Ikkinchi qism toshkent – 2023
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- Muammoni hal qilish yo‘llari
- Taklif va tavsiyalar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. О’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо’g‘risida”gi PQ-2909- sonli qarori. 2. R.Ishmuhamedov, M.Yuldashev. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. О’quv qо’llanma. Toshkent, 2017-y. 124 3. N.X.Avliyoqulov, N.N.Musayeva. Pedagogik texnologiya. Darslik. Toshkent, 2012-y. 4. N.N.Azizxо’jayeva. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. О’quv qо’llanma. Toshkent, 2009-y. 5. M.Ochilov. Yangi pedagogik texnologiyalar. О’quv qо’llanma. Qarshi, 2000-y. YANGI O‘ZBEKISTONDA O‘QUVChI YOSHLARNI MA’RIFATLI QILIB TARBIYALAShNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI Qulmatov Norqobil Eshmamatovich Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali katta o‘qituvchi, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlarbo‘yicha dekan o‘rinbosari Annotatsiya:Ushbu maqolaning mazmunida mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimida ilm-fanning rivojlanishi asosida o‘quvchi yoshlarni ma’rifatli qilib tarbiyalashning o‘ziga xos jihatlari, ma’naviy tarbiyaning samarali va ta’sirchan usullari bayon etiladi. Kalit so‘zlar: Yangi O‘zbekiston, o‘quvchi yoshlar, ilm-fan, ta’lim, tarbiya, ma’naviyat, madaniyat, ma’rifat, ma’rifatli inson, ma’naviy tarbiya, milliy va umuminsoniy qadriyatlar Tadqiqot ishining dolzarbligi: Yangi O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarining rivojlanish jarayonlarida uning kelajagini ta’minlaydigan yosh avlodning, jumladan o‘quvchi yoshlarimizning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi mamlakatimiz rivojlanish taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi globallashuv jarayonlari nihoyatda keskinlashib borayotgan bir paytda o‘quvchi yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida kamol toptirib ma’rifatli qilib tarbiyalashda, ularning qalbi va ongiga kirishga urinayotgan ma’naviy tahdidlarnining zararli oqibatlarini oldini olishda ta’lim tarbiyaning, jumladan ma’naviy tarbiyaning o‘rni va roli beqiyosdir. O‘quvchi yoshlarimizni ma’rifatli qilib tarbiyalashda eng asosiy vazifalarimizdan biri bu o‘tmish ajdodlarimiz va ota-bobolarimiz qoldirgan boy ma’naviy madaniy va moddiy merosimizni izchil o‘qitib-o‘rgatish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur anglatgan holda, yuksak ilm-fan 125 cho‘qqilarini egallashlari uchun barcha shart-sharoitlarni ta’minlab qo‘yishimiz lozim bo‘ladi. Bugungi kunda yangi O‘zbekiston jamiyatida o‘quvchi yoshlarni ma’rifatli qilib tarbiyalash eng muhim dolzarb ustuvor masalalaridan biri bo‘lib turar ekan, bu haqida prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev shunday deydilar: “Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchunchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda avvalo, ta’lim-tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim. Ushbu maqsad yo‘lida yoshlarimiz o‘z oldilariga katta marralarni qo‘yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko‘mak berish – barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro‘yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi. Shu maqsadda, “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”[1], degan g‘oya asosida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshiramiz”. Haqiqatdan ham ulug‘ ajdodlarimiz va ota-bobolarimizning o‘rnini bosadigan bugungi kun o‘quvchi yoshlarimiz aynan ana shunday bilim va qadriyatlar asosida voyaga etgan taqdirdagina savodli va ongli insonlar bo‘lib, mafkuraviy immunitetlari kuchli va har qanday ko‘rinishdagi ma’naviy va mafkuraviy tahdidlarga qarshi tura oladigan yetuk komil insonlar bo‘lib voyaga yetadilar. Shunday ekan biz tanlagan “Yangi O‘zbekiston o‘quvchi yoshlarini ma’rifatli qilib tarbiyalashning o‘ziga xos jihatlari” mavzusi bugungi kun uchun eng dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Muammoni hal qilish yo‘llari: Avvalo ma’rifatli inson to‘g‘risidagi nazariya va uslubiyot metodologik jihatdan mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov asarlarida, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning asarlarida, nutq va ma’ruzalarida, murojaatnomalarida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda, kadrlar tayyorlash milliy dasturida va boshqa bir qator hujjatlarda har tomonlama keng va mukammal ishlab chiqilgan. Ma’naviyati boy, yuksak axloqiy, ma’naviy va jismoniy fazilatlari har jihatdan uyg‘un bo‘lgan insongina ma’rifatli komil inson bo‘la oladi. Bugungi kunda hammamizga yaxshi ma’lumki, dunyodagi har qanday davlat, har bir millat nafaqat yer osti va yer usti boyliklari, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi o‘rinda, o‘zining yuksak ma’naviyatli va ma’rifatli fuqarolari, o‘quvchi va talaba yoshlari bilan kuchlidir. Yuksak ma’naviy fazilatlar egasi 126 bo‘lgan ma’rifatli inson, nafs xurujini, moddiy lazzatlarga bo‘lgan moyillik ojizligini yenga oladigan insondir. Insonni ma’rifatli va mukarram komil inson martabasiga ko‘tarish uning ma’naviyatini yuksaltirish demakdir. Har bir jamiyat tayanadigan milliy ma’naviy qadriyatlar qanchalik umuminsoniy mazmunga ega bo‘lsa u shunchalik umrboqiydir. Taklif va tavsiyalar: Yangi O‘zbekiston zaminimizda ezgu maqsadlar yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarni izchillik va qat’iylik bilan davom ettirish esa hozirgi davrda davlatimiz siyosatining diqqat markazida turganligi bilan izohlanadi. O‘quvchi yoshlarni ma’naviyatli va ma’rifatli qilib tarbiyalash yoshlarimizning onglilik, bilimlilik darajasini boyitadigan eng muhim omil hisoblanadi. O‘quvchi yoshlarimizni ma’rifatli qilib tarbiyalash jarayonlarning amalga oshirilishida oliy va o‘rta maxsus, xalq ta’limi muassasalari xodimlarining faoliyatlaridagi mas’uliyat va fidoiylik hissining ahamiyati aniq-ravshan bo‘ladi. Oliy va o‘rta maxsus, xalq ta’lim muassasalari xodimlari o‘quvchi va talaba yoshlarimiz taqdirlari uchun javobgar shaxs, kerak bo‘lsa, tinchligu-halovatidan voz kechib faoliyat olib borishlari kerak bo‘ladi. O‘qituvchi va ustoz - murabbiylar o‘quvchi va talaba yoshlar bilan o‘quv jarayonlarda qanchalik yaqin muloqatda bo‘lsa, bu narsa ularning tarbiyasiga ham shunchalik ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zan shunday holatlar ham bo‘ladiki o‘qituvchi-murabbiy to‘rt-besh yil davomida o‘zi ustozlik qilayotgan guruhlarga ma’ruza o‘qiydi-yu, ammo biror marta ham o‘sha guruhdagi o‘quvchi-talaba yoshlarning yashash turmush tarzi bilan qiziqmagan, yoki kam e’tibor bergan bo‘lib chiqadi. Bunday holatlarda esa o‘quvchi va talaba yoshlar orasida bir qolipga tushib qolishlik, hayotdan zerikish, boqimandalik, davlat hokimiyatining boshqaruv tizimiga ishonchsizlik, o‘z huquq va erkinliklarini yaxshi bilmasliklari natijasida o‘z ijtimoiy holatidan noroziligi, boylik ortidan quvish oqibatida yengil daromad topishga ishtiyoqmandlik, o‘z manfaatini davlat va boshqalar manfaatidan ustun qo‘yuvchi, ma’naviy qashshoq, faqat bugungi kun dardi bilan yashovchi, kelajagini ko‘ra olmaydigan, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga mutlaqo beparvo va befarq, tushkun kayfiyatdagi ko‘rinishlar ham uchrab turadi. Bunday salbiy holatlarning oldini olish uchun avvalambor har bir, o‘zini vatanparvar deb biladigan o‘qituvchi va murabbiylar o‘z faoliyati davomida quyidagi jihatlarga diqqat-e’tiborini qaratishi lozim bo‘ladi. –ustoz-o‘qituvchi o‘zi ta’lim-tarbiya berib kelayotgan guruhlardagi holat, shart-sharoitlar, muammolar haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak. –ma’naviy-ma’rifiy ishlarga aloqador har qanday chora-tadbir, uchrashuv va davra suhbatlaridan boxabar bo‘lishi kerak. –kutubxona, turli xil to‘garaklar ishini yanada jonlantirishga doimiy e’tiborini qaratishi kerak. 127 –sharqona udumlarimiz, qadriyatlarimizni jonlantirishga qaratilgan turli-tuman tadbirlar uyushtirib turishi kerak. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling