Boshlang’ich sinflarda alohida ta’lim ehtiyojlariga EGA o‘quvchilarni birga


Inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/21
Sana15.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1776450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
Boshlang 5 MODUL

Inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari:
–imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim olishlari uchun zaruriy psixologo-
pedagogik, korreksion sharoitlarni yaratish;
-umumta’lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish;
– o‘quvchilarning ta’limdagi tenglik huquqini kafolatlash;
– jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog‘lom bolalarning 
ehtiyojlarini qondirish; 
- ijtimoiy xayotga erta moslashtirish;
– imkoniyati cheklangan bolalar oilalardan ajralmagan holda yashash huquqini 
ro‘yobga chiqarish; 
– jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan do‘stona va mehr-
muhabbatli munosabatni shakllantirishdir.
Inklyuziv ta’limning qoidalari:
1. Insonning qadr qimmati, uning qobiliyati va yutug‘iga bog‘liq emas.
2. Har bir inson o‘ylash va xis qilish qobiliyatiga ega.
3. Har bir kishi eshitish va muloqot qilish qobiliyatiga ega.
4. Har bir kishi bir-biriga muhtoj.
5. Shaxsning to‘liq va haqiqiy ta’lim olishi faqat real hamkorlikda amalga 
oshadi.
6. Hamma kishilar o‘z tengdoshlarini qo‘llab-quvvatlashga muhtoj.
7. Hamma ta’lim oluvchilarni yutuqga erishishiga ularning nimadir qila 
olmasligi emas , balki nimanidir qila olishidir.
8. Inklyuziv ta’lim amalga oshirayotgan umumta’lim maktabdagi sinflarda 
integratsiya qilingan o‘quvchilar soni 2–3-4 nafardan oshirilmaydi hamda 
o‘quvchilarning umumiy soni 30 nafargacha belgilanadi
Inklyuziv ta’limga bo‘lgan ehtiyojlar Har bir shaxsda mehr olish, etiborda 
bo‘lish, himoyalanish, shaxsiylik faoliyatini ruxlantirish va shu kabi ehtiyojlar mavjud. 
Nogiron odamlar bundan mustasno emas, lekin bulardan tashqari ularning alohida 


shaxsiy ehtiyojlari mavjud. Ularning xatti harakatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari kabi 
jihatlariga asoslangan holda nogironliklari o‘xshash bo‘lgan taqdirda ham ular bir 
biridan farq qiladi Har bir bola shaxs sifatida mukammaldir va har bir bola hayotga 
moslashish va rivojlanish uchun yordamga muhtojdir. Imkoniyati cheklangan bolalar 
ham sog‘lom bolalar bilan birgalikda o‘zaro faoliyat ko‘rsatishlari mumkin.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling