Boshlang’ich sinflarda alohida ta’lim ehtiyojlariga EGA o‘quvchilarni birga


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/21
Sana15.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1776450
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Boshlang 5 MODUL



Boshlang’ich sinflarda alohida ta’lim 
ehtiyojlariga ega o‘quvchilarni birga 
o’qitishni tashkil qilish usullari (2 soat 
amaliy mashg‘ulot) 
Reja: 
1.
Inklyuziv ta’lim tushunchasi. Inklyuziv ta’limning huquqiy-meyoriy asoslari.
2.
O‘zbekistonga inklyuziv ta’limning kirib kelishi. Inklyuziv ta’limning tadbiq 
etishdagi to‘siqlar va muammo 
3. Boshlang’ich sinflarda maxsus yordamga muhtoj o‘quvchilarni umumta’lim 
sharoitida o‘qitishda o‘quv- tarbiya jarayonini moslashtirish metodlari. 
 
Mashgulot maqsadi: Alohida ta’lim ehtiyojlariga ega o‘quvchilarga ta’lim-
tarbiya berishning psixologik jihatlari. O‘quvchilarni jismoniy, intelektual, ijtimoiy
emotsional, tili va boshqa xususiyatlaridan qat’iy nazar birga o‘qitishni tashkil qilish 
bo‘yicha ko‘rsatmalar berish. 
 
Tayanch tushunchalar: Inklyuziya, inklyuziv ta’lim, intelektual, ijtimoiy, 
emotsional, imkoniyati cheklangan. 
 
Qo‘llaniladigan talim texnologiyalari: korgazmali, ma’ruza, bayon qilish
strategik metodi, pedagogik masalalar, treninglar, muammoli vaziyatlar, kichik guruhlarda 
ishlash. 
1-ilova Inklyuziv ta’limning huquqiy-meyoriy asoslari va huquqiy-meyoriy hujjatlari. 
O‘zbekiston Respublikiasida nogiron bolalar bilan bog’liq tahlil va dastlabki 
baholash ishlari 1966 yilda boshlangan. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 250000 ga yaqin 
turli ko‘rinishdagi nogiron bolalar (16 yoshgacha) ta’lim olish ehtiyojiga ega. Nogiron 
bolalar uchun ta’lim bilan birgalikda maxsus xizmatlar tashkil etish lozim. Ko‘zi 
ojizlar, kar va eshitish nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar, poliyemiyelit bilan 
kasallanganlar, aqli zaif bolalar, nutqida nuqsoni bor va soqov bolalarga mo‘ljallangan 
86 ta maxsus ta’lim va aralash maxsus muassasalar, 982 ta maxsus bolalar bog’chalari 
mavjud. 
Imkoniyati cheklangan bolalar ham sog‘lom tengdoshlari bilan yonma-yon 
o‘qish, tarbiyalanish huquqiga ega. Inklyuziv ta’limning O‘zbekistondagi huquqiy 
asoslari. – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992 yil; 41-modda) – 
«O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoyalash to‘g‘risida»gi Qonun 
(1991 yil, 19, 27-moddalar) 


Yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi 2020 yil 23 sentabr,O‘RQ-637-son, 
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 19 mayda qabul qilingan , Senat tomonidan 
2020 yil 7 avgustda ma’qullangan 
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi
24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son)

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling