Ilgarilanma harakat kinematikasi va dinamikasi


Download 1.44 Mb.
bet54/57
Sana19.11.2020
Hajmi1.44 Mb.
#147552
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
amaliy ish

129. Tinch holatdagi ikkita bir xil maxovikka birday ν=10 ayl/s . Chastotasi berib, ularni o‘z holiga qo‘yib yuborildi. Ishqalanish kuchlari ta’sirida birinchi maxovik bir minutdan so‘ng to‘xtadi, ikkinchi maxovik esa to‘liq to‘xtagunga qadar N=360 marta aylandi. Qaysi maxovikni tormozlovchi momenti katta va necha barobar?

130. Radiusi R=15sm bo‘lgan blok n=12 s-1 chastota bilan aylanmoqda. =1.27 N·m kuch momenti ta’sirida u qancha vaqt ichida to‘xtaydi? Blokning m=6 kg massasini gardish bo‘ylab tekis taqsimlangan deb qaralsin.

131. Uzunligi 1.2 m va massasi 0.3 kg bo‘lgan sterjen uning bir uchidan o‘tuvchi vertikal o‘q atrofida gorizontal tekislikda aylanmoqda. Agar sterjen 9.81 s-2 burchakli tezlanish bilan aylanayotgan bo‘lsa, unga ta’sir etuvchi aylantiruvchi moment nimaga teng? Agar aylanish o‘qi sterjenni massa markaziga ko‘chirilsa aylantiruvchi moment qanday o‘zgaradi?

132. Jismga ta’sir etuvchi kuch momenti 9.8 N·m ga teng. Harakat boshidan 10 s o‘tgach jismning burchakli tezligi 4 s-1 ga etdi. Jismning inersiya momenti topilsin.

133. Massasi 4 kg bo‘lgan maxovik uning markazidan o‘tuvchi gorizontal o‘q atrofida 720 min-1 chastota bilan erkin aylanmoqda. Maxovik massasini, (radiusi 40 sm) uning gardishi bo‘ylab tekis taqsimlangan deb qarash mumkin. Maxovik 30 s dan so‘ng tormozlovchi moment ta’sirida to‘xtadi. Maxovikka ta’sir qiluvchi tormozlovchi momentni va u to‘liq to‘xtagunga qadar aylanishlar sonini aniqlang.

134. Agar radiusi R=0.2 m va massasi m=7.36 kg bo‘lgan bir jinsli disk gardishiga o‘zgarmas F=98.1 N kuch urinma ravishda qo‘yilgan bo‘lsa, u qanday tezlanish bilan aylanadi? Aylanishda diskka M=5 N·m ishqalanish kuch momenti ta’sir etadi.

135. Radiusi R=20 sm va massasi m=5 kg bo‘lgan disk n=8 ayl/s chastota bilan aylanmoqda. Tormozlanishda u 4 s dan so‘ng to‘xtaydi. Tormozlovchi momentni aniqlang.

136. Diametri D=75 sm va massasi m=50 kg bo‘lgan disk ko‘rinishidagi maxovik shkiviga urinma ravishda F=1 kN kuch qo‘yilgan bo‘lsa, t=10 s dan so‘ng maxovikning aylanish chastotasi topilsin. Shkiv radiusi R=12 sm.

137. Massasi m=50 kg va radiusi R=20 sm bo‘lgan disk n=4 ayl/min chastotagacha aylantirib yuborilib, so‘ng uning o‘zini-o‘ziga qo‘yib qo‘yilgan. Ishqalanish ta’sirida maxovik to‘xtadi. Agar disk to‘liq to‘xtagunga qadar N=200 marta aylangan bo‘lsa, ishqalanish kuch momenti topilsin.

138. Massasi m=50 kg va radiusi R=20 sm bo‘lgan disk n=8 ail/s chastota bilan aylanmoqda. Valning silindrik sirtiga F=40 N kuch bilan tormoz kolodkasi ta’sir etgandan so‘ng t=10 s o‘tgach u to‘xtaydi. Ishqalanish koeffisiyenti topilsin.



139. Massasi m=0.5 kg va uzunligi ℓ =2m bo‘lgan sterjen uchlarining biridan o‘tuvchi o‘q atrofida tenglamaga binoan aylanmoqda. Bunda A=5 rad/s, V=0.2 rad/s3. Vaqtning t=5s momentida sterjenga ta’sir etuvchi aylantiruvchi moment M ni toping.

140. Radiusi R=10 sm bo‘lgan barabaniga ip o‘ralib, uning uchiga m=0.5 kg massali yuk osilgan. Agar yuk =1 m/s2 tezlanish bilan tushayo‘tgan bo‘lsa, barabanning inersiya momenti topilsin.

141. Radiusi R=0.2 va massasi m=15 kg bo‘lgan bir jinsli disk, uning markazidan o‘tuvchi o‘q atrofida aylanmoqda. Diskni burchakli tezligini vaqtga bog‘liqlik tenglamasi ko‘rinishda, bunda V=8 rad/s2. Disk gardishiga qo‘yilgan urinma kuchning kattaligi topilsin. Ishqalanishni e’tiborga olmasa ham bo‘ladi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling