Ikkinchi qism toshkent – 2023
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
Kalit soʻzlar: tarbiya, burch, maʼnaviy sifatlar, tarbiyalanuvchi,
tarbiyalovchi, yoshlar tarbiyasi , malakali kadrlar. Oʻzbekiston Respublikasining bundan keyingi rivojlanishi bevosita taʼlim-tarbiya natijasiga bogʻliqligi barchaga ayon. Taʼlim-tarbiyani takomillashtirmay maʼnaviy boy barkamol insonni tarbiyalash mushkul. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasining Taʼlim toʻgʻrisidagi Qonunda belgilangan ijtimoiy vazifalardan kelib chiqib yosh avlod taʼlim-tarbiyasini tashkil etishi kundalik hayotning oʻzi talab qilmoqda. Hurmatli Prezidentimiz Karimov I.A. “Barkamol avlod orzusi” asarida “Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb eʼlon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan oʻzgalarga ibrat boʻladigan bilimli, maʼrifatli kishilarni tushunamiz”. Va yana “Yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan odamlar- ning etishmasligi bizning olgʻa siljishimizda hamon katta toʻsiq boʻlib turibdi. Bunday kadrlarni, avvalambor, yosh kadrlarni topish, oʻstirish, tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalasiga aylanmoqda”, deb juda oʻrinli taʼkidlangan. Avvalambor, tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga suyanadi. Tarbiya nazariyasi oʻz qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, huquqshunoslik, psixologiya fanlari maʼlumotiga asoslanadi. 52 Hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Taʼlim toʻgʻrisidagi” Oʻzbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq tayyorlangan boʻlib, uning “asosiy maqsadi- taʼlim sohasini tubdan isloh qilish, yuksak maʼnaviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash”, zarurligi va “Uzluksiz taʼlim ijodkor, ijtimoiy faol, maʼnaviy boy shaxs shakllanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi” deb, taʼkidlanishi bejiz emas albatta. Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, gʻoyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik hislari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. Bugungi modernizatsiya jarayonlari, islohot va oʻzgarishlar natijadorligi maktab taʼlimiga, yangi avlod kadrlarini yetishtirish masalasiga borib taqalmoqda. Shu bois maktab direktorlari va muallimlarga koʻp narsa bogʻliq boʻlmoqda. Ular qishloq va shaharlarda taʼlim-tarbiya, madaniyat va maʼnaviyat tarqatadigan fidoyi kishilardir. Maktablar nafaqat taʼlim maskani, balki mahallaning madaniy, intellektual markazi boʻlishi zarur. Shu bois, Oʻzbekistonda taʼlim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablagʻlar yoʻnaltirilmoqda. Maktabgacha taʼlim, maktab va oliy taʼlim tizimlari, ilmiy- tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat oʻzgarishlari roʻy bermoqda. “Biz ustozni otaday ulugʻ deb bilgan, doimo ardoqlagan maʼrifatparvar xalqning vakillarimiz. Men ham oʻqituvchi, muallim deganda oʻzim uchun eng aziz va hurmatli boʻlgan, ziyoli va zamonaviy, samimiy va mehribon insonlarni tasavvur qilaman. Chunki hammamizga ham shu muallim saboq va taʼlim berib, mehribon ota-onalarimiz qatorida tarbiyalagan. Bugungi kunda Oʻzbekiston- ning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning eng yaqin koʻmakchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir ”. – dedi davlat rahbari Sh.Mirziyoyev. Har bir oila, har bir bola hayoti maktab bilan bogʻlangani, bu masala davlatning, jamiyatning eng muhim ishidir. Taʼlim — bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi. Taʼlimning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Taʼlim mohiyat eʼtibori bilan dars berish jarayonini, yaʼni pedagog (oʻqituvchi) faoliyatini, umuman 53 oʻquvchining bilish, oʻrganish faoliyatiga rahbarlik qilishni hamda uqish jarayonini, yaʼni oʻquvchi faoliyatini bildiradi. Taʼlim jarayoni taʼlim beruvchi — oʻqituvchi va taʼlim olayotgan oʻquvchilar faoliyatining yigʻindisidan iborat. Taʼlim va tarbiya jarayonida shaxsning sifatlari, dunyoqarashi, qobiliyati oʻsadi. Taʼlim avlodlar oʻrtasidagi maʼnaviy vorislikni taʼminlaydi: kishilarning ijtimoiy tarixiy tajribalari yosh avlodga Taʼlim orqali oʻtadi. Taʼlimning maqsadi obyektiv hayot talablariga muvofiq holda oʻzgarib borgani kabi, Taʼlimning xarakteri, yoʻnalishi ham uning maqsadiga muvofiq oʻzgarib boradi. Taʼlim dialektik tarzda taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatlar jarayonidir. Taʼlim bilish qobiliyatlari, his-tuygʻular, idrok, shaxsni tarkib toptiruv-chi kuchli omildir. Taʼlim jamiyat qurilishining muhim muammolarini hal qilish — jamiyatning moddiy-texnika bazasini yaratish, ijtimoiy munosabatlarni tarkib toptirish, yangi kishini tarbiyalashga yordam beradi. Tarbiya ham ota‑onalarning burchi va farzandlarning haqqidir deyishadi. “Tarbiya” soʻzi arabcha “robba” (ar. ةَيِب ْرَت ٌ [tarbiyaẗ]) feʼlidan olingan boʻlib, oʻstirdi, ziyoda qildi, rioyasiga oldi, rahbarlik qildi va isloh qildi maʼnolarini bildiradi. Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora-tadbirlar yigʻindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qad. va abadiy qadriyatdir. Tarbiya siz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi. Аyrim adabiyotlarda “Tarbiya” atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Tarbiya keng maʼnoda yoshlarning, insonlarning obyektiv va subyektiv taʼsirlar asosida axloqiy, aqliy, amaliy, jismoniy shakllanish jarayonidir. Tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga qaratilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yigʻindisini anglatadi. Bunday tushunishda Tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi gʻoyalari, adabiyot, sanʼat, kino, radio, televideniya va b. ni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi Tarbiya tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot olish ham kiradi . 54 Tarbiyalanuvchi va tarbiyalovchi munosabatlari nuqtai-nazaridan esa tarbiya – maʼnaviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda, oʻqituvchining oʻquvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan oʻzaro amaliy va nazariy muloqotidir. Biron bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi: a) talabaning qaysidir xislatini shakllantirish yoki yoʻqotish maqsadida rejalashtiriladi; b) shu xislatlarni tarbiyalash yoki yoʻqotish uchun xizmat qiluvchi manbalarni izlab topiladi; v) belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarning qaysisini va qayerda ishlashni rejalashtiriladi. Bunday rejaga solinib olib borilgan tarbiya mohiyatini taʼlim-tarbiya tizimi, jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil qiladi. Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash uchun uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatni sekin-asta koʻnikmaga aylantirib borish lozim. Shu tarzda inson asta–sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. Аmmo bu tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzoq davom etadigan masʼuliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Buning uchun bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur. Maʼnaviy, insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va bolalarga boʻlgan munosabat muhim rol oʻynaydi. Ota-onalarimiz va atrofdagilarning bir-birlariga boʻlgan munosabat- larini koʻrgan bola shunga qarab shakllana boradi. Ular avval kattalarga taqlid qiladilar. Soʻng sekin-asta qilayotgan ishlarining mohiyatini anglaydilar. Bolalarni toʻgʻri tarbiyalashda ota-onaning ongi, maʼnaviyati, bilimi, tarbiyalanganligi muhim ahamiyatga ega. Hayot olamida, shubhasiz, tarbiya singari insoniyatga taʼsirli narsa yoʻqdir. Shu sababdan qadimdan mashhur donishmandlar tarbiya toʻgʻrisida qimmatli fikrlarni yozib qoldirganlar. Yoshlar tarbiyasi, ularni ilmli va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish barcha zamonlarda muhim vazifa hisoblangan. Mutafakkirlarimiz tomonidan yozib qoldirilgan bunday nodir asarlar oʻsib kelayotgan yosh avlodni salbiy illatlardan asrab, axloqan pok, haqiqiy inson boʻlib yetishishlariga undagan. Аjdodlarimiz asrlar davomida sevib mutolaa qilgan “Pandnoma”, “Siyosatnoma”, “Qobusnoma”, “Аxloqi muhsiniy”, “Аxloqi jaloliy”, “Аxloqi 55 nosiriy”, “Qonuni hikmat”, “Nigoriston”, “Bahr al-ulum”, “Kachkoʻli sultoniy”, “Jovidoni xirad”, “Bistu se hikmat”, “Hikoyoti dilpisand”, “Odob as-solihin”, “Turkiy “Guliston” yoxud axloq” singari asarlar shular jumlasi- dandir. Ushbu nodir asarlarda avval axloq-tarbiyaga oid biror soʻz va tushun- chani izohlab, keyin unga oʻquvchi amal qilish uchun naqliy va axloqiy dalillar keltiradi. Umuman ularning mazmun-mundarijasi, ularda ilgari surilgan ilgʻor gʻoyalar bugungi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Xitoy donishmandi Syun-Tszi “Chaqaloqlar hamma yerda bir xil Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling