Ikkinchi qism toshkent – 2023
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar. shaxs
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Abdurahimova F.Yu. Mahallada qizlarni sog‘lom turmush tarzi asosida oilaga tayyorlashning pedagogik asoslari: Ped. fan. nom. ... dis. avtoreferati: 13.00.01. – T.: O‘zPFITI, 2007. – 23 b. 2. Akramova F.A., Abdullayeva R.M. “Sharq mutafakkirlarining oila xususidagi qarashlari”, Risola. T,. Respublika “Oila” ilmiy markazi. 2002, 28 b. 3. Akramova F.A., Abdullayeva R.M. “Oilaviy hayotga doir tavsiyalar”. Risola. T,. Respublika “Oila” ilmiy markazi. 2002, 40 b 4. Arapbayeva D.K. Sharq olimlarining oila va ayollar xususida qarashlari. O‘zbekistonda amaliy psixologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari.1-tom. 27 sentyabr 2008. Toshkent.: 2008.212 b.B.36-38. SHAXS IJTIMOIY QARASHLARINING SHAKLLANISHI JARAYONIDA IJTIMOIY MENTALITET VA TARBIYA MUTANOSIBLIGI Mahsudjonov Otabek Zokirjon o‘g‘li Namagan davlat chet tillari instituti tuzulmasidagi Is’hoqxon Ibrat qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi direktori Annotasiya. Maqolada ijtimoiy ongning murakkab elementlarini o‘rganish va ular shaxsiy va guruhiy darajalarda qaysi qonuniyatlarga muvofiq amal qilishi haqida tasavvur hosil qilish uchun ularning tuzilishini ko‘rib chiqilgan. Falsafa fanida bo‘lganidek, siyosat falsafasida ham ongni tahlil qilishda elementlarning ikki guruhini – motivasiya va bilish bilan bog‘liq elementlarni farqlash odat tusini olgan. Kalit so‘zlar. shaxs, mentalitet, ijtimoiy faoliyat, xulq-atvor, ijtimoiy ong. 30 Ijtimoiy ongning motivasiya bilan bog‘liq elementlarini ularning biri – mo‘ljal misolida ko‘rib chiqamiz. Mo‘ljal subyektning o‘ziga xos holati bo‘lib, u subyektning muayyan vaziyatdagi muayyan ehtiyojni qondirishga qaratilgan harakatni bajarishga tayyorligini tavsiflaydi. Mo‘ljal harakatdan oldin keladi va uning dastlabki bosqichi, harakatga turtki beruvchi omil hisoblanadi. Mo‘ljal D.N.Uznadze fikricha, bir tomondan, vaziyat bilan, boshqa tomondan esa – ehtiyoj bilan uzviy bog‘liq[1]. Bu qoida mo‘ljalni vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan tashqi omillarni va shaxs eqtiyojlari bilan belgilanadigan ichki omillarni belgilovchi oraliq o‘zgaruvchi sifatida tushunishga asoslanadi. Mo‘ljal inson xulq-atvori va ongining motivasion mexanizmlaridan o‘rin olganining sababi shu bilan belgilanadiki, birinchidan, u faoliyatni muayyan ob’yektga yo‘naltirish uchun xizmat qiladi, ikkinchidan, ehtiyojlar va motivlarning nisbatan barqaror shaklini ta’minlaydi. G.G.Diligenskiy fikriga ko‘ra, mo‘ljallar tufayli subyekt ehtiyojlari va ularni qondirish usullari nimadan iborat ekanligini muntazam ravishda aniqlashiga hojat qolmaydi: ular mo‘ljallarda qayd etilgan bo‘ladi[2]. Ijtimoiy faoliyatda mo‘ljal inson yoki guruh xulq-atvorini tartibga soluvchi omil hisoblanadi. U hokimiyatga, davlatga nisbatan shaxsning ijobiy yoki salbiy munosabatini shakllantiradi. Odatda tadqiqotchilarni va ularning buyurtmachilarini aniq mo‘ljallar, chunonchi: siyosiy tizimga, umuman tuzumga, muayyan siyosiy institutlarga, siyosiy liderlarga va hatto u yoki bu siyosiy qarorlar yoki ijtimoiy voqealarga mo‘ljallar qiziqtiradi. Agar siyosatshunos aholi u yoki bu guruhining, aytaylik, saylovdagi ehtimol tutilgan harakatlarini tasavvur qilishi lozim bo‘lsa, u mazkur saylov arafasida tegishli ijtimoiy mo‘ljallarni o‘rganadi. Bunday taomil zamirida har qanday siyosiy harakat insonda unga nisbatan muayyan (ijobiy yoki salbiy) mo‘ljal vujudga kelgan taqdirdagina yuz berishi mumkin, degan faraz yotadi. Falsafiy tadqiqotlarda mo‘ljal tuzilishida uch element: kognitiv, emosional va xulq-atvorga oid elementlarni farqlash odat tusini olgan. Bu elementlarning har biri “subyekt faolligini tartibga soluvchi nisbatan mustaqil kichik tizimlarni” tashkil etadi. Mo‘ljalning kognitiv elementi shaxsda dastlabki bilimlar, ijtimoiy hayotga, siyosatga qiziqish mavjudligini nazarda tutadi. Mazkur elementning mavjudligi shaxs o‘zi biladigan uning e’tibori qaratilgan Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling