Ikkinchi qism toshkent – 2023


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga 
murojaatnomasi. 2020 yil 29 dekabr 
 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi 
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-11-F-5847son farmoni. 
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi 
“O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son farmoni. 
 
 
BOLALAR ADABIYOTI TA’LIM MUASSASALARIDA IJTIMOIY-
MA’NAVIY MUHITNI SOG‘LOMLASHTIRUVCHI VOSITA SIFATIDA 
 
Najimova Dilnavoz,
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat 
 o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti. 
 
Annotatsiya. Bolalar adabiyoti xoh u matn ko‘rinishida, xoh o‘yin, xoh 
multiplikatsion film ko‘rinishida bo‘lsin, bolaning ongi, tafakkuri, dunyoqarashi 
haq va botil haqidagi qarashlariga chuqur ta’sir qiladi. Maqolada bolalar 
adabiyoti va dabiyotshunosligida bugun dunyo miqyosida bo‘y cho‘zayotgan 
ayrim nazariyalar ko‘rib chiqilgan. Bolalar uchun qanday asar o‘qitish lozim 
degan masalaga xalqaro nazariyalardangina ta’sirlanish yoki shundayligicha 


129 
uni qabul qilish xato ekanligi, bu masalada milliy nuqtayi nazarga ega bo‘lish 
muhimligi haqida xulosa berilgan.
Kalit so‘zlar: bolalar adabiyoti, yosh psixologiyasi, rivojlanish psixolo-
giyasi, feminizm, liberalizm, karnaval adabiyoti, milliy nuqtai-nazar. 
 
Rivojlanish psixologiyasiga oid aksariyat tadqiqotlarda 0-5 yoshgacha 
bo‘lgan tarbiya inson hayotida juda muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida 
aytiladi. Taniqli pedagog Anton Semenovich Makarenko shunday deydi: 
“Bolaga tarbiyani 5 yoshgacha berishimiz kerak. U 90% tarbiyani besh 
yoshgacha oladi, undan keyingi tarbiya va bilimlar esa bolada uni 
mustahkamlash bilan kechadi” [1]. Amerikadagi Inson bilimlarini o‘rganish 
instituti o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, Inson tug‘ilgandan boshlab bilim 
o‘rganishni boshlaydi va bu jarayon umr oxirigacha davom etadi. Inson 
doimiy ravishda o‘rganadi. Ammo inson miyasining 90 %i tug‘ilgandan 
keyin dastlabki 3 yilda rivojlanadi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi davr (0-5) 
insonning rivojlanishi uchun eng optimal davr hisoblanadi. Bu davrda inson 
tez rivojlanadi va tez o‘rganadi. Besh yoshgacha bo‘lgan paytda insonning 
sezgi organlari, sezish qobiliyati, motor qobiliyatlari, nutqi va ijtimoiy xatti-
harakatlarining jadal rivojlanishi kuzatiladi. Olti yoshga kelib bolada katta 
odamda bo‘lishi kerak bo‘lgan miya hajmining 95%i shakllanib bo‘ladi [2]. 
Ammo sinapslar tashqi dunyodan kelgan ma’lumotlarga javoban bir-biriga 
ulanib borgani bois insonning tafakkuri va intellektiga javob beruvchi 
markaziy miya hujayralari butun bolalik davomida qalinlashib boradi va ong 
va tafakkur o‘sishda davom etadi. Demak, bolaga bu davrda berilayotgan 
axborotga, o‘qib berilayotgan kitobga, u tomosha qilayotgan multiplikatsion 
filmlarga e’tiborli bo‘lish, ularni milliy qadriyatlarimiz nuqtayi nazaridan 
baholab, tekshirib eng saralarini bolaga taqdim qilish bugungi globallashuv 
avj olib borayotgan zamonamizda har doimgidan-da dolzarbroq muammoga 
aylanib bormoqda.
Dunyo bo‘yicha bolalar uchun chop etilayotgan kitoblar soni yildan 
yilga ortib bormoqda. Bu esa ularning ichidan eng yaxshisini saralab o‘qish 
zaruratini keltirib chiqarmoqda. Natijada, dunyo bolalar adabiyot-
shunosligida bolalar adabiyoti nima? Bolalar adabiyoti bola haqida yozilgan 
adabiyotmi, bolalar yozgan adabiyotmi yoki bola uchun yozilgan 
adabiyotmi? Bolalar adabiyotida kattalarga xos mavzularni berish 
mumkinmi? Biz bolalar uchun yaxshi asar deb baholayotgan kitoblarimiz 
aslida bolaga tushunarlimi? Bolalarga qaysi yoshda qanday mavzudagi 
kitoblarni o‘qitish kerak? Bolalar kitoblari kattalar kitoblaridan nimasi bilan 


130 
farq qilishi lozim? kabi savollarga javob izlashga urinish natijasida xilma xil 
nazariyalar paydo bo‘lmoqda.
Buning natijasi o‘laroq oxirgi 30 yil ichida bolalar adabiyoti 
tanqidchiligi alohida akademik fan sifatida shakllandi. Bolalar adabiyoti 
tanqidchiligi dastlab bolaga qaratilgan, matn asosli va yozuvchiga 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling