Siquvchi kuchlarni bir me’yorda saqlab turish ;
Ilashish muftasi prujinalarini siqish kuchini o‘zgarishini oldini olish juda katta axamiyatga ega. Chunki mufta ish jarayonining kursatkichlari shunga bog‘liq. Buning yo‘llari kuyidagicha:
ekspluatatsiyada siqish kuchini sozlash mumkin bo‘lgan konstruksiyani qo‘llash;
siquvchi prujinalar bikrligini kamaytirish;
diafragmali prujina o‘rnatilgan ilashish muftalaridan foydalanish.
19-rasm. Siquvchi prujinalarning elastiklik xarakteristikalari
Boshqarish uchun kam jismoniy kuch sarflash;
Buning uchun yuritma elementlarining uzatishlar soni iloji boricha katta qilib tayyorlanadi va yuritmada kuchaytirgichlar ishlatiladi.
20-rasm. Ilashish muftasi yuritmasidagi prujinali kuchaytirgich
Umumiy talablar (o‘lcham va massasi kichik, tuzilishi va texnik xizmat ko‘rsatish sodda, shovqinsiz, ta’mirlashga layoqatli va boshqalar).
Friksion ilashish mexanizmining ish jarayoni.
Ilashish muftasining shataksirashdagi ishini tahlil qilish va baxolash uchun avtomobilning ikki massali modelidan foydalanamiz.
21-rasm. Ikki massali avtomobil modeli
bu yerda:
I c - dvigatel aylanuvchi qismlarning va ilashish mexanizmi etak lovchi
detallarining inersiya momenti;
I a - ilashish mexanizmi valiga keltirilgan avtomobilning inersiya momenti;
M ψ - avtomobil harakatiga qarshilik momenti;
MK - dvigatelning burovchi momenti;
Mc -ilashish mexanizmi uzatayotgan moment;
Keltirilgan inersiya momenti quyidagicha aniqlanadi:
(4.2)
Bu yerda:
rK -g’ildirakning g’ildirash radiusi;
M- avtomobil massasi;
δ – avtomobilning aylanuvchi qismlarini hisobga oladigan koeffitsent;
UTP - transmissiyaning uzatishlar soni.
Ikki massali modeldagi massalarning harakatini differensial tenglamalar orqali ifodalash mumkin:
(4.3)
U holda:
(4.4.)
Do'stlaringiz bilan baham: |