Ikkinchi qism toshkent – 2023


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
 
1. Alisher N a v o i y. Mukammal asarlar to‘plami. 20 tomlik. T. 7. – 
Toshkent: Fan, 1991. 
2. Alisher N a v o i y. Mukammal asarlar to‘plami. 20 tomlik. T. 11. – 
Toshkent: Fan, 1993. 
3. Alisher N a v o i y. Mukammal asarlar to‘plami. 20 tomlik. T. 12. – 
Toshkent: Fan, 1996. 
4. Alisher N a v o i y. Mukammal asarlar to‘plami. 20 tomlik. T. 17. – 
Toshkent: Fan, 2001. 
5. O l i m S. Naqshband va Navoiy. – Toshkent: O‘qituvchi, 1996. 
 


20 
ZAMONAVIY OLIY TA’LIMDA FALASAFA FANINI
O‘QITISHNING DOLZARBLIGI VA ZARURATI 
 
Samatov Dilshodbek Toxirjonovich 
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
 
Annotatsiya: Mazkur maqolada bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida 
falsafa fanining dolzarbligi hamda uning zarurati haqida fikr yurutilgan. Shu 
bilan bir qatorda falsafa fanini o‘qitishdagi mavjud muammolar va pedagog 
duch keladigan eng xarakterli shart-sharoitlar, falsafa shakllanganidan buyon 
to hozirgacha uning asliy predmeti, o‘rganuvchilarning tabiati, o‘rganishning 
tashkillash shakllari hamda tinimsiz va katta o‘zgarishlar sodir bo‘lganligi 
ko‘rsatib o‘tilgan. 
Kalit so‘zlar: renesans, yangilanayotgan O‘zbekiston, ta’lim va tarbiya, glo-
ballashuv, falsafa, ta’lim texnologiyalari, pedagog, kontsepsiya, prognozlashtirish.
Globallashuv jarayonlari kechayotgan hozirga vaqtda jahon miqyosida 
oliy ta’lim tizimi jamiyat taraqqiyotining eng oldingi muhim yo‘nalishi 
xisoblanmoqda. Bu esa o‘z o‘rnida oliy ta’lim tizimi masalasiga bo‘lgan 
e’tiborni yanada kuchaytirib, uni rivojlantirishning turli yo‘llarini kashf 
etmoqda. Chunki XXI asrga kelib bitiruvchilarga bo‘lgan talabning ortib 
borishi, ulardan talab qilinadigan bilim va ko‘nikmalarning ko‘payishi 
natijasida oliy ta’lim muassasalarining amaldagi qadriyat va an’analari 
o‘zgarib bormoqda. Bu kabi ijtimoiy o‘zgarishlar jarayonining asosiy 
yo‘nalishlarini aniqlash va mavjud muammolarni hal qilish uchun esa 
ma’lum bir ilmiy tadqiqotlar zaruratga aylanmoqda. [2] 
Mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish va yuksaltirish 
bo‘yicha asosiy islohotlar oxirgi olti yil ichida boshlandi. Oliy ta’lim tizimiga 
davlat iqtisodiyotining asosiy boshlovchisi sifatida qarash, buning uchun 
esa tizimni jahondagi eng ilg‘or oliy ta’lim muassasalari namunasidan kelib 
chiqib rivojlantirish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilandi. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev ta’kidlab o‘tganlaridek: “Najot – 
ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsad-
larga bilim va tarbiya tufayli erishiladi”. [1] 
Har tomonlama yangilanayotgan respublikamizda oliy ta’lim tizimini 
isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak 
ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali 
kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy 
ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga 


21 
asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish 
maqsadida bakalavriat bosqichining barcha yo‘nalishlarida falsafa fanini 
o‘qitish g‘oyatda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Falsafa fani bakalavriat yo‘nalishlarining o‘quv rejasida o‘qitilgan fanlar 
mazmuniga asoslangan holda tuziladi. Fan dasturida falsafaning rivojlanish 
tarixi, borliqning o‘zaro aloqadorligi va rivojlanish qonun va kategoriyalari, 
ontologik, substantsional, munosabatdosh kategoriyalarning o‘ziga xos 
xususiyatlari, tabiat va inson borlig‘i, fan taraqqiyotining asosiy bosqichlari, 
metod, metodologiya metodika tushunchalari, asosiy evristik tamoyillar, 
global muammolar va globallik mezonlari, prognozlashtirish masalalari, 
tushunish va tushuntirishning o‘zaro mutanosibligi, haqiqat va amaliyot 
biriligi, bilim turlari va shakllari, axborot ma’lumot bilim tushunchalarining 
o‘zaro aloqasi va farqi, axborot texnologiyalari va axborotlashgan jamiyat 
nazariyasi, tarix falsafasi, axloq nazariyasi va olamni estetik idrok etish, kabi 
masalalar qamrab olinishi zarur [3]. Fanning asosiy vazifasi - talabalarning 
borlik tushunchasining ma’nosi sof borlik g‘oyasi, borlik va yo‘qlik 
dialektikasi, falsafa tarixida borlikka munosabat, energiya va energetizm, 
informatsion energetik axborot almashinuvi, tabiat borlig‘i, inson borlig‘i, 
ma’naviy borlik virtual borlik, qonun va kategoriyalarni, munosabatdosh 
kategoriyalarning tasnifi, bilish, darajalari va turlari, xaqiqatning kogerent 
pragmatik va korrespondent, kontseptsiyalarini, ilmiy inkiloblarning asosiy 
davrlarini, dunyoning ilmiy manzarasini hamda ilg‘or pedagogik 
texnologiyalardan foydalangan holda bilimlarini oshirish va ko‘nikma hosil 
qilishdan iboratdir. 
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida falsafa fanini o‘qitishda 
pedagog duch keladigan eng xarakterli shart-sharoit shundaki, falsafa 
shakllanganidan buyon to hozirgacha uning asliy predmetida ham, uni 
o‘rganuvchilarning tabiatida ham, uni o‘rganishning tashkillash shakllarida 
ham tinimsiz va katta o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Eng oxirgi o‘zgarish 
yurtimizda uchinchi renesans poydevori qo‘yilishi munosabati bilan 
dogmalashgan va biryoqlama falsafaning inkor etilishi va uning o‘rniga o‘z 
milliy falsafamizni shakllantirish masalasining ko‘ndalang bo‘lishi 
munosabati bilan amalga oshmoqda. Vaholanki, bunga qadar ham 
falsafaning predmetida umumjahon miqyosida ikki juda yirik o‘zgarish sodir 
bo‘lgan [5]. Ulardan birinchisi falsafaning ratsionallashuvi va 
differentsiallashuvi tufayli uning fanga aylanishi va keyinchalik pozitivizm 
oqimi tomonidan keraksiz ekanining ko‘rsatilishi bo‘lgan edi. Ikkinchisi, XX 
asrning o‘rtalariga kelib G‘arb tafakkurida asl falsafaning, yaʼni, platoncha 


22 
irratsional-ezoterik yoki sharqona mistik falsafaning nimaligini qayta kashf 
etilishi, ratsionalistik klassik falsafadan noklassik falsafaga – 
neometafizikaga o‘tishning sodir bo‘lishi bo‘ldi [4]. 
Mamlakatimizda yangi davrga qadam qo‘yilishiga qadar esa bizda 
ratsionalistik falsafaning ham faqatgina bir shakli mutloq haqiqat sifatida 
o‘qitib kelingan edi [8]. O‘qitish uslublari va uni tashkillash shakllari ham 
shunga moslashgan edi. Demak, endilikda biz avtokratiya sharoitida juda 
cheklab qo‘yilgan o‘z falsafiy tafakkurimizni, bir tomondan, o‘tmish 
mafkurasi tomonidan unuttirilgan, siqib chiqarilgan o‘z o‘tmish milliy 
falsafamiz mazmunini eslab olishga va uni zamonamizga muvofiqlashtirgan 
holda qayta tiklash va rivojlantirishga, ikkinchi tomondan, yuqorida qayd 
etilgan jahon falsafiy madaniyatida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni chuqur 
tahliliy va tanqidiy o‘rganib chiqib, ularni o‘z dunyoqarashimizni 
kengaytirishga jalb etishimiz, uchinchi tomondan, shu yuqoridagilar asosida 
o‘z yangi milliy falsafamiz asoslarini ishlab chiqishga, to‘rtinchi tomondan, 
shu jarayonlar bilan barobar falsafani o‘qitish ishlarini olib borishga 
qaratishimiz kerak. Yana boz ustiga bizni tinglovchi auditoriya qadimgi 
falsafani o‘rgatishdagi kabi hikmatni sevgani uchun asl elitar falsafani 
bilishga qiziqadiganlardan emas, aksincha, totalitar sotsializm mafkurasi 
davridagi safsatabozliklar tufayli obro‘sizlangan falsafa qiyofasini esda 
saqlab turganlarni farzandlari ekanini ham hisobga olishimiz joiz. Aniqroq 
qilib aytganda ayganda, totalitar sotsializm falsafasi shakllanib bo‘lgan, 
tayyor va inkor etish mumkin bo‘lmagan mutloq to‘g‘ri ilmiy taʼlimot 
sifatida o‘qitib kelingan edi [6]. Hozirgi davrda (bir asrdan buyon) g‘arbda 
qayta tiklanayotgan asl maʼnodagi falsafa, yaʼni neometafizika esa aslida 
xoslar madaniyati, elitar bilimga qaytishni taqozo etmoqda. Yaʼni falsafani 
o‘rganish u olis davrlarda “hos insonlar bilan hos tilda so‘zlashmoq”ni 
bildirgan va uni jiddiy o‘rganish, bir tomondan, davlatni boshqarish 
amaliyoti uchun jiddiy zarurat bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan uni 
o‘rganish hayotining maʼnosini tushunish, barkamol inson bo‘lish vositasi 
bo‘lib kelgan edi [7]. Endilikda esa biz falsafani o‘z milliy falsafamizning 
mashaqqatli shakllanishi, tug‘ilishi jarayonida o‘qitmoqdamiz.illiy falsafiy 
qadriyatlari bilan, ham jahon falsafasi mazmunida sodir bo‘lgan yirik 
o‘zgarishlar bilan, ham shakllanaboshlagan yangi falsafaning o‘z asosiy 
mavzulari bilan, ham milliy g‘oyamiz-mafkuramiz mazmuni Bilan chuqur 
tanishtirishga ulgurish yo‘llarini izlashimiz kerak. 
Xulosa qilib aytganda o‘quv jarayonida falsafiy ma’ruzalarning asosiy 
vazifalari falsafiy ta’limot bajaradigan barcha vazifalarni o‘z talablariga 


23 
yetkazishdan iborat. Buning amalda qanday namoyon bo‘lishini tasavvur 
etmoq uchun falsafaning barcha vazifalariga konkret to‘xtalmoq kerak. 
Avvolo, falsafa dunyoqarash vazifasini bajaradi. Demak, falsafa avvalo 
dunyo nima, inson nima, inson va dunyo, insoniyat bilan dunyo orasida 
qanday munosabatlar bo‘lishi mumkin va lozim kabi masalalarni yoritadi va 
tegishli savollarga o‘z munosabatini bildirib, talabalar munosabatini ham 
aniqlaydi, ularni nazariy va amaliy jixatdan sog‘lom va to‘g‘ri yo‘nalishga 
solishga intiladi. Ikkinchidan, falsafa ontologik vazifani bajarishini uqtirib 
berar ekan, o‘qituvchi “Borliq nima”, “yo‘qlik nima”, “inson, tabiat, jamiyat 
borlig‘ining ma’nosi nimada”, “Moddiy va ma’naviy borliq nima, ular o‘zaro 
qanday bog‘langan va qanday rivojlanadi” kabi masalalarni yoritar ekan, 
talaba ongida mazkur vazifani izchil amalga oshuviga intiladi, Buning uchun 
ustozning o‘zida mazkur masalalarda pishiq-puxta bilim bo‘lishi kerak. 
Uchinchidan, falsafaning gnoseologik vazifasi ochib beriladi. Bunda 
“Bilish nima, uning qanday bosqichlari, shakllari, vositalari bor”, “Haqiqat 
nima”, “Ilmiy bilim nima”, “Ratsional bilim nima”, “Intuitiv bilim nima” 
kabi masalalari yoritib bera olinsa, falsafaning ushbu vazifasi amalga 
oshirilgan deb hisoblanishi mumkin. To‘rtinchidan, darslarda falsafa 
mafkuraviy vazifani bajarishini doimo esda tutish zarur. Zero falsafa siyosiy 
amaliyot bilan ayni shu vazifasi vositasida bog‘lanadi. Ya’ni mafkura siyosiy 
amaliyotning nazariy asosi, uning teran tafakkuridir. Shu ma’noda bizda 
shakllanadigan yangicha falsafiy dunyoqarashning mazkur funksiyasi bilan 
totalitar sotsializm mafkurasi orasida keskin farq bo‘lishi tabiiy. Zero 
totalitar sotsializm mafkurasi aslida mafkura emas edi, to‘g‘rirog‘i avvalgi 
davrida shunday vazifani bajargan esada, keyinchalik faqat siyosatning 
«soyasi» ga, uning madxiyaboziga aylanib, aynib ketgan edi. Bugungi kun 
mafkurasidan esa siyosiy amaliyotning fikriy negizi bo‘lish talab 
qilinmoqdaki, ushbu talab mafkuraning asl vazifasiga muvofiqdir. Ushbu 
vazifaning amal qilishini yo‘lga qo‘ymoq falsafani siyosiy amaliyot bilan 
bevosita bog‘lanishini xamisha ko‘rsatib turishni nazarda tutadi. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling