Ikkinchi qism toshkent – 2023
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
Sh.Mirziyoyev.
Har bir xalqning milliy qadriyatlarini uning tarixi, ma’naviyati, madaniyati, o‘ziga xos urf-odatlari, an’analarisiz tasavvur qilish qiyin. “Qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsallariga xizmat qiladigan va ular tomonidan baholanib, qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’mat’ari, hodisalari majmuini tushunmog‘imiz lozim” [1]. Inson paydo bo‘lishi bilan uning tili, urf-odatlari, an’analari, dini, madaniyati, ezgulikni ifodalovchi axloqiy fazilatlari vujudga kela boshlagan. Ularning mazmunida xalqning hayot tarzi, ruhiyati, ma’naviyati, turmush tarzi, o‘y-xayollari aks etgan. Qadriyat atamasi arabcha “qadr” so‘zidan olingan bo‘lib, qimmatli, foydali degan ma’noni anglatadi. Qadriyat – bu tabiiy va ijtimoiy hayotda namoyon bo‘ladigan shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojni qondirishga xizmat qiladigan moddiy-madaniy, ma’naviy omillar yig‘in- disidir. Jamiyatga va o‘ziga foyda keltiruvchi shaxs bo‘lib yetishishda muhim omil – bilim egallashdir. Bilimsizlik – kishilarni nodonlikka olib keladi. Yoshlarimizning ma’naviy tarbiyasida doimo og‘oh va sergak bo‘lish, hamda milliy kadriyatlarimizni ularning ongiga singdirish bizning burchimizdir. Barchamizga ayonki, kuy – qoshiqqa, san’atga muhabbat, musiqa madaniyati xalqimizda bolalikdan boshlab, oila sharoitida shakllanadi. Musiqiy cholg‘ular xalqimizda qadim-qadimdan merosdir. Ular ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, har biri o‘ziga xosdir. Musiqiy cholg‘ularning kelib chiqishini o‘rganishda O‘rta va Yaqin Sharq musiqiy olami mifologiyasiga tegishli totemizmga e’tibor qaratish joiz. Totemizm iptidoiy jamoa tizimining qadimgi davrida, matriarxat hukmronligida yuzaga kelgan bo‘lib, uning ilk tasavvurlari farishtalar, devu - jinlar, hayvonlar va o‘simliklar bilan bog‘liq bo‘lgan. Ushbu davrga oid 37 afsonalarda rivoyat qilinishicha, kunlardan bir kun, bir olim yo‘lda ketayotib, dam olish uchun bir dataxt tagiga o‘tiribdi. U shoxdan- shohga sakrab yurgan maymunni ko‘ribdi. Birdan maymun o‘tkir shoxga ilinib, qorni yorilib ketibdi va ichaklari ikkita shox orasiga tortilib qolibdi. Biroz vaqt o‘tgach, bu ichaklar quribdi, shamol esib, undan yurakni maftun etuvchi tovush taralibdi. Olim bu ichaklarni olib, qiyshiq taxtaga tortib qo‘ygan ekan, undan yana ham go‘zal tovushlar taralibdi. So‘ngra u bir necha tor yasab, taxta ostiga qovoq o‘rnatibdi. Va natijada musiqiy cholg‘u asbobi paydo bo‘libdi. Bundan keyin olimlar bu asbobni qonun va rebab cholg‘ulari yasalgunga qadar turlicha takomillashtirilgan [2]. Yana shunga o‘xshash rivoyatlardan birida hikoya qilinishida, tanbur, dutor, nay, g‘ijjak cholg‘ulari to‘rtta farishta, ya’ni elchi farishta Jabroil, olamni harakatlantiruvchi farishta Mikoil oxiratda karnay chaluvchi bo‘ron farishtasi Isrofil, Jon oluvchi farishta Azroillarning jonni Odam Ato tanasiga kiritishdagi sa’yi – harakatlari tufayli vujutga kelgandir. Sozanda va mehtarlik risolalarida qayd etilishicha, ular jannatdan “Dup”, ya’ni tut yog‘ochini olib chiqib cholg‘ularni yasagan ekanlar [3]. Yuqoridan ko‘rinib turibdiki, musiqiy cholg‘ularning kelib chiqishi qadim-qadim davrlarga borib taqaladi, ular insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlaridan o‘tib, takomillashib bordi va o‘rta asrlarga kelib ilk bora al- Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abdurahmon Jomiy, Darvishali Changiy singari mutaffakirlarning risolalarida ilmiy jihatdan o‘z ifodasini topdi. O‘rta asr olimlarining musiqiy cholg‘ularining yaratilishi, sozlarning texnologik tuzilishi va qo‘llanishi haqidagi ma’lumotlari nihoyatda qimmatli hisoblanib, cholg‘ularning kelib chiqishidan boshlab, to bugungi kunga qadar boshdan kechirgan taraqqiyotini kuzatish imkonini beradi. Umuman olganda, o‘rta asrlarga oid tarixiy materiallar musiqiy cholg‘ularning mavjudlik manzarasini to‘la qonli aks ettiradi. Bunda ilm ahli (Ibn Sino, Abdurahmon Jomiy, Darvishali Changiy) musiqiy cholg‘ularni nazariy tomonlama ta’riflagan bo‘lsa, adabiyot va san’at ahli (Navoiy, Firdavsiy, Bobur) esa ularning amaliy tadbiqi, hayotdagi o‘rnidan hikoya qiladi. O‘rta asrlarda yaratilgan tasviriy miniatyuralarda ko‘plab musiqiy cho‘g‘ular o‘z aksini topgan. Bunda qo‘lida soz tutgan cholg‘uchilar ansambllari keng o‘rin egallaydi. XV –XVII asr miniatyuralari va yozma manbalarini o‘rgana turib, musiqiy hayot, turli yig‘inlar va saroy qabullarida xilma-xil musiqiy cholg‘ularning aks etganini kuzatish mumkin. Bu davrga kelib, O‘rta Osiyo va Xurosonda cholg‘u ijrochiligi madaniyati yuksak 38 darajaga erishgan. Aksariyat hollarda musiqachilar oddiy hunarmandlar orasidan chiqqan bo‘lib musiqachilik kasbi ularga yuqori tabaqaga kirish uchun yo‘l ochib bergan. Natijada, ud, nay, g‘ijjak, tanbur va qonun ijrochiligida yuqori darajaga erishgan hunarmand yoshlar ziyoli insonlarning she’riy va musiqiy majlislarida qatnashish huquqini qo‘lga kiritganlar. Musiqani tushunish, uning xususida fikr yurita olish har qanday ma’rifatli inson uchun majburiy hisoblangan. Yoshlar cholg‘u ijrochiligi bobida kim o‘zarga harakat qilar edilar. Bu davr she’riyatini varaqlaganda turli xil musiqiy cholg‘ularning nomlarini uchratish mumkin. Bunda cholg‘ular yurakda ehtirosli muhabbat yoqa olish imkoniyatiga ega ekanligi aytiladiki, bu xususiyat o‘rta asrlarda nihoyatda qadrlangan. Alisher Navoiy o‘z zamonasining cholg‘ularini shunday tafsiflaydi: Nay – “dard o‘tiga yel beradi”; G‘ijjak – “cho‘ziq nolalar chekib, yolvoradi”; Tanbur – “maftunkorlik bilan halok etadi, uning halovat pardasini chok etadi”; Chang – “sozlanib, bo‘g‘zini cho‘zadi”; Ud – “tilining ingrab yuborishi changnikidan ham ortadi”; Rubob – “boshini yerga qo‘yib iltimos qilganda”; Qonun – “nolasi quloqqa eshitiladi” [4]. Hazrat Navoiy musiqiy sozlarga shunday ta’rif berar ekan har bir cholg‘uda inson qiyofasini ko‘radi, har bir cholg‘uning xususiyatini inson ruhiyati va tafakkuri bilan bog‘laydi, har bir cholg‘uni odamzod dunyosi bilan chambarchas bog‘laydi. Umuman olganda, o‘rta asr mutafakkiriga xos bo‘lgan estetik dunyo qarashga mansub falsafiylik, mushohadaviylik, fikrga o‘ta nosik bo‘yoq berish xususiyati san’at sohasida, xususan, musiqiy cholg‘ular sohasida yaqqol aks etadi. O‘rta asrlarda musiqiy cholg‘ularga nisbatan bo‘lgan bunday ehtirom keying asrlarda ham an’anaga aylanib, davom etaverdi. Tabiiyki keyingi o‘tgan vaqt ichida davr tafakkurining o‘zgarishi, mamlakatlararo aloqalarning ta’siri, ilm-fan, madaniyat va san’at sohalarining rivoji natijasi o‘laroq, musiqiy sozlar ham san’at ustalari qo‘lida takomillashib, mukammallik darajasiga yetib bordi. O‘zbek xalqi musiqa merosi qadimiy tarixga ega. Tarixiy manbalarining dalolat berishicha qadimiy Xorazm, Baqtriya, Sug‘d yerlarida eramizdan bir necha asr oldin, nihoyatda boy va rang-barang musiqa san’ati mavjud bo‘lgan. O‘rta Osiyoda ko‘pgina olimlar yashab, musiqa nazariyasi va amaliyotini boyitib, o‘zlarining musiqa risolalariga, musiqa asboblari, ularning turlari haqida noyob, fikrlarini bildirganlar. 39 Bu borada Abu Nasr Muhammad al-Farobiy (871-950)ning “Kitabul – musiqiy al-Kabir” (“Musiqaga doir katta kitob”); “Kitabul - musiqiy” (Musiqa kitobi); “Kilamu fil musiqiy” (“Musiqaning uslublari haqida kitob”); Abu Ali ibn Sino (980-1037) ning “Risolatun fi – ilmil musiqiy” (“Musiqa ilmi haqida risola”); Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Al Kotib Al Xorazmiy (IX – X asr) ning “Mafotix ul-ulum” (Ilmlar kaliti) ensiklapediyasining musiqa nazariya- siga bag‘ishlangan qismi hamda yana bir qancha olimlarning musiqa risolalari alohida ahamiyat kasb etib, fikrimizning yaqqol dalili bola oladi. Musiqa nazariyasiga bag‘ishlab turli davrlarda yaratilgan bu risolalarda ayrim masalalar yuzasidan ba’zi ixtiloflar mavjud. XIII asrning ulkan olimi Sayfiddin Abdulmo‘min al – Urmaviy, al – Farobiyning ilmiy tadqiqotlariga suyanib musiqa nazariyasi haqida ancha yangi fikrlar bildirdi. Musiqa nazariyasi so‘nggi davrlarda yashab ijod qilgan olimlar Al- Husayniy (XV asr), Abdurahmon Jomiy (XV asr), va boshqalarning asarlarida yanada rivoj topgan. Sharq olimlari o‘zlarining kitoblarida, dastlab musiqani falsafa fanlaridan biri deb hisoblanganlar, shu bilan birga, falsafa fanlarining biri sifatida o‘z asarlariga kiritganlar. So‘ngi davrlarda esa musiqa ilmi matematika fanlarining biri sifatida ensiklapediya tarzida kitoblarga kiritilgan edi. Bu olimlarning musiqa risolalarida maqom masalasi musiqa nazariyasining eng yirik va tub masalalaridan biri sifatida qaraladi. Bu davr o‘rta asr adabiyoti va san’ati tarixida ajoyib mo‘jizalar yaratdi va O‘rta Osiyo xalqlarining o‘ziga xos adabiyoti va san’atining turli sohalarida o‘lmas yodgorliklar qoldirdi. Bu davr – Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy kabi buyuk siymolarni yetkazib berdi. XIV –XV asrlar O‘rta Osiyo xalqlari uchun madaniyatning gullagan davri bo‘ldi. Bu davrda bizga yaqin bo‘lgan davrdagi musiqa asarlariga bog‘liq masalalar, ya’ni maqom masalalari ustida mulohaza yuritildi. Maqomlarni yaratilishi juda qadim zamonlarga borib taqalsada, biz uning o‘n ikki maqom shaklida musiqa risolalarida berilgan mulohazalariga suyanibgina sharxlay olamiz. Maqomlar asrlar o‘tishi bilan birlashtirilib XVIII asr o‘rtalariga kelib Shashmaqom shakllandi. Maqomlar o‘z boshidan juda ko‘p zamonlarni kechirdi. Shu sababli Shashmaqomda O‘rta Osiyo xalqlari yashagan sharoit, tarixiy hodisalar o‘z izini qoldirdi. Yuqorida keltirilgan qiyosiy misollar va dalillardan ma’lum bo‘lishicha, Shashmaqom o‘zbek-tojik xalqlari musiqa merosining asosini tashkil etadi. 40 Shashmaqom cholg‘u, ashula bo‘limidagi kuy va ashula yo‘llarining tinglovchilarga to‘liq etib borishi, ularga zavq va lazzat bag‘ishlay olishi ularning yaxshi ijro etishiga bog‘liq. Yetakchi janr hisoblangan maqomlar musiqa tafakkurining eng yuksak ko‘rinishlaridan biridir. Maqomlarni yuqori saviyada ijro etish puxta bilim, tajriba, alohida mahorat talab qiladi. Bu masalalarni chuqur idrok qilish uchun ham ma’lum darajada tayyorgarlik lozimdir. O‘zbek xalqi og‘zaki an’anadagi professional musiqasi, shu jumladan, an’anaviy ijrochilik va xalq cholg‘u ijrochiligi ham ustozdan shogirdga og‘zaki ravishda o‘tib kelgan. Dastlab o‘zbek xalq va an’anadagi professional musiqasini nota yozuviga olishga V.A.Uspenskiy, N.M.Mironov, Y.Y.Romanovskayalar o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shdilar. Keyinchalik bu yo‘lni Boboqul Fayzullayev, Shoxnazar Soxibov, Fazliddin Shaxobov, Yunus Rajabiy, Ishoq Rajabiy hamda Fayzullo Karomatov singari davomchilari bo‘lib o‘zbek musiqa madaniyatini yangi bosqichga ko‘tardilar. Natijada olti tomlik Shashmaqom kitobi 1966 yilda to‘la-to‘kis uchinchi marotaba nashr qilindi. O‘zbekistonda maqomlarni to‘plashda va notaga olishda akademik Yunus Rajabiyning xizmatlari benihoya kattadir. Xususan, Yunus Rajabiy maqomlarining mukammal matnini tayyorlash maqsadida uzoq yillar davomida izlanishlar olib borib, pirovardida maqom nota yozuvlari qayta ishlanib, uni uch marta chop ettirdi. Shuningdek, Xorazm maqomlari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Matniyoz Yusupov tomonidan notaga olindi. “Ustoz -shogirdga” og‘zaki tarzda meros bo‘lib o‘tib kelgan an’anaviy musiqa san’atimiz endilikda yosh sozanda-yu xonandalarga mutaxassis ijrochi bo‘lib shakllanishlarida o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Bunda nota yozuvlari, gramplastinka va magnit yozuvlar, hozirgi vaqtda kompakt disklar ko‘makdosh vositalardir. Ma’lumki, har bir cholg‘u sozida maqomlar yoki yirik shakldagi an’anaviy musiqa asarlarini ijro etish imkoniyatlari turlichadir. Ustozlarimiz har bir maqomning asosiy pardalariga e’tibor bergan holda notaga olganlar. Bunda tanbur sozining yetakchi bo‘lganligi bizga ayon. Hozircha maqom cholg‘u va ashula yo‘llarini o‘rganishda biz asosan ustozlarimiz tomonidan yozilgan kitoblarga murojaat qilamiz. Endilikda har bir cholg‘u sozining imkoniyat darajasiga ahamiyat bergan holda alohida sozlarga (qashqar rubob, ud, dutor, qo‘shnay, nay, chang va boshqa) moslashtirilgan kuy to‘plamlarini, o‘quv qo‘llanmalarni, darsliklarni nashr qildirish mutaxassis 41 ijrochilar zimmasiga yuklatilgan. Har bir xalq o‘zining milliy musiqiy merosini sevsa, ajdodlar an’anasini ardoqlasa, uni munosib tarzda o‘zlashtirsa va qadriga yetsa, o‘zga xalqlar san’atini ham baholay oladi. Bu borada xalqimizning ma’naviy boyligi bo‘lgan maqomlar, maqom yo‘llariga mansub bo‘lgan mumtoz musiqa asarlari o‘zining badiiy va estetik imkoniyatlarini yuqori darajada saqlab kelayotganligini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Ularni o‘rganish, tadbiq etish va kelajak avlodlarga yetkazish zamonamizning talab va ehtiyojida bo‘lgan dolzarb masalalardan biri. Xulosa. О’zbek xalqining musiqiy madaniyati milliy cholg‘ularga boy bo‘lib, qashqar rubob, tanbur, dutor, g‘ijjak, nay, qo‘shnay, sunray, chang, qonun, ud, doira va nog‘ora kabi cholg‘ular o‘zining mukammalligi bilan mohir ijrochilar amaliyotida munosib o‘rin topgan. Chunki har bir cholg‘u o‘zining shakllanish tarixi, ijro imkoniyatlari, betakror, jozibali sadolanishi va muxlislariga ega. Ularning barchasi siru-sinoatlarini ilmiy-nazariy tadqiq etish va yosh avlodga yetkazish har bir murabbiyning muqaddas burchidir. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling