Ikkinchi qism toshkent – 2023
yoki egri yo‘ldan yurishi uning baxt to‘g‘risidagi tushunchasi
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
yoki egri yo‘ldan yurishi uning baxt to‘g‘risidagi tushunchasi bilan
bog‘liq bo‘ladi. Agar inson uchun baxtli bo‘lish moddiy jihatdan boy bo‘lish bo‘lsa, unda u moddiy boylik ilinjida yashab, o‘zining moddiy ehtiyojlarining quliga aylanib qoladi va moddiy boylik uchun huquq va axloq me’yorlarini buzishga moyil bo‘ladi. Buni tushunish uchun esa, ular baxt bu, eng avvalo, qo‘rquvsiz erkin yashash hissi, tinchlik va xotirjamlik ekanligini anglab olgan bo‘lishlari lozim. Buni anglab olgan odamda yuqorida qayd etilgan illatlarga qarshi immunitet shakllangan bo‘ladi, chunki ushbu illatlar inson baxtliligining muhim sharti bo‘lgan qo‘rquvsiz erkin yashash hissi va xotirjamlikdan mahrum etadi. Shuning uchun insonning baxt to‘g‘risidagi sog‘lom tushunchasi “halollik vaksinasi”ning muhim elementi sifatida xizmat qiladi deb aytish mumkin. Albatta “halollik vaksinasi” tarkibida boshqa elementlar ham bo‘ladi, lekin baxt to‘g‘risidagi sog‘lom tushuncha asosiy element hisoblanadi, chunki vaksinaning boshqa barcha elementlari baxt to‘g‘risidagi tushuncha bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, demokratiya, mustaqillik, tinchlik, adolat, ma’naviyat va boshqa omillar vaksinaning elementi bo‘lishi uchun inson ushbu omillar uning hayotini baxtli qilishidagi ahamiyatini bilishi kerak bo‘ladi. Aytaylik, ma’naviyat “halollik 140 vaksinasi”ning elementlaridan biri bo‘lishi uchun baxtli hayot ma’naviyatga bog‘liq ekanligini asoslab berish kerak bo‘ladi. “Halollik vaksinasi” to‘g‘risida gapirganda, eng avvalo, u nima ekanligini anglab olish kerak. Xo‘sh “halollik vaksinasi” nima? “Halollik vaksinasi” deganda harom qilingan ishlarni qilishga undaydigan virusni o‘ldirishga qodir bo‘lgan antivirus rolini bajaradigan g‘oyalar majmui tushuniladi. Korrupsiya illati ana shunday shunday harom qilingan ijtimoiy kasallik hisoblanadi va bu kasallikni keltirib chiqaradigan virus bo‘ladi. Korrupsiya muammosi hech qanday mubolag‘asiz bugungi kundagi eng murakkab va eng dolzarb, jiddiy muammodir, chunki korrupsiya jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan adolatli ijtimoiy tartibni buzadi. Adolat tamoyili buzilgan joyda esa odamlar norozi bo‘lishadi, norozilik esa ijtimoiy tanglikni keltirib chiqaradi. Ijtimoiy tanglik ertami-kechmi parokandilikni, parokandalik esa mustaqillikni ham dargumon qilib qo‘yadi. Demak, korrupsiya muammosi hech qanday mubolag‘asiz milliy xavfsizligimizga eng xavfli tahdid deb aytish mumkin. Baxtga ta’rif berganda, baxt – bu qo‘rquvsiz erkin yashash hissi va Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling