Ikkinchi qism toshkent – 2023


ehtiyojlari bo‘lgan bolalar, inklyuziv ta’lim va tarbiya tushunchalariga


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

ehtiyojlari bo‘lgan bolalar, inklyuziv ta’lim va tarbiya tushunchalariga 
aniqlik kiritilgan. Qonunda ta’riflanishicha, «inklyuziv ta’lim va tarbiya 
– bolalarning alohida ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda individual 


71 
imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya olishi uchun teng 
imkoniyatlarni ta’minlaydigan jarayondir». [3] 
Mazkur Qonunning ijrosi sifatida, 2019 yil 15 aprel kuni Toshkent 
shahrining Yakkasaroy tumanidagi 369-sonli MTT davlat-xususiy 
sherikchilik asosida, xayriya faoliyati shaklida tashkil etilgan birinchi 
muassasa hisoblanadi. Unga ham sog‘lom tarbiyalanuvchilar, ham jismoniy 
rivojlanishida turli nuqsonlari bo‘lgan bolalar qatnash imkoniyatiga ega 
bo‘ldi. Mazkur MTTda psixik rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan 
tarbiyalanuvchilar uchun 7 ta guruh (1 guruhda 15 nafargacha bolalar 
nazarda tutilgan) hamda inklyuziv yo‘nalishdagi umumiy ta’lim bo‘yicha
7 ta guruh (1 guruhda 25 nafargacha bolalar nazarda tutilgan) faoliyati 
yo‘lga qo‘yilgan. Ixtisoslashtirilgan guruhlarga bolalar psixologik-tibbiy-
pedagogik komissiya xulosasi asosida qabul qilinadi. Ta’lim dasturi «Ilk 
Qadam» davlat dasturining moslashtirilgan varianti hisoblanib, unga 
defektolog bilan har kungi mashg‘ulotlar kiritilgan. [4, B.242-246.] 
O‘zbekiston tajribasidagi dastlabki inklyuziv MTT imkoniyati cheklangan 
bolalarni yoshligidan boshlab, ta’limga, jamoaga ijtimoiylashishiga xizmat 
qiladi. 
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda maktab ta’limi tizimida ham inklyuziv 
ta’limni takomillashtirish jarayoni kuchayib bormoqda. Xususan, 
imkoniyati cheklangan bolalarni umumiy ta’lim jarayoniga integratsiyalash 
bo‘yicha ishlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Vazirlik) 
tomonidan amalga oshirilmoqda. Shuningdek, bolalar va o‘smirlarga har 
tomonlama tuzatish-pedagogik yordam ko‘rsatishda davlat va nodavlat 
tashkilotlari, ota-onalar va ko‘ngillilarning sa’y-harakatlarini birlashtirish 
maqsadida Vazirlik huzurida Inklyuziv ta’lim resurs markazi tashkil etildi.
Joriy 2023 yil holati bo‘yicha, O‘zbekistonda 10 ming 289 ta maktab bino
va inshootlari mavjud bo‘lib, ularda 5 mln. nafardan ziyod o‘quvchilar ta’lim 
bilan qamrab olingan. Maxsus internat maktablari bilan qamrab olingan 
o‘quvchilar 48 ming nafardan ziyodni tashkil etmoqda. Aynan bu yoshdagi 
o‘quvchilarni ommaviy maktablarga inklyuziv ta’limga o‘tkazishda birinchi 
navbatda maktab binolarini imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning 
xususiyatidan kelib chiqib moslashtirish talab etiladi.
Dunyo tajribasida imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni inklyuziv 
ta’limga qamrab olishda infratuzilma holati quyidagi talablarga mos bo‘lishi 
talab etiladi: 
birinchidan,
barcha o‘quvchilar uchun teng harakatlanish imkoniyat-
larini yaratish lozim. Maktab binolarining an’anaviy zinopoyalari rampalar 


72 
bilan, kirish eshiklari panduslar, qavatlar orasi liftlar bilan hamda maktab 
maydonlari sesorli va ovozli yo‘l ko‘rsatuvchi jihozlar bilan ta’minlanishi 
lozim; 
ikkinchidan,
ta’lim olish uchun zarur jihozlarni barchaning qo‘llari teng 
yetadigan joylarga joylashtirish kerak. Sinf xonalaridagi stollar, kitob 
javonlari va boshqa sinf jihozlari yoshga xos balandlikda o‘rnatilishi kerak; 
uchinchidan,
inklyuziv maktablar yetarlicha tabiiy yorug‘likka, 
ruhiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘k, binafsha, yashil, sariq ranglarga, 
yaxshi akustikaga (shovqinsiz muhitga) hamda moslashuvchan sinf 
mebellariga ega bo‘lishlari lozim. 
Mazkur talablardan kelib chiqib, O‘zbekistonda inklyuziv maktablar-
ning infratuzilma holati o‘rganilganda imkoniyati cheklangan o‘quvchilar 
uchun zarur maxsus jihozlar, o‘quv adabiyotlar va metodik-qo‘llanmalar, 
masofaviy o‘qitish elementlari bilan ta’minlanishi hamda inklyuziv ta’lim-
ning resurs markazlari soni yetarli darajada emasligi aniqlandi. 
 
1-jadval 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling