Ikkinchi qism toshkent – 2023


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
 
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF – 4947-
son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni. // https: lex.uz/docs/3107036.
2. Burgin M.S. Pedagogikadagi innovatsiyalar va yangilik // Sovet 
pedagogikasi. - 1989. 12-son 45-46 b.
3. G‘afforov. Ya. X. Maktab islohati va o‘qitish metodlarini 
takomillashtirish. Science and education. Scientific Journal. 2020, 482 b.
4. Qorayev S.B. Pedagogika. –T.: “Zebo-Print”. 2023 y 54-57 b. 
5. Azamov SH.X ”Rivojlantiruvchi ta’lim sohasini tashkil etishda fanlararo 
munosabatlar” Jizzax “Tafakkur ziyosi” jurnali 2023-yil 
“TARBIYA” FANINING JORIY ETILISH MA’NAVIY TARBIYA 
STRATEGIYASINING VOSITASI SIFATIDA 
 
Аhmеdova O‘g‘ilhon Nomozovna 
Farg‘ona davlat universiteti
mustaqil izlanuvchisi 
 
Annotasiya: Mazkur maqolada ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy 
muhitni sog‘lomlashtirishda “Tarbiya” fanining joriy etilganligi ma’naviy 
tarbiya strategiyasining vositasi ekanligi ilmiy o‘rganilgan. Jamiyatdagi mavjud 
jarayonlarni o‘z davri va bosqichlarida yuksalishi shaxs ma’naviy qiyofasiga 
bevosita bog‘liqdir. Bu esa ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni 
sog‘lomlashtirish tarbiyaning eng muhim vositasi sifatida namoyon bo‘lishi 
bilan ifodalanadi. 
Kalit so‘zlar. “Tarbiya” fani, ma’naviyat, ma’naviy tarbiya strategiyasi, 
ta’lim muassasasi, maktab ta’limi, ma’naviy-axloqiy, umuminsoniy qadriyatlar. 
Bugungi kunda ijtimoiy munosabatlarni yoshlar qalbiga singdirishda 
ma’naviy tarbiya strategiyasining vositalari katta ahamiyatga ega hisob-
lanadi. Bu bilan jamiyat a’zolarining xususan yoshlarni haqiqatparvarlik, 
ezgulik, toqatlilik, e’tiqodlilik, sabrlilik kabi abadiy insoniy qadriyatlarni 
puxta egallash ma’naviy tarbiyaning strategik maqsadini ifodalaydi. 
Bizningcha bu jarayon ma’naviy tarbiya strategiyasining vositalarini izlash 
zarurligini taqozo etadi. Pirovard natijada tadqiqot maqsadi – “kelajak 
odami”ni tarbiyalashga erishiladi. Bu borada dolzarb bo‘lgan ma’naviy 


79 
tarbiya strategiya zarurati haqida “...mamlakatimizda ma’naviy tarbiya 
tizimining yangi strategiyasini yaratib, xalqimiz, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida 
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni sifat va mazmun jihatidan yangi bosqichga 
ko‘tarishimiz kerak”[1.287.]. Chunki O‘zbekiston taraqqiyotining yangi 
bosqichida ochiqlik, oshkoralik muhiti ta’sirida jamiyatdagi ma’naviy 
muhitning salbiy qirralari namoyon bo‘lib qolmoqda. Unga qarshi faqat 
yangicha kurash usullari bilan qarshilik qila olish mumkin. Shaxsning 
ma’naviy olamiga ta’sir kuchining turfa xilligi yoshlardagi axloqiy tarbiyani 
ma’naviy-axloqiy rivojlanishi va jamiyat axloqiy turmush tarzi bilan 
bevosita bog‘liq bo‘lgan jarayonda tizimlashtiriladi. Bu xususida “Odam ota-
onadan tug‘iladi, ammo uning axloq-odob borasidagi fazilatlari jamiyatda, 
ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy munosabatlar ta’sirida shakllanadi”[2.3.], degan 
qarash naqadar to‘g‘ri ekanligini anglatadi. Jamiyatda ma’naviy tarbiya 
strategiya shaxsning butun hayotiy davri ma’naviy bosqichidagi rivojla-
nishining tizimli natijasidir. Bunda jamiyatdagi axloqiy qadriyatlarning 
mavjudligi va ularni yaratishda shaxsning ishtiroki bilan tavsiflanadi. 
“Bolalar axloq tarbiyasini oldinroq o‘zi yashayotgan atrof muhit va 
ko‘chadagi bolalardan oladilar. Bolalar suvga o‘xshaydilar suv qaysi 
rangdagi idishda bo‘lsa, o‘sha rangda tovlangani kabi bolalar ham qanday 
muhitda bo‘lsalar o‘sha muhitning ham shunday odat va axloqini qabul 
qiladilar. Axloqiy tarbiyaning eng buyuk sharti shundan iboratki, bolalar 
ko‘proq yaxshi va yomon axloqni o‘z uylaridan, ko‘chadagi o‘rtoqlaridan, 
maktabdagi o‘quvchidan qabul qiladilar”[3.56.]. Demak, ma’naviy-axloqiy 
tarbiya murakkab jarayon bo‘lib, bu jarayonda mahalla, oila, maktab va 
jamoa tashkilotlarining birgalikdagi faoliyati samara berishi mumkin. 
Mamlakatimizda yoshlar tarbiyasiga e’tibor davlat siyosati darajasiga 
ko‘tarildi. Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 2019 yil 23 avgust kuni 
bo‘lib o‘tgan xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va 
jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish 
masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ta’lim va tarbiyaning 
ahamiyati haqida so‘z bordi. Mazkur yig‘ilishda Davlatimiz rahbari yosh 
avlod tarbiyasi, odob-axloqi haqida to‘xtalib, “Maktab - bu hayot-mamot 
masalasi, kelajak masalasi. Bu masalani davlat, hukumat va hokimlarning 
o‘zi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi kerak. 
Maktabni o‘zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi”, 
- deya alohida ta’kidlaydi.
Ma’naviy tarbiya strategiyasining vositasi sifatida maktab tizimi 
olinadigan bo‘lsa, “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida ma’naviy tarbiya jarayoni 
o‘z ichiga ikki davrni qamrab oladi:


80 
birinchi davr - 7(6)-10 yoshli davrda - boshlang‘ich sinflarda; 
ikkinchi davr - 11-17 yoshli davrda - o‘rta va yuqori sinflarda. 
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlari 
o‘quvchilarda yoshiga mos tayanch ma’naviy-axloqiy fazilat (kompe-
tentsiya)lar - Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immuni-
tet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, inno-
vatsion fikrlash, mehnatsevarlik shakllantiriladi”[4.], deb belgilab qo‘yilgan. 
Bu esa yoshlarni asosiy ma’naviy tarbiyasini shakllantirish vositasi 
ekanligini bildiradi. Bizningcha bu jarayonda birinchidan, o‘quvchilarning 
ma’naviy tajribasining barcha manbalarini yuksaltirish, jamoada bolalar 
o‘rtasidagi munosabatlar, o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilari va ota-
onalari o‘rtasidagi munosabatlar, kundalik hayotiy estetik darajalari ortib 
boradi. Ikkinchidan, turli yosh bosqichlarida faoliyat va ta’lim shakllarining 
to‘g‘ri o‘zaro bog‘liqligi ta’minlanadi. Uchinchidan, axloqiy mezonlarni 
istisnosiz barcha turdagi faoliyat turlarini va o‘quvchilar shaxsining 
namoyon bo‘lishini baholashga kiritish. 
Maktab tizimidagi ma’naviy tarbiya vositalariga umumiy va xususiy 
usul va shakllar kiradi. Ma’naviy tarbiya usullaridan biri sifatida 
o‘quvchilarni axloqiy sohada xabardor qilishdan iborat. Bunda o‘quvchilarga 
axloqiy me’yor va qadriyatlar haqidagi bilimlarni shakllantirishga xizmat 
qiladigan tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, 
mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, meh-
natsevarlik kabi fazilatlar shakllantiriladi. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning 
yana bir usuli - o‘quvchilarni faoliyatga jalb qilish, ya’ni, jismoniy mehnat, 
ijtimoiy foydali, badiiy-ijodiy, o‘quv va kognitiv, sport va dam olish 
jarayonlarida ma’naviy tarbiyani berish zarur bo‘ladi. “Ta’lim-tarbiya — bu 
bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi 
islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo‘q. Qanchalik murakkab bo‘lmasin, 
maktab ta’limida poydevorni bugundan mustahkam qo‘yishimiz kerak. 
Chunki biz ko‘p vaqt yo‘qotganmiz”[5.], bu esa maktab tizimi jamiyat uchun 
juda muhim ekanligini anglatadi. Bu yoshlar e’tiborini O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 
«Tarbiya» fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”Qarori[6.] qabul qilindi. Unda belgilanganidek, “Umumiy o‘rta 
ta’lim muassasalari o‘quvchilarining yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini 
inobatga olgan holda ularning ongiga umuminsoniy qadriyatlar va yuksak 
ma’naviyatni yanada chuqur singdirish, ularni vatanparvarlik va 
insonparvarlik ruhida tarbiyalash, umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi 


81 
ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish” maqsadida 
Tarbiya fani joriy etilganini ta’kidlash mumkin. 
Bugungi shiddatli zamon sharoitidan kelib chiqib dunyoda ta’lim va 
tarbiyaga e’tibor kuchayib borayotganinini kuzatishimiz mumkin. 
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ta’lim-tarbiya masalasiga 
e’tibor yangi bosqichga kutarilmoqda. Chunki Tarbiya fanini joriy etilishi 
maktablarda dars beruvchi pedagog-o‘qituvchilardan o‘qitishning xilma-xil 
usullarini qo‘llay olish, ularga yangi pedagogik texnologiyalarni o‘rganish, 
Tarbiya fanini o‘qitish metodikasining umumiy va xususiy tamoyillaridan 
xabardor bo‘lishni dolzarblashtiradi. Bu esa ma’naviy tarbiya strategiya-
sining vositalarini asosida o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiya-
lardan foydalanish ko‘zlangan natijalarga erishish samaradorligini yuqori 
darajaga ko‘taradi. 
“Ma’naviy jarayonlar transformatsiyasi murakkab ma’naviy-axloqiy 
voqelikni, insonning sadoqatidan kelib chiqadigan asosiy qadriyatlarni 
yangilanishni ifoda etadi. Shuningdek, ma’naviyatning uch turi tahlil etilib, 
birinchi turini individual va shaxsiy fazilatlar bilan tavsiflanadigan aql-
idrokka kiritish mumkinligi qayd etilgan. Aql-idrokning individual 
fazilatlari tabiiy muhitga moslaShuvchan xarakterni, shaxsiy fazilatlar esa 
aqlni jamiyatga, aql rivojlanishining obyektiv shartlariga, ta’limga, o‘zini 
tutishning yuqori madaniyatiga moslashtirishni tavsiflashi keltirilgan. 
Ma’naviyatning ikkinchi turi ichki faollik va ruhiy holatlarning intensivligi, 
shaxs uchun ruhiy taranglikning doimiy namoyon bo‘lishi bilan tavsiflanadi. 
Ma’naviy holatlarining yuksak o‘sish davrlarini va uning qo‘llash davrlarini 
ajratish mumkin. Uchinchi turdagi ma’naviyat-psixologik erkinlik bilan 
tavsiflanishi, bu sub’ektning tabiat va jamiyat rivojlanish qonuniyatlarini 
anglash asosida o‘z xohish-irodasini namoyon etish imkoniyatini 
anglatish”[7.15.], zarurligini ta’kidlaydi. Bu jarayonning muhim jihati ikkita 
asosiy maqsadda namoyon bo‘ladi, birinchidan, uning vazifasi jamiyat 
tomonidan 
yaratilgan 
madaniy 
qadriyatlarning 
bir 
qismini 
individuallashtirish, ikkinchidan esa, ma’naviy tarbiyaning vazifasi madaniy 
va estetik qadriyatlarni idrok etish uchun ma’lum qobiliyatlarni yaratishdir. 
Bizningcha, “Tarbiya” fanining joriy etilish ma’naviy tarbiya 
strategiyasining vositasi sifatida quyidagilar bilan ifodalanadi; 
Birinchidan, jamiyat yuksak ma’lumotli, yuksak ma’naviyatli, nafaqat 
bilim, balki mukammal shaxsiy fazilatlarga ega insonlarni tarbiyalash 
zarurati ekanligi. 


82 
Ikkinchidan, zamonaviylashib borayotgan davrda yoshlarning yetuk 
bo‘lmagan aql-zakovati va his-tuyg‘ularini axloqqa zid bo‘lgan salbiy 
xislatlar ta’siridan xolos etish kerak. 
Uchinchidan, ta’limda yuqori darajadagi axloqiy tarbiyaga e’tibor 
berish bilan insonning kundalik xulq-atvorida uning boshqa shaxslarga 
bo‘lgan munosabatini hurmat va xayrixohlik asosida belgilaydigan shaxsiy 
xususiyatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling