4-ilova. Boshlang’ich sinflarda maxsus yordamga muhtoj o‘quvchilarni
umumta’lim sharoitida o‘qitishda o‘quv- tarbiya jarayonini moslashtirish
metodlari.
Agarda maxsus ehtiyojli bolalar normal rivojlanishdagi bolalar bilan birgalikda
ta’lim-tarbiya olsalar, bu barcha bolalarni nogironlarga nisbatan o‘zlari singari
bola ekanliklarini anglab, kamsitmasliklarini ta’minlagan bo‘lar edi. Ko‘rishida
nuqsoni bo‘lgan bolalar inklyuziv ta’limida sinflarni va dars jarayonini moslashtirish.
– O‘qituvchi ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan boladan (agarda u zaif ko‘ruvchi bo‘lsa) sinf
taxtasini ko‘rish uchun eng qo‘lay joygi surab uni usha joyga o‘tkazishi lozim;
- Agar ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolaning kuzlari yoruglikka sezgir bo‘lsa, uni deraza
yoniga o‘tkazmaslik kerak. Shuning uchun ham bolaning kuzlarini yorug‘likdan saqlash
uchun karton to‘sikni ishlatish mumkin;
- Sinfdagi eng olijanob o‘quvchilarni aniqlab, ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolaga «yo‘l
boshlovchi» o‘quvchi qilib tayinlansa yuqori natijaga erishish mumkin;
- O‘qituvchi sinf taxtachasiga yozilgan ma’lumotlarni baland ovozda o‘qishi
talab
etiladi;
- Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bola ma’lumotlarni eshitish
va taktil sezgilari asosida
egalaydilar. Shuning uchun ham ularga buyumlarni ushlab ko‘rish
imkoniyatini berish
kerak;
- O‘qituvchi sinf munozaralarda kim gapirayotganligini ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bola
bilishi uchun har bir o‘quvchining ismini aytib turishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: