Ikkinchi qism toshkent – 2023


 Fizik asboblardan amaliyotda foydalana olish


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

3. Fizik asboblardan amaliyotda foydalana olish 
“Suyuqlik va uning xossalari” mavzusida suyuqlik temperaturasi 
moddaning issiqlik holatini aniqlaydigan fizik kattalik ekanligi, birligi, 
ularning shkalalari haqida hamda temperaturani qanday asboblar 
yordamida o‘lchanishi haqida bilim beriladi. Mavzu oxirida amaliy topshiriq 
ekskavator va kranlarning ishlashida, binolarni isitishda suyuqliklarning 
o‘rni va ahamiyati haqida ma’lumot beriladi. Termometr, barometr, 
manometrlar shkalalari, o‘lchov kattaliklari va ularning turlari bilish hamda 
fizik bilimlarni amaliyotda qo‘llash orqali ushbu kompetensiya shakllanadi. 
9-rasm. Fizik asboblardan amaliyotda foydalana olish 
Albatta, kompetentlikka yo‘naltirilgan topshiriqlarni tuzish o‘qituvchi 
tomonidan katta mehnatni talab qiladi. Kartochkalar tayyorlash, matnlarni 
yozish va uni ko‘paytirish, topshiriqlarning bajarilganini tekshirish
hikoyalarni o‘qib chiqish kabi ishlar ko‘p vaqtni va qog‘ozni talab qiladi. 
Lekin, bir marta tayyorlangan materiallarni keyingi yillarda boyitgan holda 
ishlatish mumkin bo‘lishi, talabalarda kompetensiyalarning shakllanishi, 
ularning fanga qiziqishining ortishi o‘qituvchi mehnatini taqdirlaydi. 
Fizika fani bo‘limlarini oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishni samarali tashkil 
qilish uchun, avvalambor, o‘qitish jarayonini oldindan rejalashtirib olish 
lozim. Buning uchun oliy o‘quv yurtlarida “Fizika fani bo‘limi nima uchun 


14 
o‘qitiladi?”, “unda nima o‘rganiladi?”, “qanday o‘qitish kerak?”, “nima 
yordamida o‘qitish kerak?” degan savollarning kun tartibiga qo‘yilishi yangi 
kompitentlikka erishish uchun maqsadga muvofiq bo‘ladi. Fizika fani 
bo‘limida har bir darsni rejalashtirish va dars ishlanmalarini tuzib chiqishda 
o‘qitish maqsadlarini oldindan aniq belgilab olish asosiy o‘rin tutadi. 
Xulosa. maqsad oldindan belgilangan natijaga erishish mahsuli bo‘lib, u 
ta’lim jarayonida uning sub’ektlari (o‘qituvchi va talaba)ning birgalikdagi 
faoliyati yakunida rejalashtirilgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash-
larining oldindan kafolatlanishidir talabaning mustaqil bilim egallay olishi
anglashi, rivojlanishi yo‘lida doimiy yordam ko‘rsatish va uni shunga ishontirish;
Prezidentimiz tomonidan oliy o‘quv yurtlarida ta’lim jarayonini 
zamonaviylashtirish sohasida olib borilayotgan sa’y-harakatlarga muvofiq 
har bir fanni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni kommu-
nikativ yondashuv asosida dars mashg‘ulotiga tatbiq qilishning asosiy yo‘li 
ta’lim samaradorligini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan eskicha o‘qitish 
tizimidan voz kechishdan iboratdir. 
Shundan kelib chiqib, oliy o‘quv yurtlarida fizika fani bo‘limiga oid har 
bir dars mashg‘ulotlarining loyihalarini kommunikativ yondashuv sohasida 
pedagogik texnologiya tamoyillari asosida ishlab chiqish va ta’lim 
jarayoniga joriy qilish bugungi kunning talabidir. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling