Ikkinchi qism toshkent – 2023
O‘ZBEKISTONDA MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIM TIZIMIDA
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
O‘ZBEKISTONDA MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIM TIZIMIDA INKLYUZIV TA’LIMNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI B.M. Yalgashev, tadqiqotchi Hozirgi vaqtda jamiyat ta’lim muassasalari oldiga ta’lim xizmatlarining yuqori darajasini, shuningdek, bolalarning barcha toifalari uchun ta’limning mavjudligi va tengligi kabi global vazifalarni qo‘ymoqda. Bu vazifalarning bajarilishi ta’lim muassasalarida qulay ta’lim muhitini yaratishga hamda o‘quvchilarning bunday ta’lim muhitida bilim olishlariga imkoniyat yaratadi. Shunday ekan, bugungi kun ta’lim dargohlari avvalo, o‘quvchilarning tengligini tan olish, ular uchun umumiy ta’lim muhitini tashkil etish vazifalarini bajarish birlamchi vazifalar qatorida turadi. Bu esa, ulardan imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni ham inklyuziv sharoitda o‘qitish va ularga zarur sharoitlarni ta’minlashni talab etadi. 70 O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalarning jismoniy salomatligini yoshligidan tashhislash, ularni doimiy nazorat ostiga olish, ularni sifatli ta’lim muhiti bilan qamrab olish maqsadida inklyuziv ta’limni joriy etish va rivojlantirish islohotlari amalga oshirilmoqda. Xususan, yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50- moddasida ham «Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi» deb belgilanishi mazkur sohada davlat siyosati darajasini belgilab beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’biri bilan aytganda «Yangi, erkin va demokratik davlatda jamiyatning har bir a’zosi bilim olish, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash, o‘z iste’dod va qobiliyatini ro‘yobga chiqarish, mehnat bilan band bo‘lish uchun zarur imkoniyatlarga ega bo‘lishi shart». [1] Shu bois, alohida ta’limga muhtoj o‘quvchilarni umumiy ta’lim jarayoniga jalb etish bugungi kunda davlat ta’lim siyosatida o‘z yechimini kutayotgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda dunyo aholisining qariyb 15% ni, ya’ni 1 mlrd.dan ortiq qismini imkoniyati cheklangan shaxslar tashkil qiladi. [2] O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich jami aholining 2,1% qismini (800 mingga yaqin) tashkil etadi. Shuningdek, ularning 111,3 ming nafari 16 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan yoshlardan iborat. Aynan, bu yoshdagi bolalarning ta’lim- tarbiyasi maktabgacha va maktab ta’lim dargohlarining inklyuziv ta’limni amalga oshirish faoliyati bilan bog‘liqdir. Rivojlangan xorij davlatlarining tajribalariga e’tibor qaratilganda, aynan, imkoniyati cheklangan bolalarni ta’lim-tarbiyasi ta’lim bosqichining dastlabki bog‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rish mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasalari bevosita imkoniyati cheklangan bo‘lalarni maktab ta’limida o‘qish va moslashishlariga yordam beradi. O‘zbekistonda ham maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomil- lashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida 2019 yil 16 dekabrda «Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida» O‘RQ-595-son Qonuni qabul qilingan. Mazkur qonunning ahamiyati shundan iboratki, aynan alohida ta’lim olish Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling