Ikkinchi qism toshkent – 2023


PEDAGOGLAR MEHNATINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH –


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

PEDAGOGLAR MEHNATINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH – 
IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHIT BARQARORLIGINI
TA’MINLASHNING ASOSI SIFATIDA 
 
Raximberganova Bonu Davlatnazarovna, 
Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti 
YUMOM o‘qituvchisi 
 
Annotatsiya. Maqolada ta’lim tashkilotlarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni 
sog‘lomlashtirish uchun pedagoglarga ijtimoiy-huquqiy kafolatlar berish 
masalasidagi fikr va mulohazalar bayon etilgan. Shuningdek, ta’lim sohasini 
tubdan takomillashtirishda fidoiy kadrlarni yetishtirishning muhim omili 
sifatida munosib mehnat sharoitini ta’minlashga doir bir qator takliflar ishlab 
chiqilgan.


236 
Kalit so‘zlar. Pedagoglar mehnati, ijtimoiy omil, mehnat huquqlari, 
kafolatlar, huquqiy maqom, ijtimoiy ta’minot, huquq, erkinlik. 
Bugungi kunda ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar davlat 
siyosatining ustuvor va o‘ta muhim yo‘nalishlaridan biriga aylangan. 
Vatanimiz kelajagining poydevori bo‘lgan ilmga chanqoq va bilimli avlodni 
tarbiyalash nafaqat biz uchun, balki har qanday mamlakatning asosiy 
vazifasidir. Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning “bugungi shiddatli 
zamon oldimizga qanday murakkab vazifalarni qo‘yayotganini barchamiz 
ko‘rib, bilib turibmiz. Ularni hal etish va ezgu maqsadlarimizga yetish, dunyo 
miqyosida raqobatbardosh bo‘lish uchun xalqimizni, avvalambor, yoshlari-
mizni ilm-fan, ma’rifat va ma’naviyat, taraqqiyot yutuqlari bilan qurollanti-
rishimiz kerak”[1] – deb bildirgan fikrlari bejiz emas. Ushbu jarayonda esa 
pedagog-xodimlar, ya’ni o‘qituvchi va murabbiylarning o‘rni beqiyosdir.
Har qanday darajadagi ta’lim tashkilotida ijtimoiy-ma’naviy muhit 
pedagog-xodimlarning o‘z faoliyatiga sitqidildan yondashishi bilan bog‘liq. 
Ta’lim tashkilotlarda o‘qiyotgan yoshlarga beminnat bilim berish uchun 
o‘qituvchilar davlatdan, ishidan, maoshidan va ularga ajratilgan boshqa 
kafolatlardan mamnun bo‘lishining ahamiyati yuqoridir. Shu sababli ham, 
Prezidentimiz “muallim va ustozlarning qadri, sha’ni va g‘ururini tiklash, 
mashaqqatli va sharafli mehnatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish 
bo‘yicha boshlagan ishlarimizni albatta yangi pog‘onaga ko‘taramiz” deya 
bot-bot ta’kidlamoqdalar [1]. 
O‘zining fidokorona mehnat faoliyatini amalga oshirishida ko‘z nuri, 
mehri, butun borligʻini kelajak avlod tarbiyasiga baxsh etadigan oʻqituvchi 
va murabbiylar mehnatini munosib baholash davlatning alohida e’tiborida 
bo‘lib kelmoqda. Shuning uchun ham so‘ngi yillarda mamlakatimizda 
pedagoglarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning ijtimoiy 
himoyasi va huquqlarini ta’minlash, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish 
boʻyicha tinimsiz islohotlar amalga oshirilmoqda. Huquqshunos olim 
Sh.Ismailovning fikricha, taʼlimning davlat va jamiyat uchun alohida 
ahamiyat kasb etishi, uning ijtimoiy xarakteri tufayli pedagog xodimlar 
mehnatini tartibga solishning xususiyatlari sohaviy differensiatsiya sifatida 
oʻrganiladi [2]. Shu sababli, pedagoglar mehnatini huquqiy tartibga solish 
mehnat qonunchiligining alohida obyekti hisoblanadi. 
Pedagoglar maqomi Asosiy Qonun darajasida mustahkamlanganligi 
ta’kidlayotgan fikrlarimizning ayni isbotidir. Yangi Konstitutsiyaning
52-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat 
va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda 


237 
tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda 
boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi. 
Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, 
ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida 
g‘amxo‘rlik qiladi”[3] deb belgilanganligini nazardan chetda qoldirib 
bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, 2023-yil 1-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik 
palatasidagi O‘zXDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 
bir qator qonun loyihalari birinchi va ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. 
Yig‘ilishda shuningdek, “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun 
loyihasi ham atroflicha ko‘rib chiqilib, ma’qullandi. Ushbu Qonunning qabul 
qilinishi natijaida o‘qituvchilarning alohida huquqiy maqomi belgilanadi.
Qonun loyihasida pedagoglar uchun bir qator ijtimoiy kafolatlar 
o‘rnatilganligi esa, ularning o‘z mehnatlarini samarasini ko‘rishlarida va 
ular faoliyat olib borayotgan ta’lim tashkilotida ichki muhit yaxshilanishiga 
olib keladi. Loyihaning 21-moddasiga ko‘ra (Pedagog xodimlarni ijtimoiy 
himoya qilish), pedagog xodimlar umumiy belgilangan yoshdan 5 yilga 
qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega. 
Qonun loyihasining 28-moddasiga ko‘ra, pedagog xodimlar, harbiy 
akademik litseylar, tarbiya koloniyalari o‘qituvchilari – maxsus ish staji 
kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda umumiy belgilangan yoshni 5 yilga 
qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega. 
Bundan kelib chiqadiki, agar Qonun qabul qilinsa 25 yillik maxsus stajga 
ega pedagog xodimlar: erkaklar — 55 yoshga to‘lganda; ayollar — 50 yoshga 
to‘lganda yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lishlari mumkin. 
Shuningdek, Qonun loyihasining 18-moddasi 3-qismiga ko‘ra, (Pedagog 
xodimning mehnatiga haq to‘lash), davlat taʼlim tashkiloti pedagog 
xodimining bazaviy lavozim maoshi bazaviy hisoblash miqdorining 10 
baravaridan kam bo‘lishi mumkin emas. 
Demak, agar Qonun qabul qilinsa davlat taʼlim tashkiloti pedagog xodimi-
ning lavozim maoshi 3 million 300 ming so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak.
Loyihaning 24-moddasiga ko‘ra, oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan ammo 
taʼlim tashkilotlarida kamida 5 yil ish stajiga ega pedagog xodim kirish test 
sinovlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida va qabul parametrlaridan tashqari oliy 
taʼlim muassasasining pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi, kechki va 
masofaviy taʼlim shakliga suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi [4]. Ushbu 
Qonunning qabul qilinishi pedagoglarning o‘z kasbiga bo‘lgan hurmati va 
sadoqatini yanada oshiradi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.


238 
Ma’lumki, 2022-yil 28-oktyabrda Yangi Mehnat kodeksi [5] qabul 
qilinib, 2023-yil 30 apreldan kuchga kirdi. Ushbu kodeksda pedagog 
xodimlar ham ayrim toifadagi xodimlar qatoriga kiritilib, ularning 
mehnatini xususiyati og‘ir ekanligi inobatga olindi.
MKning 501-moddasiga koʻra, tegishli ma’lumotga, kasbiy 
tayyorgarlikka, ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar 
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Bundan tashqari, ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga 
haftasiga o‘ttiz olti soatdan ortiq bo‘lmagan ish vaqtining qisqartirilgan 
davomiyligi belgilanadi va yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili beriladi. 
Pedagog xodimlar ish vaqtining aniq davomiyligi va yillik uzaytirilgan 
mehnat ta’tilining davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch 
tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi. 
Yuqoridagi normaning ijrosini ta’minlash uchun Oʻzbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 263-sonli qarori 
bilan Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili davomiyligi 
meʼyorlari [6] tasdiqlandi. Unda oʻqituvchilarga 56 kalendar kun taʼtil 
berilishi belgilangan. Mazkur hujjat uzoq kutildi va mustaqillikdan keyingi 
ilk marotaba qabul qilingan pedagoglar uchun asosiy uzaytirilgan ta’til 
muddatlarini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi (48 ish kuni O‘zSSR 
vaqtidan qolib ketgan edi).
Ammo ushbu qaror ilovasining Izoh qismida “Ushbu meʼyorlarda 
keltirilgan xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili uchun xaq toʻlashda 
yakshanba va bayram kunlari inobatga olinmaydi” degan qoidaga koʻzimiz 
tushadi. Bu esa, VM 263-son qarorining izoh qismi MKning 221 va 233-
moddalariga zid ekanligini anglatadi. Sababi MK 233-moddasida har yilgi 
mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-
moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan o‘rtacha ish haqining saqlanishi 
kafolatlanishi ko‘rsatilgan. 221-moddasida esa, xodimlarning har yilgi 
asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillarining davomiyligi kalendar kunlarda 
hisoblab chiqarilishi nazarda tutilgan. Demak, qoida tariqasida, normada 
ta’til davriga yakshanba kuni ham qo‘shilishi aytilmoqda. Shunday ekan, 
ta’til davriga to‘g‘ri kelayotgan yakshanba uchun ham haq to‘lash kerak. 
Ushbu normalarni boshqacha talqin qilish mumkin emas. 
Chunki 20.04.2021-yildagi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi 
Qonunning 11-moddasida qonunosti hujjatlarida qonun hujjatlari 
darajasida tartibga solinishi lozim boʻlgan masalalar boʻyicha normalar 
belgilanishiga yoʻl qoʻyilmasligi, 18-moddasida esa, normativ-huquqiy 


239 
hujjat oʻziga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-
huquqiy hujjatlarga muvofiq boʻlishi kerakligi belgilangan [7].
Shuningdek, VM 263-son qarori ilovasining Izoh qismida nazarda 
tutilgan qoida MKning asosiy prinsipi - xodimning huquqiy holati 
yomonlashishiga yoʻl qoʻyilmasligi prinsipiga ham zid boʻlib qolgan. 
Xususan, har qanday normativ-huquqiy hujjat xodimning huquqiy holatini 
yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatga nisbatan 
yomonlashtirmasligi kerak.
Bundan kelib chiqadiki, Kodeksning 233-moddasi mazmunidan 
yakshanba uchun ham haq toʻlanishi anglashilsa, VM 263-son qaroridan esa 
toʻlanmasligi kerakligi tushunilmoqda. MKning yuqori kuchga ega 
ekanligini inobatga olib, VM qarorini Kodeksga moslashtirish kerak. 
Keying masala Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 dekabrdagi “Oliy 
ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish 
tizimiga o‘tkazish to‘g‘risida”gi 967-sonli qarori [8]ga ko‘ra, “zamonaviy 
pedagogik texnologiyalardan keng foydalana oladigan va ilmiy izlanish olib 
boradigan professor-o‘qituvchilarni tanlash maqsadida oliy ta’lim 
muassasasi hamda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida bir yillik muddatli 
shartnomalar tuzish amaliyotini joriy etish” belgilangan. Ammo mazkur 
hujjatni asos qilib olib muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mehnat 
qonunchiligiga zid. Chunki MK 112-moddasida faqat qonun bilan 
o‘rnatilgan hollardagina ish beruvchilar muddatli mehnat shartnomasi 
tuzishi mumkin. “Normativ huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 7-
moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 
qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari 
qonun hujjatlaridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va 
qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, 
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari esa qonunosti 
hujjatlaridir. Bundan kelib chiqadiki, Vazirlar Mahkamasining qarorlari 
qonunosti hujjatlari bo‘lib, amaldagi Mehnat kodeksining 112-moddasida 
nazarda tutilgan qonun bilan belgilanadigan qoidalarni, asoslarni o‘rnata 
olmaydi. Agar qonunchilikda bunday chalkashliklar bo‘lsa pedagoglar uchun 
sof ijtimoiy-ma’naviy muhit yaratishning imkoni bo‘lmaydi. 
Xulosa o‘rnida aytib o‘tish kerakki, mehnat qonunchiligida 
pedagoglarning tutgan o‘rni alohida ahamiyatga ega. Ayrim qonunosti 
hujjatlarida qonunlarga zid keladigan, pedagoglarning ijtimoiy holatini 
yomonlashtiradigan normalar ham mavjud ekanligi esa pedagoglarga 
nisbatan huquq buzilishlar sodir etilishiga olib kelmoqda. Shu sababli, 






244 
tanishtiradi. Amaliy mashg‘ulot – aniq maqsadga qaratilgan va ta’lim 
beruvchi tomonidan boshqarilib turiladigan, o‘rganuvchi tomonidan amaliy 
bajariladigan topshiriq-vazifalar majmuyidir. Amaliy mashg‘ulot ta’lim 
jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, u o‘quv ustaxonalarida, labaratoriyalarda, 
o‘quv paligonlarida ish o‘rnida joylashgan real vositalardan foydalangan 
holda o‘tkaziladi.

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling