Boshlang’ich sinflarda alohida ta’lim ehtiyojlariga EGA o‘quvchilarni birga


Yengil darajadagi aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolalar inklyuziv


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/21
Sana15.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1776450
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Boshlang 5 MODUL

Yengil darajadagi aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolalar inklyuziv 
ta’limida sinflarni va dars jarayonini moslashtirish.
1. Aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolalar diqqatini tarqaqligini hisobga olib 
partada ortiqcha narsalar bo‘lmasligi kerak;
2. Aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolalar tez charchab qolishini hisobga olgan 
holda, ular harakatda bo‘lish imkonini beruvchi topshiriqlar berib turish («daftarlarni 
yig‘», «doskani tozala» kabi);
3. Har bir darsda jismoniy daqiqa o‘tkazishni unutmaslik;
4. Sinfda yetakchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan o‘quvchini aniqlab, «sinf boshqaruvchisi» 
(imkoniyati cheklangan o‘quvchi) etib tayinlash (bu o‘quvchidan o‘qituvchi aqliy 
rivojlanishida muammosi bo‘lgan bola bilan ishlayotganda ko‘proq foydalanadi);
5. Aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolalarni sinfdagi eng a’lochi o‘quvchi bilan 
birga o‘tqazish; 
6. Darsda asosiy ko‘rgazmallikka foydalanish;
7. Aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolaga topshiriqlarni qismlarga bo‘lib berish;


8. Bolani rag‘batlantirishni unutmaslik;
9. Usullarning xilma – xilligidan doimiy ravishda foydalanish;
10. O‘yin metodlariga maksimal darajada tayanish;
11. Bola topshiriqni bajarayotganda unga qo‘shimcha yoki amaliy ko‘rsatma ham berish;
12. Sinf jamoasiga aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolaning ham hissasi 
qo‘shiladigan topshiriqlar berish;
13. Doimiy ravishda aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolani nazorat ostiga olish. 
Sinf va guruhlarda inklyuziv ta’lim tushunchasini rivojlantirish. Bolalar ongida irqchilik, 
nog‘ironlik hamda imkoniyatlar kengligi xususida to‘g‘ri tushunchalarni shakllantirish 
inklyuziv ta’limning samaradorligini oshirishda juda ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Noto‘g‘ri tushunchalarning mavjudligi sababli imkoniyati cheklangan bolalar xaqorat va 
masxaralanishiga duchor bo‘lmoqdalar. Bundan ham ayanchlisi shu kabi salbiy 
munosabatdagi xulq-atvorni ayrim o‘qituvchilarning e’tiborsiz qoldirayotganligidir.
Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish uchun ham barcha maktablarda hamma bolalar 
uchun teng huquqli, sevimli, do‘stona iliq munosabatdagi muhitni yaratish lozim. 
Pedagoglar barcha sinflarda bolalar o‘z hayotlari va his tuyg‘ularini muhokama qila 
oladigan o‘zoro qo‘llab – quvvtlovchi va ham jihatlikdagi ijobiy muhitni yaratishga 
yordam berishlari lozim;
- o‘quvchilar ongiga nogironlik – alohidalik emas, balki kamchilikni majudligi natijasida 
imkoniyatlar chegaralanganligini tushuntira bilish lozim. Pedagoglar ayrim holatlarda 
stereotiplarni qo‘llashdan qochishlari va tashabbuslari qo‘llashdan keyin ham bolalar 
oldida sharxlamasliklari lozim.
Ular bolalarga nima uchun laqab qo‘yish, masxara qilish, salbiy munosabatlarni yuzaga 
keltirishini tushuntirib berishlari va bunga yo‘l qo‘ymasliklari talab etiladi. Zarur bo‘lgan 
holatlarda imkoniyati cheklangan bolalarda ayrim o‘quvchilar tamonidan biliralayotgan 
salbiy munosabatlarni butun sinf bilan muhokama qilish o‘rinli hisoblanadi. Ijobiy 
natijaga erishish uchun oxirgacha kurashish lozim. Har bir muhokama bolalarning 
yutuqlarining uning avvalgi yutuqlariga salishtirib, qayd etib, takidlab borish muhimdir. 
o‘quvchilar bilan turli xildagi va psixologik testlar o‘tkazishda bolaning irqiga, ijtimoiy 
kelib chiqishiga, jinsi va nogironlikka oid savollarni bermaslik ayni muddao. 
O‘qituvchilar ishlarini va ularning yutuqlarini barcha sohalarida maktab va maktabdan 
tashqari ishlarda namoyish qilib borish kerak.
Darslarga materiallar tayyorlashda imkoniyati cheklangan bolaning ijod namunalarini 
ham qo‘llash juda samara beradi. Kitob, plakatlar va dasturlarni qo‘llayotib, shunga 
ishonch hosil qilish kerakki,ular inklyuziv ta’limga mos kelishi kerak. Maktablar ochiq 
bo‘lishi, o‘quvchilar, ota-onalar va pedagoglar muloqat qila bilishi kerak.


Aravacha yuradigan yoki xassa va boshka moslamalar orqali harakatlanuvchi bolalar 
uchun sinfdagi harakatlanish joylarini yetarli ekanligiga ishonch qilish uchun 
quyidagilarga e’tibor bering:
- Qo‘rish va eshitish qiyinchiliklariga ega bolalar gilam va partalar orasida butun 
sinf faoliyatida ishtirok eta oladigan tarzda o‘tirganlariga ishonch hosil qiling.  
- Ta’lim olishda kiyinchilikka uchraydigan va bunda ta’lim olish imkoniyatlarini 
qo‘llay olishlariga ishonch hosil qiling.  
- Turli xil tibbiy muammolarga ega bolalarning ayrimlari tez-tez ovqatlanish
suyuqlik imkoniyati cheklanganish yoki boshkalarga qaraganda ko‘prok borish 
ehtiyojiga ega bo‘ladilar.  
- Bunday bolalar o‘zlarini noqulay his etmasliklari uchun zarur shart-sharoitlarini 
yaratishga e’tibor qarating.  
- Uzoq muddat tik tura olmaydigan bolalar ham e’tibordan chetda qoldirmang.  
- Agar bolaga diqqatni jamlash yoki ko‘rinmas yashirish (autizim yoki giperfaollik 
natijasida diqqatning yetishmasligi) natijasida tinch o‘tirishga qiynalsa, boshqa 
o‘quvchilar aytilgan vazifalar bilan mashg‘ulot bo‘lsalar ham diqqati tarqoq 
o‘quvchilarning bir nafas dam olishlariga imkon bering.  
Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktablarida tayyorlov guruh va 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling