Ikkinchi qism toshkent – 2023
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Anotatsiya: Maktabgacha yoshdagi bolalarda akmeologik qobiliyatni tarkib toptirishda bolalarning kompetentligini rivojlantirishning didaktik tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash jarayoniga innovatsion texnolo- giyalarini keng joriy etish, akmeologik yondashuv asosida bolalarning bilish kompetentligini rivojlantirish, bolalarning individual ta’lim traektoriyasini samarali tashkil etish orqali bilish faolligini oshirishda muhim o‘rin egallagan. Kalit so‘zlar: iqtisodiy intellektual resurs, akmeologik qobiliyat,integrativ, model, kompetent, korreksiya 91 Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishda jahonning rivojlangan mamlakatlarining maktabgacha ta’lim tizimidagi tajribalarini o‘rganish, mahalliy shart- sharoitlar, iqtisodiy va intellektual resurslarni inobatga olgan holda jamiyat hayotining maktabgacha ta’lim sohasida tub islohotlarning amalga oshirilayotganligi yangidan-yangi natijalarga va yutuqlarga erishishni ta’minlamoqda. Zamonaviy talablar inobatga olingan holda, maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda kognitiv kompetentlikni rivojlantirib, muntazam takomillashtirib borish ishlarini tashkil etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda akmeologik qobiliyatni tarkib toptirish, bolalarning kompetentligini rivojlantirishning didaktik tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash jarayoniga innovatsion texnologiyalarini keng joriy etish, akmeologik yondashuv asosida bolalarning bilish kompetentligini rivojlantirish, bolalarning individual ta’lim traektoriyasini samarali tashkil etish orqali bilish faolligini oshirish muhim o‘rin egallamoqda. Shningdek, maktabga tayyorlash jarayonida bolalarning ta’limiy faoliyatni amalga oshirishga tayyorligi va qobiliyatini aks ettiruvchi integrativ o‘ziga xoslik sifatida kompetensiyaviy yondashuv bilan bolalarning maktabga tayyorlik tizimining o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda innovatsion texnologiya- laridan foydalanishning maqbul mexanizmlarini ishlab chiqish, bolalarning individual ta’lim traektoriyasini loyihalash, tayanch kompetensiyalar natijasi sifatida bolalarning kognitiv kompetentligini rivojlantirishga doir kuzatish, taxlil kilish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, bo‘lajak maktab o‘quvchilarida kognitiv kompetentlikni rivojlantirish jarayonini akmeologik ta’lim muhiti bilan integrativligini ta’minlash, tarbiyalanuvchilarda o‘z-o‘zini takomillashtirish istagini qaror toptirish, mustaqil bilimlarni o‘zlashtirish ko‘nikma va malakalarini, kreativlik, yangi qadriyatlarni o‘zlashtirishga, qobiliyatlilikni rivojlantirish- ning didaktik shart-sharoitlarini takomillashtirish muhim ustuvorlik kasb etmoqda. Respublikamizda maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda 92 xorijiy tillarni o‘rgatish, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnolo- giyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega professional pedagog kadrlar tayyorlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Respublikamizda maktabgacha yoshdagi bolalarni kompetentligini rivojlantirish, tarbiyachilarning o‘quv- bilish faoliyatini takomillashtirishning didaktik parametlari, ta’limni axborotlashtirish sharoitida tarbiyachilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirishning ayrim jihatlari alohida muxim ahamiyatga ega. Biroq akmeologik yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv kompetentligini rivojlantirish mazmuni, tuzilmasi, komponentlari, mezon- lari, ko‘rsatkichlari, kognitiv kompetentlikni rivojlantirish mexanizmi sifa- tida akme shaxs modeli, maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv kompe- tentlikni rivojlantirishning texnologik jihatlarini tadqiq etish zarur…… Bu esa, akmeologik yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv kompetentligini rivojlantirishning texnologiyasini takomillashti- rish yuzasidan ilmiy-tadqiqot olib borishni taqozo etdi. [1] 142 Tadqiqot davomida biz asosiy maqsad sifatida akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘quvchilarda kognitiv kompetentlikni rivojlantirish texnolo- giyasini takomillashtirishdan iborat etib tanlab oldik hamda quyidagi vazifalarni amalga oshirishni rejalashtirdik: • kredit-modul tizimida kognitiv kompetentlikning o‘rni va ahamiyatini yoritib berish; • bo‘lajak o‘qituvchilarda kognitiv kompetentlikni rivojlantirishning akmeologik xususiyatlarini aniqlashtirish; • kognitiv kompetentlikni rivojlantirish mexanizmi sifatida akme shaxs modelini takomillashtirish; • bo‘lajak o‘qituvchilarda kognitiv kompetentlikni rivojlantirishning akmeologik texnologiyasini takomillashtirish. Mazkur tadqiqotdan kutilayotgan ilmiy yangiliklarni quyidagilardan iborat: bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirish tuzilmasi (komponentlari, mezonlari, ko‘rsatkichlari) axborotlarni izlash, qayta ishlash va qo‘llash bo‘yicha shaxsiy tajribani to‘plashga imkon beruvchi motivatsion-irodaviy, o‘quv-bilish, xulq-atvor va refleksiv- baholovchi faoliyat natijasini aks ettiruvchi shaxsning integrativ dinamik xususiyatiga barqaror ustuvorlik berish asosida aniqlashtiriladi; bo‘lajak o‘qituvchilarda kognitiv kompetentlikni rivojlantirishning akmeologik xususiyatlari shaxsiy akmeologik, yo‘nalishlararo, produktiv, 93 refleksiv-innovatsion, kreativ-shaxsiy rivojlanish, tadqiqotchilik mezon- larini o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini korreksiyalash, o‘z-o‘zini aktuallash- tirish bilan semantik aloqasini ta’minlash orqali takomillashtiriladi; kognitiv kompetentlikni rivojlantirish mexanizmi sifatida akme shaxs - modelining jarayonli-mazmunli bloki obyektiv, sub’ektiv, obyektiv- sub’ektiv omillarini hisobga olish asosida didaktik o‘zaro ta’sir sifatida sub’ekt-sub’ekt munosabatlarini bosqichma-bosqich kengaytirib borish orqali takomillashtiriladi; bo‘lajak o‘qituvchilarda kognitiv kompetentlikni rivojlantirishning texnologik bosqichlari (o‘z-o‘zini anglash, mustaqil bilim olish, o‘z-o‘zini rivojlantirish) o‘quv-bilish faoliyati tavsifiga mos keluvchi muammoli, hamkorlikda o‘qitish, individuallashtirish, izlanishli-tadqiqotchilik, o‘quv axborotlari ustida ishlash jarayonida yuqori motivatsiyani rag‘batlovchi metodlarni (emotsional-axloqiy vaziyatlarni yaratish; rag‘batlash; bilishga doir o‘yinlar; o‘quv munozarasi; istiqbolni prognozlash, o‘quv loyihasi) tizimli qo‘llash asosida takomillashtirilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv kompetentlikni rivojlanti- rishning akmeologik xususiyatlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalardagi kognitiv kompetentlikni rivojlantirishning mavjud holati yoritib berilishi, bolalarda kognitiv kompetentlikni rivojlantirishning akmeologik texnologiyasini joriy etishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari yoritib berilishi nazarda tutilgan. Akmeologiyaning predmetida shaxs individual faoliyatining barcha sohalarida erishgan maksimal etuklikka ega bo‘lishi lozim degan konsepsiya yuzaga kelgan. Maksimal etuklik shaxs rivojining yuqori cho‘qqisi va individual faoliyat bilan bog‘liq ekan, demak ana shu cho‘qqi yunonchada “akme” deyiladi va bu soha akmeologiya deb yuritiladi. Akmeologiya izchillik, ya’ni mukammallik cho‘qqisiga intilish, bu – inson hayotining ajralmas xususiyati bo‘lib, bu ibora orqali shaxsiy, kasbiy rivojlanish va o‘zini-o‘zi takomillashtirishga moyillik anglanadi. B.G.Ananevning fikricha, akmeologiyaning ilmiy asosi, insonning rivojlanishida individ, shaxs, individuallik va sub’ektning hayot faoliyati haqidagi fanlar integratsiyasidan tashkil topgan. Akmeologiya predmeti- odamning ijodiy salohiyati bo‘lib, u inson tomonidan o‘ziga inoyat etilgan barcha imkoniyatlar va iqtidorni qanday qilib, qanday shart-sharoitlarda, qaysi qonuniyatlar ta’sirida ruyobga chiqarishini kompleks tarzda o‘rganadi. Akmeologiyada maktabgacha yoshdagi bolaning shaxsiy faoliyati va o‘z hayotini o‘zi belgilashi, o‘zini-o‘zi rivojlantirishi va ijodkorlik qobiliyatini 94 shakllantirishi, uning hayotiy faoliyati sub’ekt sifatida qarab chiqiladi. Akmeologiya fanining asosiy vazifasi ongli faoliyat sub’ekti bo‘lmish shaxsni ya’ni maktabgacha yoshdagi bolani turli faoliyat jarayonlarida, xususan, davlat talablari va «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturi asosida maktabga tayyorlanish doirasida o‘z ijodiy salohiyatini to‘la ochish va amalda namoyish etishiga bog‘liq bo‘lgan bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, malakalar, texnologiyalar bilan ta’minlashdir. [2] V. Karimova “ har bir taraqqiyot davrining o‘ziga xos ahamiyatli tomoni bor, oxirgi yillarda akmeologiya fani paydo bo‘ldiki, u aynan etuklikka erishishning shart-sharoitlari va omillarini o‘rganadi, davr nuqtai nazardan ayni muhokama qilinayotgan yosh davrlarining xususiyatlarini o‘rganadi” [3], deb ta’kidlaydi. Demak, har bir yosh davrlarida shaxsda turli dinamik xususiyatdagi akmeologik rivojlanishni bashorat qilish mumkin. M.M. Kashapov inson yosh davrlarida psixik va kasbiy rivojlanish bosqichlarini quyidagicha bosqichlarga ajratgan: Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling