Ekologik toza avtomobillarni


Download 199.48 Kb.
bet8/9
Sana11.05.2023
Hajmi199.48 Kb.
#1451370
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 maruza

Avtomobil dvigatellarida Alternativ yonilg‘ining rivojlanishi.

Avtomobil parki tarkibida dizel yonilg‘isida va noan’anaviy yonilg‘i turlarida, avvalam bor, siqilgan tabiiy gazda ishlaydigan avtomobillar ulushi oshmoqda.
Oxirgi o‘n yillikda, avtomobil parki katta sur’atlarda kengayib, an’anaviy suyuq yonilg‘ini yetishmasligi natijasida gazsimon yonilg‘idan foydalanishga qiziqish sezilarli ko‘paydi. Suyultirilgan neft gazi (SNG) va siqilgan tabiiy gaz (STG) suyuq uglevodorod yonilg‘ining arzon, yonganda kam zaharlash xususiyatiga ega bo‘lgan o‘rinbosaridir.
Yonilg‘i-energetik resurslar tarkibini neftdan olinadigan suyuq energomanbalar ulushini kamaytirish hisobiga sozlash istiqbolli yo‘nalish bo‘lib qoldi. Bu tadbirlarga avtotransportni dizellash, avtomobillarning bir qismini siqilgan tabiiy gazga (STG) va suyultirilgan propan-butan fraksiyali neft gaziga (SNG) o‘tkazish, kelajakda esa, avtomobil benzini tarkibiga metanol, etanol, suv kiritish, hamda transportda suyultirilgan tabiiy gaz (SuTG), biogaz, vodorod va energomanbalar o‘rnini bosadigan boshqa turlarini qo‘llash kiradi.
Ana shuning uchun transport vositalarida kuch beruvchi agregat sifatida gaz dvigatellarini qo'llash keng yoyilmoqda. Gaz yonilg‘ilarni qo‘llasb zaruriyati quyidagi omillar bilan belgilanadi:
Chiqindi gazlar bilan havo havzasi zararlanishi kamayadi;
respublika yonilg‘i-energctik rcsurslaridan oqilona foyda- lanishni ta'minlanadi;
dvigatellar va motor moylarining ishlash muddatlari uzayadi:
gaz yonilg‘ilar nisbatan tushadi.
Oxirgi vaqtda atmosfera havosi avtomobil dvigatellarining chiqindi gazlari bilan ifloslanish xavfi yuksalib borayotganligi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun avtomobil dvigatellarini gaz yonilg‘ilariga o‘tkazish yo‘li bilan chiqindi gazlarda zararli moddalar konsentratsiyasini pasaytirish atrof muhitni himoyalashning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoldi.
Zamini tabiiy gazga boy bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi uchun gaz yonilg‘ilarini qollashni kengaytirish masalasi ayniqsa zarurdir.
O‘rta Osiyoning gaz konlari aniqlangan, gaz yonilg‘ilari zaxirasi va uni qazib olish bo‘yicha G‘arbiy Sibirdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Gaz zaxiralarining imkoniyati (salohiyati) 16,5 trln. kub metr, aniqlangan zaxira 3,1 trln. kub metr. Bu zaxiralarning 93%dan ko‘prog‘i O‘zbekistonga (40%) va Turkmanistonga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistonda yiliga taxminan 7-8 mln.t. neft (gaz kondensatini qo‘shib), 55 mlrd. kub metr tabiiy gaz va 5,5 mln.t. ko‘mir qazib chiqariladi, ya’ni respublika yonilg‘i- energiya balansida (YOEB) tabiiy gaz 65%ga yaqinini tashkil etadi, jahon miqyosida esa tabiiy gaz YOEBda taxminan 22- 24%ni tashkil etadi.
Yonilg‘ini turlari bo‘yicha sarflar va ularning O‘zbekiston Respublikasi YOEBdagi ulushlari 3.3- jadvalda keltirilgan.
Gaz yonilg‘ining boshqa turi bu suyultirilgan propan-butan aralashmasi (SNG) yoki yo‘lovchi (poputniy) gaz, neft qazib chiqarish va neft-gazni qayta ishlashda yo‘l-yo‘lakay hosil boiadigan mahsulot. SNGning jahon YOEBdagi ulushi taxminan 2.2%ni tashkil etadi, rivojlangan mamlakatlarda esa 4,0-4,2%. G‘arbiy yevropada SNG taxminan 10% ichki yonish dvigatellari uchun yonilg‘i silatida qo‘llanadi. O‘zbekistonda yiliga motor yonilg‘isi silatida 30,0 ming t. SNG va 70,0-72,0 mln. kub metr STG toydalaniladi, bu esa tabiiy resursning o‘ndan birini tashkil etadi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda tabiiy gaz energiyani iste’mol qiluvchilar uchun, va birinchi navbatda, transport uchun. asosiy va istiqbolli yonilg‘i turi bo'lib qoldi.

Download 199.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling