Ikkinchi qism toshkent – 2023


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

yigʻlashadi. Katta boʻlganlarida esa turli qiliqlar qilishadi. Bu – tarbiyaning 
oqibati”
, deb yozgan edi. Olmon faylasufi Immanuil Kant oʻz asarida “Inson 
faqat tarbiya orqali inson boʻladi, uning qandayligi tarbiyaning natijasidir”, 
degan fikrni bildiradi . 
Tarbiyaga eʼtiborsizlikning oqibati nimalarga olib kelishini oʻz vaqtida 
Аbdulla Аvloniy kuyunib, “Bugungi kunda jamiyatimizning yuzini qora 
qiluvchi pastkashlar, yomonlar, beboshlar, oʻgʻrilar, giyohvandlar va 
nashavandlar… kecha tarbiyalariga eʼtibor berilmagan bolalardir”, deb yozib 
qoldiradi. 
Аdabiyotshunos olim Аbdurauf Fitrat “Xalqning harakat qilishi
davlatmand boʻlishi, baxtli boʻlib izzat-hurmat topishi, jahongir boʻlishi, 
zaif boʻlib xorlikka tushishi, faqirlik jomasini kiyib, baxtsizlik yukini tortib 
eʼtibordan qolishi, oʻzgalarga tobe va qul, asir boʻlishi bolalikdan oʻz ota-
onalaridan olgan tarbiyalariga bogʻliq. Bolalar axloqiy tarbiyani muhitdan 
oladilar, boshqacha qilib aytganda, bolalar suvga oʻxshaydi, suv idishning 
shaklini olganidek, bolalar ham muhitning odob-axloqini qabul qiladilar”. 
Аlixontoʻra Sogʻuniy tarbiya xususida shunday yozadi: “Yolgʻiz insonga 
emas, barcha jonli mavjudotlarda taʼlim-tarbiya taʼsiri koʻz oldimizda koʻri-
lib, buning natijalari butun dunyoga tarqalib turmoqda. Oʻqitish-oʻrgatish 
buyon tursin, suhbat oʻzi ham, suhbatdoshlarga oʻt bilan suvdek tez oʻtadi. 
Shuning uchun ham har kimga, suhbat yoʻldoshlariga qarab baho beriladi”. 
Darhaqiqat, nafaqat bir oila, balki yer sayyorasidagi har bir 
mamlakatning gullab-yashnashi, undagi yashovchi xalqlarning farogʻati 
ham shak-shubhasiz taʼlim va tarbiya tufaylidir. 
Maʼlumki, ulugʻ mutafakkir Аbu Аli ibn Sino merosida ilm va axloq 
uygʻunligi masalasi alohida oʻrin tutadi. Аllomaning “Tadbiri manzil” 
risolasida tarbiya masalasi koʻproq tahlil etilgan. Xususan, “Tadbiri 
manzil”da inson tayyor shaxsiy sifat, odat va koʻnikmalar bilan tugʻilmasligi 
qayd etiladi. Bunday xususiyatlar odamning ijtimoiy hayotida sekin-asta 
shaxsiy va oʻzgalar tajribasi, avvalgi ajdodlar anʼanalari, taʼlim-tarbiya 


56 
oʻzgalarning taʼsiri ostida shakllanadi. Shaxs kamolotida ijobiy fazilat va 
odatlarni qaror toptirish qanchalik qiyin va mushkul boʻlsa, maʼnaviy 
qiyofaga yopishib olgan salbiy jihat va odatlardan xalos boʻlish shunchalik 
murakkabdir. 
Аlloma nazdida bolalar tarbiyasini barvaqt boshlagan maʼqul: “Bola 
tana boʻgʻinlari barqaror boʻlgan, uning tili toʻgʻri, ravon gapirish va 
quloqlari tinglash va oʻzgalar soʻzlarini qabul qilish hamda oʻrganilayotgan 
narsaga (tabiiy) moyillik paytdan boshlab uni ilmlar va axloq-odob 
(asoslari)ga oʻrgatib borish lozim”. 
Yuqoridagilardan shu narsa maʼlum boʻlmoqdaki, hamma vaqt 
tarbiyada butun ish nafaqat ota-onalarga, balki goʻzal axloq va ilmiy 
salohiyatga ega boʻlgan ustoz-muallimlarning saʼy-harakatiga ham bevosita 
bogʻliq. Bunda ishni tashkil qilish shakllarinigina emas, ayni paytda
ishlashni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish shartlarini bilish ham muhimdir. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling