Boshlang’ich sinflarda alohida ta’lim ehtiyojlariga EGA o‘quvchilarni birga
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar inklyuziv ta’limida sinflarni va dars jarayonini
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Boshlang 5 MODUL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yengil darajagi serebral falaj bolani umumta’lim sinflarda o‘qitish uchun ko‘p narsa talab etilmaydi.
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar inklyuziv ta’limida sinflarni va dars jarayonini
moslashtirish: 1. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolani o‘qituvchi va doskaga yaqinrok (3 metrdan oshmasligi),sinfdagilarning barchasini ko‘ra oladigan joyga o‘tkazish ; 2. O‘qituvchi dars jarayonida faqt sinfga o‘quvchilarga qarab dars o‘tishi, eshitmaydigan o‘quvchilarni o‘ziga qaratib dars boshlashi; O‘qituvchi mavzuni tushintirayotgan paytda kitob yoki boshqa buyumlar bilan yuzini bekitmasligi, doskadagi ma’lumotlar haqida tushuncha berayotagnda esa orqa tomoni bilan turib qolmasligi shart. 3. Chunki eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning ko‘pchiligi o‘quv materiali, tushuntirish, murojaat va h. k. o. larni labdan o‘qish asosida qabul qila oladilar; Inklyuziv sinf xonasi yaxshi yoritilgan bo‘lishi kerak. Chunki eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning o‘qituvchi va o‘quvchilarning yuzini, qo‘llarini yoki labini yaxshi ko‘rishi kerak; 4. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolani boshqa bolalarning labini ko‘ra olishi uchun partalarni shunga muvofiq tarzda joylashtirish lozim; 5. Doimiy ravishda sinfda shovqin kutarmasligi talab etiladi. Inklyuziv sinf xonasi maktabning tayach va sokin tarafida bo‘lishi talab etiladi; 6. O‘qituvchi aniq talaffuz va baland ovozda lekin baqirmasdan gapirishi tavsiya etiladi. Tayanch-harakat a’zolardaida inklyuziv ta’limida muammolari bo‘lgan bolalar sinflarni va dars jarayonini moslashtirish. Yengil darajagi serebral falaj bolani umumta’lim sinflarda o‘qitish uchun ko‘p narsa talab etilmaydi. Ammo og‘ir darajadagi serebral falaj bolani umumta’lim tizimida o‘qitish sinfni moslashtirish bir oz murakkabroq. Buning uchun sinfni moslashtirish qo‘ydagi imkoniyati cheklangana bo‘lishi mumkin: 1. Serebral falaj bola o‘tirganda boshi va gavdasini to‘g‘ri tutish uchun masus joylar; 2. Bolaning bo‘yini kerakli darajada tuta olishi uchun maxsus o‘rindiqlar; 3. O‘qituvchi va tengdoshlar bolani tushuna olishlari uchun muloqat taxtalari (masalan, rasm yoki turli razmiy belgilardan tashkil topgan taxtalar); 4. Bola sinfda harakatlana olishi uchun sinf xonasining devorlariyoniga yordamchi vositalar qo‘yish; 5. Sinf xona partalari serebral falaj bolaning aravachasi uchun moslashtirish; 6. Agar bolaning nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lsa muloqatning boshqa shakllardan, masalan rasmlar yoki chizilgan razmiy kartochkalardan foydalanish mumkin. Ular sinf taxtasiga joylashtirilsa, bola o‘z fikrini bu vositalar orqali ifoda etadi; 7. Bolani savollar berishga undang, lekin unga o‘z nutqi bilan yoki boshqa vositalar orqali javob berishga fursat bering; 8. Kompeleks yordam (tibbiyot xodimi logoped, massajist yordami) turini tashkil etish; 9. Tengdoshlaridan bola bilan o‘zaro muloqat qilishlarini so‘rang, chunki bolalar doimo bir birlari bilan muloqat qilish yo‘lini topadilar; 10. Qo‘l, oyoglarni boshqara olishda qiynalgan bolalar yozishda juda ko‘p qiyinchiliklarga uchraydilar. Shuning uchun ularning yozishlarga qo‘shimcha vaqt ajratish lozim, yoki ularga ma’lumotning nusxasi berilishi yoki boshqa o‘quvchi ularga yozib berishi mumkin. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling