137
II.TA’LIM MUASSASALARIDA IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHITNI
SOG‘LOMLASHTIRISH METODIKASI HAMDA TARG‘IBOTNING YANGI
TEXNOLOGIYALARI.
TA’LIM TIZIMIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR SAMARDORLIGINI
OSHIRISHDA “HALOLLIK VAKSINASI”NING O‘RNI
Nabiyev Farxod Xamidovich
tarix fanlari doktori, professor Sharof Rashidov
nomidagi Samarqand davlat universiteti
Annotatsiya. Maqolada tashqi g‘oyaviy tahdidlarga qarshi kurashda
ma’naviy-ma’rifiy profilaktika ishlarini samarali qilish masalasi tahlil qilingan.
Bunda profilaktika jarayonida odamlarga emlanadigan “halollik vaksinasi”
kerakligi belgilab berilgan. “Halollik vaksinasi”ni yaratishda insonning baxt
to‘g‘risidagi tushunchasini sog‘lomlashtirish muhim ahamiyatga ega ekanligi
ko‘rsatilgan. Bunda insonning xulqini belgilaydigan narsa uning baxt
to‘g‘risidagi tushunchasi ekanligidan kelib chiqilgan. Inson baxtliligining eng
muhim sharti qo‘rquvsiz erkin yashash hissi va xotirjamligi ekanligi asoslab
berilgan. Buni anglagan odamda tashqi tahdidlarga qarshi antivirus
shakllanishiga imkoniyat paydo bo‘ladi, chunki yot, soxta g‘oyalar odamni
xotirjamlikdan mahrum bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: