Ikkinchi qism toshkent – 2023


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
 
1. Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan 
birga quramiz. – T.: O"zbekiston, 2017.
2. Usarov, J. (2019). Using Teaching Methods for Development Student 
Competencies. International Journal of Progressive Sciences and Technologies.
3. Ernazarova, G. (2016). Improvement of Vocational Training of 
Vocational Colleges students!$ on basis of Acmeological Approach. Eastern 
European Scientific Journal. 
 4. Utaev, A. Y., & Matyakubova, M.B. (2019). Psychological foundations of 
speech development. Scientific-practical conference "Modern system cluster in 


263 
the context of innovations and reforms in education: problems, approaches and 
prospects» 
5. Samarova, S. (2018). Forming Creative Vision of Person as Universal 
Method Enhancing Creativity. Eastern European Scientific Journal.
6.Xalq ta’limi: “Ijtimoiy faollikka o‘rgatish yo‘llari” №6, 2008. 18.Xalq 
ta’limi: “Ijtimoiylashtirish” №3, 2006. 
 
UZLUKSIZ ADABIY TA’LIM – MA’NAVIY-MA’RIFIY TARBIYANING 
ASOSI 
 
Yuldasheva Nilufar Abdullayevna 
pedagogika fanlari doktori (DSc) 
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash uhandislari instituti”
Milliy tadqiqot universiteti 
 
Kalit so‘zlar: milliy ta’lim tizimi, uzluksiz adabiy ta’lim, yosh avlod, tub 
islohotlar, ilm-ma’rifat, ma’naviy asos, milliy qadriyatlar, an’ana va urf-
odatlar, ta’limga yangicha yondashuv, mafkuraviy immunitet. 
Annotatsiya.
Yangi O‘zbekistonda tub islohotlarni amalga oshirish 
jarayoni uzluksiz ta’lim tizimiga, jumladan, oliy ta’lim tizimi oldiga ham yangi 
vazifalarni qo‘ydi. Dunyodagi global o‘zgarishlarni hisobga olib, hayotiy va 
professional ko‘nikmalarni ilm-ma’rifat asosida yoshlar ongiga singdirish, 
mamlakatimiz hayotidagi real ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un 
ravishda ularning bilimlarini oshirib borish, yon-atrof va jahonda ro‘y 
berayotgan vaziyatarni baholash hamda milliy manfaatlarimizdan kelib 
chiqqan holda real yondashish, ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy 
immunitetni mustahkamlashdan iborat. 
Mamlakatimizda ta’lim tizimi har tomonlama ustuvor soha bo‘lib, o‘sib 
kelayotgan yosh avlodni barkamol inson etib tarbiyalash uchun zamonaviy 
darajadagi barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Yangi O‘zbekistonda tub 
islohotlarni amalga oshirish jarayoni uzluksiz ta’lim tizimiga, jumladan, oliy 
ta’lim tizimi oldiga ham yangi vazifalarni qo‘ydi. Dunyodagi global 
o‘zgarishlarni hisobga olib, hayotiy va professional ko‘nikmalarni ilm-
ma’rifat asosida singdirish, mamlakatimiz hayotidagi real ijtimoiy-siyosiy 
o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda ularning bilimlarini oshirib borish, yon-
atrof va jahonda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga milliy 
manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish, ichki va tashqi 






268 
o‘zgarishdan ulkan evrilishlargacha bo‘lgan jarayonlar ta’sir etmay 
qolmaydi. Tafakkur yangilanishi ta’lim tizimini o‘zgartirgani singari ta’lim 
tizimi ham tafakkur yuksalishiga xizmat qiladi. Ijtimoiy voqelik ta’sirida 
adabiy ta’limning mazmuni va shaklida muayyan yangilanishlar bo‘lishi 
tabiiy. Millatning badiiy-estetik tafakkuri yuksalishi uchun asos bo‘la 
oluvchi adabiyotning davrlashtirilishi masalasi uni o‘qitishda yuqori 
natijalarga erishishni ta’minlashi jihatidan alohida ahamiyatga ega.
Shu tariqa, xalqning fikrini uyg‘otish, buning birdan-bir yo‘li sifatida 
ma’rifat tarqatish, olamning ravishiga nazar solish, o‘z «men»i bilan o‘zgalar 
«men»ini qiyoslash, shu zaylda millat tafakkurini yangilash, uni dunyoning 
taraqqiy etgan xalqlari darajasiga yuksaltirish adabiyotning asosiy 
mavzusiga aylandi. Aslida, “Munavvar qori Abdurashidxonov, Mahmudxo‘ja 
Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon va Abdulla Qodiriylar irodasining 
bukilmasligi – Vatan tuyg‘usini aziz jonlaridan ham a’lo ko‘rgani – 
vatanparvarlik tarbiyasining shaxs ma’naviy kamolotida yuksak maqomda 
turishini ko‘rsatadi”[2]. 
Abdulhamid Cho‘lpon fikricha, adabiyot Vatan va millat mavjudligi 
asosi, xalqning ma’naviy boyligidir. Ajabki, Cho‘lpon hali o‘smirligidayoq 
millat taqdiri, demakki, vatan taqdirini, istiqbolini ma’rifatparvarlik bilan 
bog‘laydi. “Adabiyoti o‘lmag‘an (bo‘lmag‘an) va adabiyotning taraqqiysiga 
chalishmag‘an (ko‘maklashmagan) va adiblar etishtirmagan millat oxiri bir 
kun hissiyotdan, o‘ydan, fikrdan mahrum qolib, sekin-sekin inqiroz bo‘lur”. 
Uning xulosasi ham keskin va aniq: “Adabiyot yashasa – millat yashar”[5]. 
Cho‘lponning ushbu fikr-mulohazalari xalq hayotidagi yuz berayotgan 
adolatsizlik, mustamlaka tizimidagi ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlarning 
keskinligi, boshi-keti yo‘q xunrezliklarga nisbatan yosh ijodkor 
Abdulhamidni o‘z vaqtidan oldin ulg‘aytirib, millat dardini his qila olish kabi 
ma’naviy yetukligini dalilladi. 
Amaldagi ta’lim tizimida yo‘l qo‘yilgan bunday kamchiliklar yoshlar 
tarbiyasida bo‘shliq paydo qildi va yoshlarning begonalar tuzog‘iga ilinishi, 
ulardan nopok maqsadlarda foydalanilishiga ham olib keladi. Ko‘rinadiki, 
ta’lim-tarbiyada vatanparvarlikni o‘rganish uning samarali yo‘llarini izlash, 
bugungi kun talabiga aylandi. Bunda ayniqsa, adabiy ta’limga munosabatni 
o‘zgartirish zarur bo‘ldi.
Ta’lim jarayonida alohida predmetlarni o‘rganishni kuchaytirish, ularni 
chuqur o‘zlashtirish, asosiy predmet va g‘oya atrofiga jipslashtirishga 
harakat qilishdan birgina maqsad – o‘quvchining ijodiy tafakkurini
ma’naviyatini o‘stirish, fanlarning o‘zaro aloqadorligini ta’minlashdan 
iborat. Ushbu islohotlardan ko‘rinadiki, adabiyot fani bir yo‘nalishda turgan, 
buning boisi ayni vaqtda tarbiyaning asosi ham hisoblanadi.Aynan 


269 
vatanparvarlik, vatanga sodiqlik, o‘z xalqining kelajagi uchun xizmat qilish 
adabiy ta’limning bosh maqsadi, vazifasi hisoblanadi. Adabiyot – inson 
shaxsini tarbiyalovchi, uni buyuk ishlarga yo‘naltiruvchi tengsiz kuch. 
Milliy ta’lim tizimida o‘tkazilayotgan islohotlar ham yuqoridagi 
maqsadlar bilan birga insonni barcha tarbiyaviy tadbirlarning markaziga 
qo‘ydi. Yangilangan pedagogika insonni oliy qadriyat deb hisoblaydigan 
tarbiya tizimini yaratishni bosh maqsadga aylantirdi.
Ma’lumki, tarbiya insonda mavjud ma’naviy fazilatlarni rivojlantirish 
yoki qusurlarni yo‘qotishga xizmat qiladi. Bu jarayon samaradorligi uzluksiz 
davom ettirilganida o‘z natijasini beradi ya’ni tarbiyalanuvchining 
bo‘layotgan 
voqea-hodisalarni 
qalbidan 
o‘tkazishi, 
unga 
o‘z 
munosabatlarini tarkib toptirishiga bog‘liq holda amalga oshadi. 
UO‘TM adabiy ta’limi har bir davrning, ijtimoiy-siyosiy tuzumidan qat’i 
nazar, e’tibor tortar masalasi bo‘lgan. Har bir hukmron mafkura 
adabiyotning ishontirish, ergashtirish kuchini juda yaxshi anglagani, o‘z 
g‘oyalarini odamlarga singdirishning sinalgan yo‘li sifatida qaragan.
Yuqoridagi kuzatuv va tahlillar quyidagi xulosalarga kelish imkonini 
berdi: 
— uzluksiz adabiy ta’lim tizimlari mobaynida yoshlarni vatanparvarlik 
ruhida tarbiyalash muammosi ma’naviy, ijtimoiy va siyosiy ehtiyoj tufayli 
paydo bo‘ldi va tiklanayotgan milliy-ma’naviy qadriyatlarni yoshlarga 
singdirishda uning o‘rni, ayniqsa, muhim ekanligi ma’lum bo‘ldi: 
— adabiy ta’lim tizimi istiqlolning ilk kunlaridan sifat o‘zgarishlarga, 
tahliliy islohotlarga uchradi, buning natijasi milliy ilmiy-metodik 
pedagogikamizni yuzaga keltirdi; 
— uzliksiz ta’lim mezonlari orqali adabiyot o‘qitishni tashkil etuvchi 
badiiy asarlarni saralash prinsiplari yangilandi: ijtimoiy deguma-
nizatsiyadan inson oliy qadriyat ekanligi anglandi. 
— Milliy o‘zbek pedagogikasi tayanadigan tamoyillar adabiy ta’lim 
zaminida qayta ko‘rib chiqilishi, mazmunan yangilanishi tom ma’noda, 
milliylikka yo‘g‘rilishi va ijtimoiylashishi bugungi kun talabiga aylandi;
— tadqiqot jarayonida uzluksiz ta’lim bosqichlarida adabiyot o‘qitishni 
o‘zgacha tashkil etish, adabiy ta’limga munosabatni tubdan yangilash, 
yangicha pedagogik talablar asosida adabiyot o‘qituvchilari kasbiy 
tayyorgarligi va professionalligini oshirish, yuz berayotgan o‘zgarishlarga 
sog‘lom munosabatni ta’minlash ishlari kuchaytirildi; 
— Bunda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonida ehtiyoj, 
istak va zaruratning o‘zaro mos kelishiga alohida e’tibor qaratilishi kerak; 


270 
— yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ta’lim tizimlari, 
shuningdek, oliy ta’limning asosiy muammosi sifatida qabul qilinishi, bu esa 
mamlakat kelajagi uchun juda muhim ekanligi ayon bo‘ldi.

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling