Ekologik toza avtomobillarni
Download 199.48 Kb.
|
3 maruza
3-§. YOQILG‘I TEJASH VA AVTOTRANSPORT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH METODOLOGIYASI Ekologik toza avtomobillarni yaratish va yonilg‘i tejamkorligini tadqiq etish. Yonilg‘i sarfiga ta'sir etuvchi omillar dvigatel va transmissiyadagi mexanik yo'qotishlar hamda avtomobil harakati qarshiligini yengish bilan bog‘liqdir. Harakat qarshiligini yengishga ketayotgan yonilg‘i sarfi inersiya kuchlarining aerodinamik qarshilik va aylanma harakatni yengishga ketadigan sarflardan iboratdir. Avtomobilning yonilg‘i balansi quyidagi ifoda bilan tavsiflanadi: QΣ =Qdv+Qf+Qish+Qw+Qj+Qa (3.1) bu yerda: QΣ - avtomobil harakatlanishi uchun yonilg‘ining umumiy sarfi; Qdv - dvigateldagi issiqlik, mexanik va nasoslardagi qarshilikni yengish uchun yonilg‘i sarfi; Qf -aylanma harakat qarshiligini yengish uchun yonilg‘i sarfi; Qish - transmissiyadagi mexanik yo‘qotishlarni yengish uchun yonilg‘i sarfi; Qw - aerodinamik qarshiliklarni yengish uchun yonilg‘i sarfi; Qj-avtomobil inersiya kuchlarini yengish uchun yonilg‘i sarfi; Qa – yo‘ldagi ko‘tarilish va pastga tushishlarni yengish uchun yonilg‘i sarfi. Yonilg‘i iqtisodi, avtomobilni loyihalashda odatda uning massasini kamaytirish, dvigatel va transmissiyaning foydali ish koeffisiyentini oshirish, aerodinamik va aylanma harakat qarshiliklarini kamaytirish bilan erishiladi. Yonilg‘ining ekspluatatsiyadagi sarfi, odatda, avtomobilning texnik tavsifida ko‘rsatilgan nazorat sarfidan yuqori bo‘ladi. Buning sababi, ekspluatatsiyaning real sharoitida yonilg‘ining sarfiga qator qo‘shimcha omillar ta’sir etadi. Ular boshqariladigan va hisobga olinadigan omillarga bo‘linadi (14-rasm). Avtomobillar sovuq iqlim sharoitida ishlaganda yonilg‘i ekspluatatsion sarfining keskin oshishi kuzatiladi. Atrof-muhitning havo harorati 0°Cdan minus 20°C gacha pasayganda yonilg‘i sarfi 12%ga, minus 40°C gacha pasayganda 28% ga oshadi. Bu hol dvigatel ishi issiqlik rejimining yomonlashuvi, harakatning og‘ir sharoiti, dvigatelning to‘xtash joylaarida qayta-qayta qizdirilishi, transmissiya foydali ish koeffisiyentining pasayishi va boshqalar bilan bog‘liqdir. Avtomobillarning issiq va ququr iqlim sharoitlarida ekspluatatsiya qilinishi silindrlarning to‘ldirilishini yomonlashuviga, yonilg‘i aralashmasining boyishiga, dvigatel va uning tizimlarining qizib ketishiga olib keladi, natijada yoilg‘i sarfini iqtisodiy ko‘rsatkichi yomonlashadi. Masalan, atrof-muhit havosi haroratining 20oC dan 40 °C ga o‘sishi dizel dvigatellarida yonilg‘i sarfini 30%ga oshiradi. Avtomobillar tog' sharoitlarida ekspluatatsiya qilinganda ham ularning yonilg‘i - iqtisodiy ko‘rsatkichi yomonlashadi. Avtomobil har 100 m balandlikka ko'tarilganda dvigatelning quvvati o‘rtacha 12…13% ga kamayadi, yonilg‘ining iqtisodiy ko‘rsatkichi esa 14…15% ga yomonlashadi. Ekspluatatsiya sharoitida avtomobil mexanizm va uzellarida uchrab turadigan nosozliklar ham yonilg‘i sarfiga seziiarli ta’sir ко’rsatadi. Masalan, uzgich kontaktlari orasidagi tirqishmng kattalashishi, o‘t oldirishning erta yoki kech bo lishi, gaz taqsimlagich mexanizmidagi tirqishlarning buzilishi yonilg‘i sarfining 7...10%ga oshishiga olib keladi. Boshqa, amaliyotda tez-tez uchrab turadigan nosozliklar (shinalardagi havo bosimining kamayishi, g‘ildiraklardagi o‘rnatish burchaklarini noto‘g‘riligi, tormoz mexanizmlaridagi tirqishlarning kamayishi) yonilg‘i sarfini 8-30%ga ko‘paytirishi mumkin. Shuning uchun ATKning muhandis-texnik xodimlari yonilg‘i sarfini iqtisod qilish maqsadida TXK va JT ishlarining sifatli o‘tkazilishini, harakatdagi tarkibni texnik holatini soz holda ushlab turishlari zarur. Download 199.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling