Ilgarilanma harakat kinematikasi va dinamikasi


Download 1.44 Mb.
bet27/57
Sana19.11.2020
Hajmi1.44 Mb.
#147552
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57
Bog'liq
amaliy ish


90. Nuqtaning egri chiziq bo‘ylab harakati va tenglamalar bilan berilgan. Nuqta trayektoriyasini tenglamasi topilsin.

91. Jism gorizontga nisbatan 30o burchak ostida otilgan. Harakatning boshlang‘ich momentidagi normal va tangensial tezlanishlar topilsin.

92. Gorizontga nisbatan 30o burchak ostida quroldan chiqqan snarad t1 = 10s va t2 = 50s vaqt o‘tgach ikki marta biror bir balandlikda bo‘lgan. Boshlang‘ich tezlik va shu balandlik topilsin.

93. Vaqtning qanday momentida gorizontal ravishda υo = 19.6 m/s boshlang‘ich tezlik bilan otilgan jismni tangensial tezlanishi normal tezlanishga teng bo‘ladi?

94. Koptok υo = 9.8 m/s tezlik bilan gorzontal ravishda otilgan. Qancha vaqtdan so‘ng koptokning normal tezlanishi tangensial tezlanishdan 2 marta katta bo‘ladi?

95. Jar chetidan υo = 20 m/s tezlik bilan gorzontal yo‘nalishda koptok otilgan. Trayektoriyani shunday nuqtasi topilsinki, undagi egrilik radiusi eng yuqori nuqtadagi egrilik radiusiga nisbatan 8 marta ortiq bo‘lsin.

96. Jism gorzontal ravishda otilgan. Otilgandan so‘ng 5 s vaqt o‘tgach uning to‘liq tezligi va to‘liq tezlanishi yo‘nalishlari orasidagi burchak β = 45o ga teng bo‘ldi. Shu momentdagi jismni to‘liq tezligi υ topilsin.

97. Futbol koptogi υo = 10.7 m/s boshlang‘ich tezlik bilan gorizontga nisbatan α = 30o burchak ostida otildi. Koptok, otilgan nuqtadan S = 6 m masofada joylashgan vertikal devorga elastik uriladi. Koptok otilgan nuqtadan yerga tushish nuqtagacha bo‘lgan masofa topilsin.



98. Jism gorizontga nisbatan burchak ostida υo = 10 m/s boshlang‘ich tezlik bilan otilgan. Jismni h = 3 m balanda bo‘lgan momentdagi tezligi topilsin.

99. Pilotajning biror bir figurasini bajarishda samolyot harakat yo‘lining to‘g‘ri chiziqli uchastkasidagi trayektoriyasi tenglama bilan ifodalanadi, bunda b = 250 m/s, c = 5 m/s2. Figurani bajarish boshlanganidan 5 s o‘tgach samolyotni chiziqli tezligi va tangensial tezlanish topilsin.

100. Minoradan gorizontga nisbatan α = 30o burchak ostida υo = 10 m/s boshlang‘ich tezlik bilan tosh otilgan. Otilgandan so‘ng 4s o‘tgach tosh egallagan nuqta bilan u otilgan nuqta oradsidagi eng qisqa masofa topilsin.


Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling