Ilashish muftasiga bo‘lgan


Download 1.01 Mb.
bet3/7
Sana11.05.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1451381
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-§. ILASHISH MUFTASINING KONSTRUKSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH TENDENSIYASI

Ravon va to‘la ulanish;

Ushbu talabni bajarish uchun bir qator konstruktiv tadbirlar bajariladi.

      1. Toza ajralish;

Buning uchun ilashish muftasining yuritmasidagi tirqish belgilangandan katta bo‘lmasligi kerak, aks xolda, pedal bosilganda uning yo‘lining aksariyat qismi tirqishni o‘tishga sarflanib, ajratish richagchalar oxirigacha bosilmaydi. Demak siquvchi disk to‘liq tortilmaydi va ilashish muftasi toza ajratilmaydi. Ikki diskli ilashish muftalarida o‘rtada joylashtirilgan siquvchi diskni ortga tortish masalasini echish kerak.

      1. Yetaklanuvchi qismlarning inersiya momentini minimal bo‘lishi ;

Inersiya momenti Ј=m*R2 teng, shuning uchun yetaklanuvchi qismlarning massasi va o‘lchamlari kichik bo‘lishi kerak;

      1. Ishqalanuvchi yuzalardan issiqlikni yaxshi tarqatish;

  • yetaklanuvchi disk nakladkalarining ustida radius bo‘ylab ariqchalar mavjud; yetaklanuvchi disk aylanganda, bu ariqchalardan xavo oqimi markazdan qochma kuch ta’sirida chetga qarab harakatlanadi va yuzalarni sovutib o‘tadi. Bundan tashqari, ish jarayonida ishqalanish natijasida hosil bo‘ladigan qirindi zarralari ariqchalarga tushib markazdan qochma kuchlar bilan chiqazib tashlanadi.

  • ilashish muftasining detallari issiqlikni yaxshi tarqata olishi kerak. Shu sababli ilashish muftasini korzinasi parraksimon, ko‘p teshikchalar va qirqimlar bilan tayyorlanadi. Aylanish paytida u shamollatgichday ishlaydi.

      1. Transmissiyani dinamik yuklanishlardan saqlash ;

Transmissiyada dinamik yuklanishlar ilashish muftasini keskin ulanishidan, yetakchi g‘ildiraklarni yo‘l noteksliklariga urilishi, dvigatelni ravon ishlamasligi va x.k. sabablarga ko‘ra hosil bo‘lishi mumkin. Bunday yuklanishlarni oshishi transmissiya detallarini sinishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun ilashish muftasining zahira koeffitsentini to‘g‘ri tanlash va ilashish muftasining yuqori tempda ulanishini oldini olish kerak.


      1. Download 1.01 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling