Ikkinchi qism toshkent – 2023


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

Kalit so‘zlar: Farovon jamiyat, baxtli hayot, mustaqillik, tinchlik, adolat, 
ma’naviy va mafkuraviy tahdid, poraxo‘rlik va korrupsiya, virus va antivirus, 
profilaktika va vaksina, immunitet, demokratiya va fuqarolik jamiyati. 
Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy taraqqiyoti, eng avvalo, jamiyatning 
rivojlanish darajasiga va shu jamiyatning a’zosi bo‘lgan har bir fuqaroning 
hayotga ongli munosabatda bo‘lishiga bog‘liq. Bunday munosabatning 
shakllanishi esa, jamiyatning umumiy madaniyatini rivojlanish darajasining 
yuksakligi orqali ta’minlanadi. Jamiyat madaniyatini yuksakligi esa, insonni 
ijtimoiy hayotga tayyorlashning muhim sharoiti bo‘lgan ta’lim tizimini 
samarali ishlab turishiga bog‘liqdir. Chunki ta’lim tizimining funksiyasi 
jamiyatga bilimli va ma’naviyatli kadrlarni tayyorlab berishdan iborat. 
Bugungi kunda ta’lim tizimida bilim va ma’naviyatni uyg‘unlikda 
rivojlanishini ta’minlash muammo bo‘lib qolmoqda. Chunki ta’lim tizimida 
asosiy e’tibor bilimga qaratilib ma’naviyat nisbatan e’tibordan chetda 
qolmoqda. Bu esa, o‘z navbatida ma’naviyatni qashshoqlashuvi va 
nosog‘lom ijtimoiy muhitni keltirib chiqarmoqda. Bugungi kunda insoniyat 


138 
jamiyatida mavjud bo‘lgan barcha global muammolarning sababi aynan ana 
shu ma’naviy qashshoqlik bilan bog‘liq. 
Bugun butun dunyo yoshlari singari O‘zbekiston yoshlari ham diniy 
fundamentalizmining mafkuraviy tahdidi, “ommaviy madaniyat” niqobi 
ostidagi buzuqlik va axloqsizlik tahdidi va korrupsiya tahdidi ostida yashab 
kelmoqdalar. Bunday tahdidlardan himoyalanishning eng maqbul yo‘li 
ularga qarshi immunitetni shakllantirishga qaratilgan profilaktika ishlaridir. 
Ma’naviy-ma’rifiy profilaktika jarayonida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish 
g‘oyaviy tahdidlarga qarshi immuniteni shakllantirishda muhim ahamiyatga 
ega. Shuning uchun “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston-
ning taraqqiyot strategiyasi”da ma’naviy yuksalish alohida ustuvor 
yo‘nalish sifatida belgilab berilgan. Ma’naviyatni yuksaltirish ta’lim tizimida 
ma’naviy-ma’rifiy profilaktika ishlarini samarali tashkil qilish bilan bog‘liq. 
Yuqorida qayd qilingan muammolarning eng xavflisi korrupsiya illatidir 
chunki korrupsiya muhitida har qanday yaxshi g‘oya ham immunitetni 
shakllantira olmaydi. Shuning uchun biz quyida korrupsiyaga qarshi 
ma’naviy-ma’rifiy profilaktika ishlarini samarali qilish masalasini tahlil 
qilishni maqsad qilib qo‘ydik. Korrupsiyaga qarshi immunitetni 
shakllantirish bilan mafkuraviy tahdid va “ommaviy madaniyat” tahdidiga 
qarshi immunitetni shakllantirishga erishish mumkin. 
Ma’lumki, 
O‘zbekistonda 
amalga 
oshirilayotgan 
islohotlar 
muvaffaqiyatiga va taraqqiyotimizga asosiy to‘siq korrupsiya illati 
hisoblanadi. Shuning uchun muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 
Oliy Majlisga qilgan murojaatnomalarida “Meni juda qattiq tashvishga 
soladigan va bezovta qiladigan eng og‘ir illat – korrupsiya balosi...” [1] deb 
ta’kidladilar. Korrupsiyaga qarshi kurash masalasi bugungi kunda 
O‘zbekiston uchun eng dolzarb muammo sanaladi va ushbu muammoning 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling