Ilashish muftasiga bo‘lgan


Ilashish muftasi o’chirilganda transmissiyadagi vibratsiya


Download 1.01 Mb.
bet6/7
Sana11.05.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1451381
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-§. ILASHISH MUFTASINING KONSTRUKSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH TENDENSIYASI

Ilashish muftasi o’chirilganda transmissiyadagi vibratsiya

Ilashish muftasining g‘ilofi po‘latdan shtamplanib tayyorlanadi. G‘ilofni maxovikka bolt bilan qotiriladi, bunda shtiftlar uchun uning tashqi gardishida teshiklar qilingan.
Ichki gardishlarda esa turtib chiqqan joylari bo‘lib, ularning uchini g‘ilofning ichki tomoniga bo‘lish hisobiga tayanch halqalar uchun uyachalar hosil qilingan. Siquvchi prujinali po‘lat taxtalardan konus shaklida shtampalab kesilgan.
Siquvchi prujinaning ichki qismidagi radial kesiklar prujinaning tashqi yuzasida gulbarglar hosil qiladi va ular ilashish muftasining ajratuvchi ilashish vazifasini bajaradi. Siquvchi disk cho‘yandan quyib tayyorlangan.
Burovchi moment dvigateldan uzatma qutisining yetakchi valiga ilashish muftasining yetaklanuvchi diski orqali uzatiladi. Uzatmalarning ravon qo‘shilishini ta’minlash uchun yetaklanuvchi disk qayishqoq qilib ishlangan.
Ilashish muftasi uzilganda yetaklanuvchi disk gubchasi o‘q bo‘ylab uzatma qutisining yetakchi valining shlitsasi bo‘yicha xarakatlanadi. Yetakchi diskga po‘lat parchin mix bilan 8 ta taram-taram yuzaga esa bo‘lgan prujinali plastinkalar parchinlangan. Bu plastinkalarga ikkala tomonidan friksion qoplamalar parchin mixlar yordamida mahkamlangan.
Parchin mix kallakchalari qoplamalarning ish yuzasiga nisbatan 1,352,1 mm ga chuqurroq joylashadi. Burilma tebranishlarni so‘ndirgich (dempfer) avtomobilning tezligi keskin o‘zgarganda transmissiya elementlarida yuzaga keladigan qo‘shimcha yuklamalarni kamaytirish uchun xizmat qiladi.
Ilashish muftasi yеtakchi disklarning soniga qarab, bir, ikki va ko‘p diskli, siquvchi prujinalarning turiga va joylashuviga qarab va doira bo‘ylab joylashgan prujinali yoki bitta markaziy prujinali, shuningdеk markaziy diafragma prujinalisi ham bo‘ladi. Dеmak, friktsion turdagi ilashish muftasini qo‘shish uchun doira bo‘ylab joylashgan bir nеchta prujinalarning yoki bitta markaziy prujinaning maxovik tomon yo‘nalgan kuchidan foydalaniladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling