Ilgarilanma harakat kinematikasi va dinamikasi


Download 1.44 Mb.
bet57/57
Sana19.11.2020
Hajmi1.44 Mb.
#147552
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
amaliy ish

171. G‘ildirak shaklidagi blok orqali ip o‘tkazilib, uning uchlariga m1=100 g va m2=300 g massali yuklar bog‘langan. m=200 g bo‘lgan g‘ildirak massasini, uning gardishi bo‘ylab tekis taqsimlangan deb hisoblab, spitsalar massasini e’tiborga olmaslik mumkin. Yuklar qanday tezlanish bilan harakatlanishini toping.

172. n=12 s-1 chastota bilan aylanayo‘tgan blok t=8 s vaqt ichida to‘xtashi uchun unga qo‘yilishi kerak bo‘lgan kuch momenti M ni aniqlang. Blok diametri D=30 sm. m=6 kg bo‘lgan blok massasini uning gardishi bo‘yicha tekis taqsimlangan deb qarash mumkin.

173. Radiusi R=20 sm massasi m=5 kg bo‘lgan disk n=8 ayl/s chastota bilan aylanmoqda. Tormoz berilgandan so‘ng t=4s o‘tgach disk to‘xtadi. Tormozlovchi kuch momenti M topilsin.

174. Massasi M=9 kg bo‘lgan barabanga shnur o‘ralib, uning uchiga m=2 kg massali yuk bog‘langan. Yukning tezlanishi topilsin. Baraban bir jinsli silindr deb hisoblansin. Ishqalanish e’tiborga olinmasin.

175. Radiuslari 0.4 m va har birining massasi 100 kg bo‘lgan disk ko‘rinishidagi ikki maxovik 480 ayl/min gacha aylantirilib yuborilgan va o‘z-o‘ziga qo‘yib qo‘yilgan. Valning podshipnik bilan ishqalanishi natijasida birinchi maxovik 1 min 20 sek dan so‘ng to‘xtadi, ikkinchi maxovik esa to‘xtagunga qadar 240 marta to‘liq aylandi. Har bir maxovik podshipnigini valga ishqalanish kuchlarini momentini toping va ularni o‘zaro solishtiring.

176. Radiusi R=0.2 m va massasi m=10 kg bo‘lgan maxovik motor bilan tasma orqali bog‘langan. Tasmaning tarangligi o‘zgarmas bo‘lib, T=14.7 N ga teng. Harakat boshidan ∆t=10 s vaqt o‘tgach maxovik sekundiga necha martadan aylanadi? Maxovikni bir jinsli disk deb hisoblansin. Ishqalanishni e’tiborga olmang.

177. Maxovik valining radiusi R=0.01 m. Valga shnur o‘ralib, uning uchiga m=0.2 kg massali yuk bog‘langan. Og‘irlik kuchi ta’sirida yuk t=5 s davomida h1=1.2 m balandlikdan tushadi, so‘ngra esa, g‘ildirakni inersiya bo‘yicha aylanishi tufayli h2=0.8 m balandlikka ko‘tariladi. G‘ildirakni inersiya momenti aniqlansin.



178. Massasi m=10 kg va radiusi R=20 sm bo‘lgan shar, uning markazi orqali o‘tuvchi o‘q atrofida aylanmoqda. Sharni aylanish tenglamasi ko‘rinishga ega, bunda A=5 rad, B=4 rad/s2. S=-1 rad/s3. Vaqtning t=2 s momentidagi kuchlar momenti kattaligi topilsin.

179. Jism tinch holatdan gorizontal o‘q atrofida, unga o‘ralgan shnurga osilgan yukni pastga tushishi tufayli aylanma harakatga keltiriladi. Agar m=2 kg massali yuk t=12 s davomida h=1 m masofaga tushsa, jismni inersiya momenti topilsin. O‘qning radiusi r=8 mm. Ishqalanish kuchi e’tiborga olinmasin.

180. Massasi m=100 kg va radiusi R=5 sm bo‘lgan aylanayo‘tgan valni silindrik sirtiga F=40 N kuch bilan tormoz kolodkasi bosiladi, natijada val t=10 s dan so‘ng to‘xtaydi. Agar ishqalanish koeffisiyenti K=0.31 ga teng bo‘lsa, val qanday chastota bilan aylanayo‘tgan edi?

181. Maxovik va engil shkiv gorizontal o‘qqa o‘rnatilgan. Shkivga ip bilan bog‘lab qo‘yilgan m massali yuk tekis tezlanuvchan harakatda tusha turib 4s davomida 2m bosib o‘tdi. Maxovikni inersiya momenti 0.05 kg·m2. Tushayo‘tgan yukning massasini aniqlang, agar shkivning radiusi 6 sm bo‘lsa, uning massasini e’tiborga olmang.



182. Massasi 6 kg bo‘lib, u 18 sm radiusli gardish bo‘ylab tekis taqsimlangan maxovik valda 600 min-1 chastota bilan aylanmoqda 10 N·m ga teng bo‘lgan tormozlovchi moment ta’sirida maxovik to‘xtadi. Maxovik to‘xtagunga qadar qancha vaqt o‘tadi va u bu vaqt ichida necha marta to‘liq aylanadi?
Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling