Ikkinchi qism toshkent – 2023
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
- Bu sahifa navigatsiya:
- TA’LIM TEXNOLOGIYASINING INNOVATSION MODELI – TA’LIMDA YUQORI SAMARADORLIK GAROVIDIR O‘.N. Sultonova
- Kalit so‘zlar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. 1-жилд. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017. – 504-505-бет. 2. Миллий ғоя тарғиботи ва маънавий-маърифий ишлар самарадор- лигини ошириш тўғрисида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПҚ-451 Қарори. 25.08.2006. // Халқ сўзи.- Тошкент, 2006. - № 94 Б.1-2. 3. Кудрявцев Ю.М. Основные принципы и закономерности функцио- нирования и развития воспитательной системы высшего учебного заведения. / Ю.М.Кудрявцев, О.Ю.Макарова // Вестн. КНИТУ, 2012, № 8. - С. 451–458. 8 TA’LIM TEXNOLOGIYASINING INNOVATSION MODELI – TA’LIMDA YUQORI SAMARADORLIK GAROVIDIR O‘.N. Sultonova, Termiz muhandislik-texnologiya instituti Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri, prof., DSc Annotatsiya. Ushbu maqolada ta’lim texnologiyasining innovatsion modelini takomillashtirishda dars mashg‘ulotlarini tashkil etilishida foydalaniladigan metodlar yoritib berilgan. Talabalarda shakllantirish ko‘zda tutilayotgan kompetensiyalar, vazifa va uning mohiyatining muhimligi hamda hozirgi davrda, kompetensiyaviy yondashuv umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim jarayonida talabalar o‘zlarining shaxsiy, ijtimoiy va kasbiy hayotlarida samarali foydalanishlari uchun zaruriy bilim, ko‘nikma va malakaga yega bo‘lishi mumkin ekanligi dolzarb mavzu muammo sifatida yoritilgan. Kalit so‘zlar. Tayanch, kompetensiya, loyihalash, metodlar. talabalar, suyuqlik, fizik, shakllantirish, muammo, ta’lim. Kirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 mart PQ- 5032-son qarorida “fizika sohasida ta’lim sifatini oshirish, chuqurlashtirib o‘qitish va innavatsion yutuqlarni amaliyotga joriy qilinishining samarali mexanizmini yaratish” kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Bu esa fizika fanini o‘qitish metodi mazmunini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirilishini talab etadi Shu.sababli ilmiy ,ta’lim- tarbiya ,ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish muammosining yechimini topishda ushbu maqola xizmat qiladi deb o‘ylayman. Ta’lim texnologiyasining innovatsion modeli quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: • o‘qitish maqsadlarini aniq ifodalash; • nazariy va amaliy materialni tanlash hamda uni o‘quvchilarga yetkazishning yo‘llarini aniqlash; • mavzuning tayanch tushuncha va iboralarini ajratish; • o‘qishga qiziqtirishga yo‘naltirilgan usul va texnologiyalarni belgilash; • o‘quv jarayonini yakka va jamoa holda tashkil etish; • o‘quv mashg‘ulotlari rejasini tuzib chiqish, unga asoslangan holda o‘quv faoliyatidan oldindan kutilayotgan natijalarni aniqlash; • kutilayotgan natijalarga erishish uchun zarur bo‘lgan o‘qituvchi vazifalarni belgilashdir. 9 O‘quv faoliyatida oldindan kutilayotgan natijalar – bu o‘qitish natijasida talaba egallashi va u tomonidan bajarilishi zarur harakatlar bo‘lib, bu harakatlar orqali o‘qituvchi talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarni dars mashg‘ulotida qo‘yilgan o‘quv maqsadiga mos ekanligini bilish va haqqoniy xulosalash (baholash) imkoniga ega bo‘ladi. Bunda: talabaning dastlabki bilimlari aniqlanadi. Pedagogik texnologiya g‘oyasi – qo‘yilgan modul maqsadidan kelib chiqib kafolatlangan natijaga ta’lim sub’ektlari birgalikda intilishlari uchun ularning tanlagan interaktiv metodlari dars mashg‘ulotini ijobiy natijaga olib keladi. Yangi zamonaviy metodlar – ta’lim oluvchilarining birgalikda fikrlashidir, o‘qituvchining talabaga ta’sir qilish usuli dars mashg‘ulotini olib borishning asosiy qismi bo‘ladi. Interaktiv metodlar ta’lim sub’ektlari (o‘qituvchi va talaba)ning birlashgan xatti-harakatida namoyon bo‘ladi . Rivojlantiruvchi ta’lim to‘g‘risida G.V.Repkina, Ye.V.Zayka kabi pedagog va psixologlar ta’limni rivojlantirish uchun shunday shart sharoitlar yaratish lozimki, unda talaba o‘quv jarayoniga intilsin, bu esa talabani ijobiy tomonga o‘zgarishga muxit yaratadi va o‘ziga ehtiyoji majburiyat sezadi. Talaba uchun bilimini boyitib borish uning ehtiyojiga aylanadi, u endi majburiy ravishda emas, kelajak uchun bilim kerakligini, o‘z istagi bilan o‘rgana boshlaydi.Talabalarning maxsus tayyorgarligini ko‘rish uchun testlar o‘tkaziladi. Testlar psixiologik tahlilning zamonaviy usuli bo‘lib ko‘p mexnatni talab qilmaydi. Fizika o‘qituvchisi ham o‘zining psixiologik testlarini o‘tkazib berish maqsadga muvofiqdir. Jumladan: «O‘quv faoliyatdagi intilish», «Muvaffaqqiyatga erishish», «Sen kim», «Sen qandaysan», «O‘zingni angla», «O‘zingga baho ber» kabi testlar talabaning tafakkuri fikrlarini aniqlaydigan eng ustuvor yo‘nalishdir deyiladi. M: Taqqoslash testlari. «Sen o‘z fikrning ilmiy g‘oya innovatsiyalarini bayon qila olasanmi» kabi testlar. Buning natijasida talaba o‘ziga nima o‘zgarish bo‘layotganini sezadi. Talabani barcha ruhiy holatlari o‘zgaradi. M: His qilish, qabul qilish, diqqatni jamlash, xotirani kuchaytirish, taasurot va fikrlash jarayonini ijobiy tomonga o‘zgarishga sabab bo‘ladi. Oliy o‘quv yurtlarida “Molekular fizika va termodinamika asoslari bobidagi suyuqlik va uning xossalarini talabalarga yetkazishda dastlab ularning darslarga bo‘lgan o‘quv motivatsiyasini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kundagi ta’limga qo‘yilayotgan asosiy talablardan biri ham talabalarga ular olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish ko‘nikmasini shakllantirish zaruratini keltirib chiqaradi. Aynan mana shu omillardan biri – talabalarning o‘qishga bo‘lgan 10 motivatsiyasini uyg‘otishdir. Bugungi axborot asridagi talaba, kechagidan o‘zining qo‘yayotgan talablari, dunyoqarashi, yangilikka bo‘lgan ehtiyojning yuqoriligi bilan keskin farq qiladi. Zero, bu davr o‘ziga yarasha zaruriy zamonaviy talablarni, ya’ni, barcha sohalarda raqobatbardoshlikni taqozo etadi. Raqobatbardosh komil inson tarbiyasi esa Davlat tomonidan qo‘yilayotgan standart talablaridir. Ta’limga kompetensiyaviy yondashuv, talabalarda o‘qishga, u yoki bu fanga qiziqishlari, istaklarini, ya’ni, motivatsiyasini uyg‘otish orqali amalga oshiriladi. Fizika fanidan “Suyuqlik va uning xossalari” mavzusida talabalarning kompetensiyalarini shakllantirishda dars mavzusiga oid muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali talabalarda motivatsiyani uyg‘otishga harakat qilamiz. 1. Stakanning qaysi biridagi suv sho‘rroq? 2. Muz, ayniqsa qor parchalari yorug‘lik nurlarini juda kuchli sindiradi. Agar nurni kamroq sindirsa, tabiatda qanday holatlar yuz beradi?“ Suyuqlik va uning xossalari‘‘ mavzusida talabalarning suyuqliklarning asosiy xossalari, 1. Stakanning qaysi birida suv sho‘rroq? 2. Muz, ayniqsa qor parchalari yorug‘lik nurlarini juda kuchli sindiradi. Agar nurni kamroq sindirsa, tabiatda qanday holatlar yuz beradi? fizikaviy va kimyoviy xususiyatlarini eshitish, gapirish orqali o‘z fikrini og‘zaki aniq va tushunarli bayon qila olishlari, suvning tabiatdagi va inson organizmidagi ahamiyati, kimyoviy formulalarini yozish orqali ularning yozma nutqi shakllanadi, fizik hodisalarning fanlar bilan aloqadorligini, mavzuga oid fizik terminlarning boshqa tillarda nomlanishini bilishi va o‘z bilimiga asoslangan holda boshqalar fikrini hurmat qilgan holda qat’iy fikrga ega bo‘lish, turli muammoli vaziyatlarda, o‘z bilim va ko‘nikma- lariga tayangan holda har bir fizik hodisa, tushuncha va qonuniyatlar aso- sida qaror qabul qila olishi orqali talabada ushbu kompetensiya shakllanadi. 11 Rasmda suyuqlikning qanday xususiyatlari namoyon etilganini so‘zlab bering? Berilgan fanlardan qaysi biri berilgan rasmdagi suyuqlik xossasini tavsiflaydi Masalan, “Suyuqlik va uning xossalari” mavzusini o‘rganishda suyuqlik haqidagi manbalarni topish, tanlash va undan samarali foydalanish, suyuqlik xossalari, xususan, suvning inson hayotidagi ahamiyati, kundalik turmushdagi qo‘llanilishini tahlil qilish orqali mazkur kompetensiya shakllantiriladi. Masalan, “Tabiatda suvchalik sirli suyuqlik mavjud emas. Uning faqat o‘ziga tegishli xususiyatlari mavjud. • Suv ulkan xotiraga ega bo‘lib, u axborotlarni to‘qima va tana bo‘ylab uzata oladi. • Yer yuzasining qariyb 75% suv bilan qoplangan. Issiqlik sig‘imining yuqoriligi tufayli suv quyoshdan kelayotgan issiqlik energiyasining katta qismini yutib qoladi va ortiqcha qizib ketishdan saqlaydi” kabi ma’lumotlar beriladi hamda talabalarga yangi axborotlarni eslash va izlab topish vazifasi beriladi. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling