Ikkinchi tartibli egri chiziqlar mavzusini talabalarning


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR


Download 88.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana21.08.2023
Hajmi88.84 Kb.
#1668962
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
sunnatillo4

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Mazkur 
tadqiqot jarayonida ikkinchi tartibli egri chiziqlarning ahamiyati obyektiv ochib 
berildi. Bugungi kundagi matematik amallarning inovatsion texnologiyalardan 
foydalangan holda talabalarga o’rgatish bosqichlari mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq 
qilindi.  
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Hozirgi vaqtda matematik, texnik, injenerlik va o’quv masalalarini yechishda 
ko’plab programmalar yaratilgan. Talabalar o’rganishi uchun eng oson bo’lgan 
“Maple” paketi va shunga o’xshash paketlar yordamida quyidagilarni amalga 
oshiradi: 
1. Ko’plab masalalarni dastlabki yechish programmalarini tuzmasdan faqat 
komanda berish orqali bajaradi.
2. O’rganilayotgan materiallarni fazoviy tasavvur qilish electron hujjatlar 
yaratish imkoniyatlarini beradi. 
3. Simvolli, sonli usullar bilan ishlashni grafik tasvirlash bilan uyg’un olib 
boradi.
4. Ko’plab funksiyalarni, xususan ikkinchi tartibli egri chiziqlarni turli o’qlarda 
(chiziqli va logarifmik) chizib beradi. 
5. Funksiyalar grafiklarini Dekart va qutb koordinatalarda chizadi. 
1
Shadiev, R., Alikulov, T., Turaev, S., Chorshanbiev, Z., & Gulomova, M. (2020). Mathematical preparation in the 
system of pedagogical education: from knowledge to activity. Journal of Critical Reviews7(5), 798-801



Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
314 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
6. Grafiklar rangini foydalanuvchi tomonidan berish imkoniyati mavjud.
Shularni e’tiborga olgan holda “ikkinchi tartibli egri chiziqlar” mavzusini 
talabalar tomonidan yanada yaxshiroq o’rganish uchun “Maple” dasuridan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. 

Odatda oliy matematika fanini o’qitilish jarayonida talabalar tomonidan bu 
o’tilayotgan mavzu bizga nima uchun kerak, biz biron aniq sohada ishlasak, 
matematika kerak bo’lmaydi, degan savollar bo’ladi. 
Maqolada mualliflar tomonidan hozirgi zamon talabalaridan kelib chiqib, Oliy 
o’quv yurtlari talabalari uchun “oliy matematika” mavzularini quyidagi reja bo’yicha 
o’qitish taklif etiladi:
- har bir bosh mavzu (modul)ga kirish sifatida bu mavzuda o’rganiladigan 
tenglamaga qaysi fizik yoki ijtimoiy jarayonlar olib kelinishi ya’ni modellashtirilishi 
haqida ma’lumot berish; 
- mavzuni nazariy ma’lumotlarini ya’ni umumiy holda matematik 
tenglamalarni keltirib chiqarish va uni yechish usullarini berish
- mavzu bo’yicha amaliy masalalarni yechib ko’rish; 
- mavzuda uchraydigan tenglamalarni hayotiy masalalar fizik va ijtimoiy 
jarayonlarga tadbiqini konkret misollar yordamida ko’rsatish;
- amaliy va mustaqil darslarda masalalarni yechishda va yechimni ko’rinishini 
tasavvur etishda zamonaviy kompyuter texnologiyalardagi foydalanish; 
- mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqlar, test savollari, xususan 
o’ragatuvchi testlardan foydalanish tavsiya etiladi. 
Quyida biz yuqorida bildirilgan fikrlarni oliy texnika oʻquv yoʻnalishlarida 
oʻqitiladigan oʻquv yurtlarida oʻqitiladigan oliy matematika fanidagi bitta “ikkinchi 
tartibli egri chiziqlar” mavzusi orqali yoritib berishga harakat qilamiz.
Dastlab talabalarga qanday fizik jarayonlar, hayotiy va iqtisodiy masalalar 
“ikkinchi tartibli chiziqlarga modellashtiriladi yoki boshqacha qilib aytganda bu egri 
chiziqlar oʻzi, nimaga kerak” degan savol bilan murojat qilinsa odatda ular asosan 
moddiy nuqtaning harakat trayektoriyalari, aylana, ellips yoki paraboladan iborat 
boʻladi deb javob berishadi. 
Oʻqituvchi tomonidan ikkinchi tartibli egri chiziqlarga quyidagi jarayonlar 
modellshtirilishi toʻgʻrisida ma’lumot berilishi maqsadga muvofiq boʻladi: 
2
Kholmurodovich, Egamov Mirshohid. "Use of Maple and Microsoft Excel Programs In Teaching Spheric 
Trigonometry." INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON INNOVATION, INTEGRATION AND 
EDUCATION 2.2 (2021): 580-584.

Download 88.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling