Ilgarilanma harakat kinematikasi va dinamikasi


Download 1.44 Mb.
bet25/57
Sana19.11.2020
Hajmi1.44 Mb.
#147552
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57
Bog'liq
amaliy ish


77. Moddiy nuqtaning radiusi R bo‘lgan aylana bo‘ylab harakat tenglamasi ko‘rinishga ega. Nuqtaning 3-sekunddagi normal va tangensial tezlanishlari topilsin.

78. Minoradan gorizontal yo‘nalishda 20 m/s tezlik bilan tosh otilgan. Harakat boshlanishidan 2s o‘tgach toshning tezligi, normal va tangensial tezlanishlari aniqlansin.

79. Gorizontga nisbatan burchak ostida 20m/s tezlik bilan tosh otilgan. Harakat boshlanishidan 2s o‘tgach toshning tezligi, normal va tangensial tezlanishlari aniqlansin.

80. Balandligi 49 m bo‘lgan minoradan gorizontal yo‘nalishda 5 m/s tezlik bilan jism otilgan. Tushish vaqtining yarimiga teng bo‘lgan momentdagi nuqtada jismni tangensial va normal tezlanishlari aniqlansin. Minoradan qanday masofada u yerga tushadi?

81. Tik, balandligi 24.5 m bo‘lgan qoyadan gorizontal yo‘nalishda biror boshlang‘ich tezlik bilan koptok otilgan. Koptok yerda qoya asosidan 30 m uzoqlikda joylashgan nishonga tegadi. Koptok qanday boshlang‘ich tezlik bilan otilgan va u nishonga tegib, qanday tezlikka ega bo‘ladi?

82. 5 m balandlikdan gorizontga nisbatan 30o burchak ostida otilgan koptok yerga tushdi. Agar uning boshlang‘ich tezligi 22 m/s bo‘lsa, koptokning oxirgi tezligini va uchish masofasini toping.

83. Tezligi 20 m/s bo‘lgan jismning uchish masofasi uning ko‘tarilish balandligidan 4 marta katta bo‘lishi uchun u gorzontga nisbatan qanday burchak ostida otilishi kerak? Trayektoriyaning eng baland nuqasida egrilik radiusi topilsin.

84. Tezligi 15 m/s bo‘lgan koptok gorizontal sirtga urilib, undan huddi shu tezlik bilan qaytdi. Koptokning tushish burchagi 60o. Koptokning ko‘tarilish balandligini, uchish masofasini va trayektoriyani eng yuqori nuqtasida egrilik radiusini aniqlang.



85. Harakat boshnishidan 1.5 s o‘tgach maxovik gardishida yotgan nuqtaning to‘liq tezlanishi vektori maxovik radiusi bilan qanday burchakni tashkil etadi? Maxovikni burchakli tezlanishi 0.77 m/s2 ga teng .

86. Radiusi R = 20 sm bo‘lgan disk tenglamaga asosan aylanadi bunda, A = 3 rad, V = -1 rad/s, S = 0.1 rad/s3. Vaqtning t = 10 s momenti uchun disk aylanasida yotgan nuqtalarni tangensial , normal va to‘liq tezlanishi aniqlansin.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling