Ikkinchi qism toshkent – 2023


yechimi ma’naviy yuksalishga


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

yechimi ma’naviy yuksalishga qaratilgan profilaktika ishlari bilan 
bog‘liqdir. Ushbu muammolarni bartaraf qilishda oqibat bilan kurashgandan 
ko‘ra uning oldini olish, ya’ni sababni bartaraf qilish muhim ahamiyatga 
ega. Mavjud muammolarning sababi odamlarning xulqi bilan bog‘liq
chunki jamiyatda qanaqa muammo bo‘lmasinki, u odamlar tomonidan 
sodir qilinadi. Shunday bo‘lganligi sababli muammolarning yechimi 
odamlarning xulqini o‘rganishni taqozo etadi. Odamning xulqi uning baxt 
to‘g‘risidagi tushunchasi bilan bog‘liq bulganligi uchun, eng avvalo, baxt 
nima ekanligini va uni shakllantiruvchi omillarni aniqlab olishimiz kerak 
bo‘ladi. Chunki inson nimani orza qilsa o‘shanga intilib yashaydi, insonning 
orzusi baxtli hayot ekan, demak, odam xulqini uning baxt to‘g‘risidagi 
tushunchasi belgilab beradi.


139 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimizda 
amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali qilishda va ijtimoiy taraqqiyotni 
ta’minlashda asosiy to‘siq bo‘lgan korrupsiya illatiga qarshi kurashish 
to‘g‘risida gapirib, “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha 
qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning 
barcha a’zolari, ta’bir joiz bo‘lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, 
o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning 
oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerak” [1], 
– deb ta’kidladi. Jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘lgan korrupsiya illatining 
barvaqt oldini olish uchun profilaktika ishlarini samarali amalga oshirish kerak 
bo‘ladi. Buning uchun esa, eng avvalo, profilaktika jarayonida odamlar 
emlanadigan “vaksina” yaratilgan bo‘lishi kerak. Bunday “vaksina”ni ishlab 
chiqish uchun inson xulqini belgilaydigan omillarni aniqlash va o‘shandan 
kelib chiqib fikrlash kerak bo‘ladi. Chunki korrupsiyaning sababi insonning 
xulqi bilan bog‘liq va “vaksina” korrupsiyani keltirib chiqaradigan buzuq 
xulqning omillarini bartaraf qilishi kerak. 
Insonning xulqi yuqorida ta’kidlaganimizdek uning azaliy orzusi 
bo‘lgan baxt to‘g‘risidagi tushunchasi bilan bog‘liq. Insonda ijtimoiy ong 
shakllangandan boshlab u baxtli yashaydigan farovon jamiyatni orzu qilib 
kelmoqda va nimani baxt deb hisoblasa, o‘shanga intilib yashamoqda. 
Shuning uchun insonning xulqi, yurish-turishi, hatti-harakati va to‘g‘ri 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling