan uzviy bog‘liq[1]. Bu qoida mo‘ljalni 
vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan tashqi omillarni va shaxs eqtiyojlari bilan 
belgilanadigan ichki omillarni belgilovchi oraliq o‘zgaruvchi sifatida 
tushunishga asoslanadi. Mo‘ljal inson xulq-atvori va ongining motivasion 
mexanizmlaridan o‘rin olganining sababi shu bilan belgilanadiki, 
birinchidan, u faoliyatni muayyan ob’yektga yo‘naltirish uchun xizmat 
qiladi, ikkinchidan, ehtiyojlar va motivlarning nisbatan barqaror shaklini 
ta’minlaydi. G.G.Diligenskiy fikriga ko‘ra, mo‘ljallar tufayli subyekt 
ehtiyojlari va ularni qondirish usullari nimadan iborat ekanligini muntazam 
ravishda aniqlashiga hojat qolmaydi: ular mo‘ljallarda qayd etilgan 
bo‘ladi[2]. 
Ijtimoiy faoliyatda mo‘ljal inson yoki guruh xulq-atvorini tartibga 
soluvchi omil hisoblanadi. U hokimiyatga, davlatga nisbatan shaxsning 
ijobiy yoki salbiy munosabatini shakllantiradi. Odatda tadqiqotchilarni va 
ularning buyurtmachilarini aniq mo‘ljallar, chunonchi: siyosiy tizimga, 
umuman tuzumga, muayyan siyosiy institutlarga, siyosiy liderlarga va hatto 
u yoki bu siyosiy qarorlar yoki ijtimoiy voqealarga mo‘ljallar qiziqtiradi. 
Agar siyosatshunos aholi u yoki bu guruhining, aytaylik, saylovdagi 
ehtimol tutilgan harakatlarini tasavvur qilishi lozim bo‘lsa, u mazkur saylov 
arafasida tegishli ijtimoiy mo‘ljallarni o‘rganadi. Bunday taomil zamirida 
har qanday siyosiy harakat insonda unga nisbatan muayyan (ijobiy yoki 
salbiy) mo‘ljal vujudga kelgan taqdirdagina yuz berishi mumkin, degan faraz 
yotadi. 
Falsafiy tadqiqotlarda mo‘ljal tuzilishida uch element: kognitiv
emosional va xulq-atvorga oid elementlarni farqlash odat tusini olgan. Bu 
elementlarning har biri “subyekt faolligini tartibga soluvchi nisbatan 
mustaqil kichik tizimlarni” tashkil etadi. 
Mo‘ljalning kognitiv elementi shaxsda dastlabki bilimlar, ijtimoiy 
hayotga, siyosatga qiziqish mavjudligini nazarda tutadi. Mazkur 
elementning mavjudligi shaxs o‘zi biladigan uning e’tibori qaratilgan 
Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling