Ikkinchi qism toshkent – 2023
AXLOQIY QIYOFASINI SHAKLLANTIRISH MASALALARI
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Kalit so‘zlar
AXLOQIY QIYOFASINI SHAKLLANTIRISH MASALALARI
(Talabalardan iborat folklor-etnografik jamolarni tashkil etish uslublari misolida) Sunnatillayev Asatillo Sunnatovich, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, erkin izlanuvchi Annotatsiya: Bugungi kunda folklor-etnografik jamolari xalqimizning qadimiy an’analari, xalq og‘zaki ijodining noyob namunalarini saqlashda, ularga sayqal berib, yana xalqimizning o‘ziga qaytarishda jonbozlik va fidoyilik ko‘rsatuvchi ijodiy laboratoriya vazifasini o‘tab kelmoqda. Ushbu maqolada yoshlarni ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirishda, kelajagi buyuk o‘zbek yurtining haqiqiy egalari bo‘lgan har tomonlama yetuk komil insonni tarbiyalashga xizmat qilayotgan folklor-etnografik jamolariining o‘rni, qolaversa oliy ta’lim muassasalari qoshida folklore etnografik jamoalarni tashkil etish uslublari, ularning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati ilmiy tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: Yoshlar, ma’naviyat, qadriyat, folklor, umuminsoniy qadriyat- lar, milliy qadriyatlar, folklor-etnografik jamoalari, komil inson, tarbiya. Badiiy tafakkur rivojining hosilasi bo‘lgan xalq og‘zaki ijodi milliy ma’naviyatimizning asosiy negizlaridan hisoblanadi. Adolatli jamiyat qurish va barkamol shaxs tarbiyalash borasida ma’naviy merosning o‘rni benihoya kattadir. O‘z o‘tmishi, dini, tarixi, adabiyoti, madaniyati, tili, urf-odatlari- dan bexabar xalq o‘z kelajagini qura olmasligini davr isbotlamoqda. Shu bois ham bugungi globallashuv sharoitida yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiya- lash asnosida ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan boy ma’naviy merosni asrab avaylash, tadqiq etish, kelgusi avlodga yetkazishga burchlidirmiz. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning ma’naviyat va ma’rifat hamda madaniyatimizni rivojlantirish yo‘lida olib borayotgan siyosatidan kelib chiqib, milliy ruhni o‘zida asrlar bo‘yi ortmoqlab kelayotgan, qadimiy an’analarni bugungi kunda ko‘z-ko‘z etayotgan, o‘z ortidan millionlab kishilarni ergashtirayotgan har tomonlama ibrat maktabi bo‘lib, omma mehrini qozonayotgan, yoshlar qalbiga ma’naviyat urug‘ini singdirayotgan ijodkorlardan biri bu - folklor-etnografik jamoalaridir. Bugungi kunda folklor-etnografik jamoalari xalqimizning qadimiy an’analari, xalq og‘zaki ijodining noyob namunalarini saqlashda, ularga sayqal berib, yana 200 xalqimizning o‘ziga qaytarishda jonbozlik va fidoyilik ko‘rsatuvchi ijodiy laboratoriya vazifasini o‘tab kelmoqda. Inson qaysi jamiyatda yashamasin, u turli moddiy va ma’naviy qadriyatlar qurshovida bo‘lib, o‘z turmush tarzi, munosabati va xatti-harakati, xulq-odobi va urf-odatlarini namoyon etadi. Odam ibtidosidan boshlab son-sanoqsiz qadriyatlar olamida yashab kelmoqda. Umumbashariy, milliy va shaxsiy qadriyatlar majmuasi mavjuddir. Quyosh, yer, suv, havo, o‘simlik va hayvonot dunyosidan iborat umumbashariy tabiiy qadriyatlar jamiyat va inson bo‘lmasa ham yashay oladi, ammo inson bu qadriyatlarsiz yashay olmaydi. Qadriyat “inson va jamiyat ma’naviyatining tarkibiy qismi, olamdagi voqealar, hodisalar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan tushuncha”dir. [4; 89 b.] Inson va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar milliy tarbiya tufayli, ajdodlardan asta-sekin tadrijiy ravishda avlodlarga o‘tadi. Milliy tarbiya atamasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda, u inson shaxsini shakllantirishga, uning ishlab chiqarish va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ma’naviy ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig‘indisini anglatadi. Bunday tushunishda milliy tarbiya. faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g‘oyalari, adabiyot, san’at, kino, radio, TV, OAV va boshqalarni ham o‘z ichiga oladi. Ma’naviy-axloq qadriyatlarning jamiyat, xalq hayotida tutgan o‘rni beqiyosdir. Bunda ayniqsa, umuminsoniy qadriyatlar alohida o‘rin tutadi. Umuminsoniy qadriyatlar sermazmun va serqirra bo‘lib, ijtimoiy ma’no kasb etadi. Milliy qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlar bilan har bir shaxsga xos bo‘lgan qadriyatlarni bog‘lovchi xalqalardan biri, jamiyat va uning fuqarolarini komillikka yo‘naltiruvchi ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili milliy, ma’naviy va axloqiy qadriyatlardir. Milliy qadriyatlar millat, elatlarga xos moddiy, ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy, madaniy, tarixiy belgilarni, xususiyat, munosabat, an’ana, urf-odat, udum, marosimlarni mujassamlashtirgan his-tuyg‘u, xislat-fazilat, ma’naviy axloqiy me’yor va qoidalarning yig‘indisidir. Faylasuf olim Q.Nazarov ta’rificha, milliy qadriyatlar tushunchasi muayyan millatning tabiiy, tarixiy va ijtimoiy rivojlanish jarayonida yaratayotgan moddiy va ma’naviy boyliklarinigina emas, balki hudud, madaniy-ma’naviy meros, milliy madaniyat, til, milliy ong, millat ruhi, tarixi, o‘tmishi, turmush tarzi, millat hayotining tartib-qoidalari hamda ular bilan bog‘liq milliy xususiyatlar, jihatlar va boshqalarni ifodalaydi. [5; 59 b.] 201 O‘zbek xalqining milliy qadriyatlariga asoslangan urf-odatlarimizning mohiyatini yoshlarga o‘rgatishda, ular qalbida mehr va muruvvat chechaklarini undirib-o‘stirishda folklor-etnografik ansambllari dasturlaridan foydalanish ijobiy samara beradi. So‘nggi yillarda folklor-etnografik jamoalar repertuarida milliy qadriyatlar va an’anaviy marosimlarining vositasi bo‘lmish mehr- muruvvat, saxovat va insoniy fazilatlarni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari shakllandi. Yuzaga kelgan ijodiy erkinlik, ruhiy yangilanish folklor asarlarini hayotga yanada keng targ‘ib qilish jarayonini boshladi. Masalan, xalqimiz badiiy salohiyatining eng go‘zal namunalarini o‘zida mujassamlashtirgan umumxalq shodiyonasi – Navro‘zi olam bilan bog‘liq qo‘shiqlar, udumlar va marosimlar qayta tiklandi. Navro‘z bayramining kelib chiqish tarixi, taraqqiyot bosqichlari, uning tarkibidagi folklor asarlarini badiiy xususiyatlari, bayramni o‘tkazilishi bilan bog‘liq lokal belgilar ro‘yobga chiqdi. “Yil boshi”, “Qozon to‘ldi”, “Sumalak pishirish”, “Hashar uyushtirish”, “Lola sayli”, “Gul sayli” kabi o‘zligimizni tarannum etuvchi qadimiy udumlarimiz yana hayotga qaytdi. Asrlar davomida shakllantirib va rivojlantirib kelingan an’ana va marosimlarda, o‘zbek xalq og‘zaki ijodida vatanparvarlik, adolat, millatparvarlik, insonparvarlik, yurtsevarlik, el-yurtni himoya qilish, Vatanga sadoqat va muhabbat kabi xislatlarni o‘zida jamlagan milliy dunyoqarashning asosiy unsurlari o‘z mujassamini topgan. Xalq og‘zaki ijodi - milliy g‘urur, or-nomus va qadr-qimmat, vafo va sadoqat, jasorat va matonat, olijanoblik va saxovatpeshalik, g‘amxo‘rlik, mehmondo‘stlik, qon- qarindoshlik va o‘zaro yordam, oila sharafini va ayollar sha’nini saqlash, hayotdan ko‘z yumgan uzoq-yaqin kishilar xotirasini yodga olish, bag‘rikenglik va halollik kabi fazilatlar sandig‘idir. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi yodgorliklari - bizning ham tarixiy, ham ma’naviy, ham madaniy, ham huquqiy merosimizdir. Jamiyat va uning fuqarolarini komilikka yo‘naltiruvchi ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili milliy, ma’naviy va axloqiy qadriyatlardir. Chunki davlat barqarorligi va taraqqiyoti jamiyatning ijtimoiy-huquqiy, ma’naviy-ruhiy, madaniy-badiiy ildizlariga tayanadi. Folklor-etnografik jamoalari qayerda tashkil qilingan bo‘lsa, o‘sha yerlik xalqning milliy an’analarini, og‘zaki ijodning noyob namunalarini saqlashda, unga sayqal berib, xalqning o‘ziga qaytarishda jonbozlik ko‘rsatmoqdalar. Masalan, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “E’zoz” folklor-etnografik jamoasi dasturidan joy olgan “Bolangizga alla ayting onalar” mavzuidagi dasturida mehr-muruvvat tushunchasi ona allasi orqali tarannum etilgan. Allada iltijo-yu sehr, mehr qolaversa, bu dunyoda eng nozik his-tuyg‘ular, ezgu tilaklar mujassam. Chunki, ona allasigina jajji 202 chaqaloqning qalbiga mehr-muruvvat, muhabbat, oqibat, iymon va insof tuyg‘ularini singdira oladi. Ona allasidan bahramand bo‘lgan yurtimiz yoshlari momolari, ota-bobolari yaratgan qadriyatlariga mehr qo‘yib, ular an’anasini davom ettiradilar. Bundan tashqari jamoada “Sumalak sayli”, to‘y marosimlari bilan bog‘liq udumlar “Kelin salom”, “Beshik to‘yi” kabi bir qator dasturlarida qadimiy urf-odat va an’analarimiz o‘z ifodasini topgan. Keyingi yillarda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan folklor- etnografik ansambllari faoliyatida yuksak insoniy fazilat bo‘lmish mehr- muruvvatni aks ettiruvchi folklor sahna ko‘rinishlari ko‘payib bormoqda. Folklor-etnografik ansambllari o‘z dasturidagi marosimlar, qo‘shiqlar, rasm-rusumlar, xalq ijodiyotining turli xil namunalarini o‘z muxlislariga tanishtirish orqali ona diyorimizning muqaddas an’analariga sodiq qolish, uni e’zozlashni ibrat qilib ko‘rsatishlari ahamiyatlidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4038-son Qarori, 2022-yil 28- yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni, 2022-yil 2- fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-112-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 19-mart kuni ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash, yoshlarni nomoddiy madaniy merosga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, xalq qadiryatlarida mujassamlashgan ezgu g‘oyalarni yoshlar ongiga singdirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari qoshida “Folklor san’ati”, “Xalq ijodiyoti”, O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi”, “Folklor ijrochilik san’ati” deb nomlangan to‘garaklar tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Bugungi globallashuv jarayonida nomoddiy madaniy meros muhofazasi juda ham dolzarb masalalardan biridir. Hozirgi kunda yoshlar ongini turli xil mafkuraviy tahdidlardan, qolaversa “ommaviy madaniyat” deb atalmush illatdan himoya qilishda xalqning noyob ma’naviy merosi, milliy qadiryatlarimiz asosiy omillardan hisoblanadi. Ommaviy madaniyat xoh G‘arb xoh Sharq bo‘lsin uning ma’naviy hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. U yildan yilga inson shaxsiga, uning estetik tafakkuriga juda katta kuch bilan daxl qiluvchi hodisaga aylanib bormoqda. Ommaviy madaniyat eng avvalo, milliy axloqqa zarba berib, jamiyatning g‘oyaviy tizimini izdan chiqarishi bilan xatarli. 203 Xalq og‘zaki ijodiga oid doston, ertak, qo‘shiq, maqol va boshqa janrlarda ilgari surilgan g‘oyalar asrlar davomida xalqning yosh farzandni tarbiyalash vositasi bo‘lib kelgan. Ularda talaba-yoshlar o‘zbek uchun vatan, xalq, ona, ilm, g‘urur naqadar muqaddas tushunchalar ekanligini anglab yetadi. To‘garaklar badiiy havaskorlik san’atini rivojlantirish, yoshlarda milliy qadryatlarimizga bo‘lgan munosabatlarini shakillantirish, ushbu meros orqali o‘zligimizni anglatish, yoshlarni ota-bobolarimizdan meros qolgan betakror san’atga bo‘lgan mehrini oshirish, yoshlar orasida havaskor lapar, o‘lan, aytishuv, katta ashula ijrochilarini aniqlab, ularni keng targ‘ib qilish, talaba-yoshlarni nomoddiy madaniy meros bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash, yoshlarni ijrochilik san’ati bo‘yicha iqtidorlarini ko‘rsata olish maqsadida tashkil etiladi. To‘garak qatnashchilarini jalb etish muhum ishlardan hisoblanadi. Shu sababli ishni tashviqot yuritishdan boshlash lozim. Oliy ta’lim muassasasining barcha bino kirish qismida chiroyli e’lonlar yopishtirilishi lozim. E’londa to‘garak qachon, qayerda va kim tomonidan ishtirokchilar ro‘yxatga olinishi ko‘rsatilishi shart. Ansambl qatnashchilari birdaniga yeg‘ilmaydi. Qabul qilinganlar orasida faol qatnashadiganlarni aniqlab, ular orqali ham tashviqot ishlarini yuritish kerak. Mashg‘ulotlarni tashkil etish – to‘garak mashg‘ulotlar xonasi jamoaviy faoliyat uchun moslangan bo‘lib, xushhavo bo‘lishi lozim. Javonlarda to‘garak ishiga zarur maxsus dastur, metodik qo‘llanmalar, nota to‘plamlari, disklar, video yozuvlar kabi vositalar bo‘lishi nazarda tutiladi. Shuningdek javonlarda esa ansambl ishtirokchilarining liboslari va taqinchoqlari saqlanadi. Xonada atoqli san’atkorlarning rasmlari, to‘garak faoliyatiga doir qo‘llanmalar, afishalar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Mashg‘ulotlar asosan haftasiga 2 marta 3 soatdan otkazilishi maqsadga muvofiq. To‘garak mashg‘ulotlari bir vaqtda olib borilishi shart. Badiiy rahbar to‘garakda mashg‘ulotlar o‘tkazar ekan talabalarga har tamonlama bilim berishga va ijro malakalarini shakillantirishga harakat qilishi lozim. Bunda o‘rgatilishi lozim bo‘lgan musiqiy asarlarning tarbiya- viy ahamiyati va vazifalarini aniq belgilab olishi shart. To‘garak tarkibidagi har bir guruh bilan mashg‘ulotlarning natijasi tahlil qilib boriladi. O‘quv soatlari yakka mashq, yalpi jamoa va raqs va sahna harakati shakli mashg‘ulotlariga bo‘linadi. Rahbar ishtirokchilarning tayyorgarlik darajalariga qarab birinchi soatni yakka, guruhli mashg‘ulotlarga, ikkinchi soatni jamoaviy (yalpi) mashg‘ulotlar, uchinchi soatni esa raqs va sahna harakatlariga ajratish ma’qul. Yangi kelgan ishtirokchilar uchun qo‘shimcha mashg‘ulot vaqti ajratish tavsiya etiladi. 204 Ayni paytda vatanparvar, insonparvar, komil insonni umuminsoniy milliy qadriyatlar uyg‘unligida tarbiyalash mumkinligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Bunda milliy o‘zlikni anglashga e’tibor qaratish, kishida milliy g‘ururni tarbiyalash, boshqa insonlarga hurmat tuyg‘usini qaror toptirish muhim sanaladi. Zotan, tug‘ilib o‘sgan joyiga muhabbat, oilaga, ona tiliga, milliy odatlar va an’analarga munosabat shaxsni fuqaro sifatida xarakterlaydi. Shu bois folklor-etnografik jamoalari ota-bobolarimiz asrlar bo‘yi asrab-avaylab kelgan qadriyatlar orqali yoshlarni ma’naviy-ahloqiy qiyofasini shakllantirishda, kelajagi buyuk o‘zbek yurtining haqiqiy egalari bo‘lgan har tomonlama yetuk komil insonni tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling