Ilgarilanma harakat kinematikasi va dinamikasi


Download 1.44 Mb.
bet55/57
Sana19.11.2020
Hajmi1.44 Mb.
#147552
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
amaliy ish


142. Radiusi R=0.2 m va massasi m=15 kg bo‘lgan bir jinsli disk uning markazi orqali o‘tuvchi o‘q atrofida aylanmoqda. Diskni burchakli tezligini vaqtga bog‘liq tenglamasi ko‘rinishda berilgan, bunda B=1 s-1. Disk gardishiga urinma ravishda qo‘yilgan kuch kattaligini toping. Ishqalanishni e’tiborga olmang.

143. Radiusi R=0.3 m va massasi m=5 kg bo‘lgan bir jinsli silindr tenglama asosida aylanmoqda, bunda A=6 rad/s, B=1 rad/s3. Vaqtning t=4 s momentdagi kuchlar momenti M ni aniqlang.

144. Uzunligi ℓ =1 m va massasi m=0.5 kg bo‘lgan bir jinsli sterjen uning o‘rtasidan o‘tuvchi gorizontal o‘q atrofida vertikal tekislikda aylanmoqda. Agar sterjenning aylatiruvchi momenti M=9.81·10-2 N·m bo‘lsa, u qanday burchakli tezlanish β bilan aylanmoqda?

145. Massasi m=50 va radiusi r=20 sm bo‘lgan disk ko‘rinishdagi maxovik n=480 ayl/min chastotagacha aylantirib yuborilib, so‘ngra o‘z-o‘ziga qo‘yib qo‘yilgan. Ishqalanishni o‘zgarmas deb va maxovik t=50 s dan so‘ng to‘xtagan deb hisoblab, ishqalanish kuchi momenti M topilsin.

146. Diametri d=30 sm va massasi m=6 kg bo‘lgan blok M=1.27 N·m kuch momenti ta’sirida t=8 s ichida to‘xtagan bo‘lsa, u qanday chastota bilan aylangan ( blok massasini uning gardishi bo‘ylab tekis taqsimlangan deb hisoblang)?



147. Uchlarining biridan o‘tuvchi o‘q atrofida tenglama asosida aylanuvchi massasi m=0.5 kg bo‘lgan sterjen uzunligi qanday? Bunda A=1 rad/s, B=0.2 rad/s3. Vaqtning t=5s momentida sterjenga ta’sir etuvchi aylantiruvchi moment M=4 N·m ga teng.

148. Radiusi R=40 sm va massasi m=50 kg bo‘lgan disk gorizontal o‘q atrofida aylanishi mumkin. Bu o‘qqa r=10 sm radiusli shkiv o‘rnatilgan. Shkivga urinma ravishda qo‘yilgan qanday kuch ta’sirida disk t=0.5 s vaqt davomida n=1 ayl/s chastotagacha aylantirib yuboriladi?


Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling