Ilhomov Z. A. Toshkent-2019


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/32
Sana21.04.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1373420
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Илхомов З Илмий тадқиқотларнинг назарий масалалари 2019




 
Ilhomov Z.A. 
 
 
 
Toshkent-2019 



 
ILHOMOV Ziyovutdin Adxamovich 
tarix fanlari nomzodi, dotsent 
 
(
 
 
Annotatsiya 
Mazkur metodik qo„llanmada bitiruvchi kurs talabalari uchun bitiruv malakaviy ishlarini bajarishda 
zarur bo„ladigan uslubiy tavsiyalar, bitiruv malakaviy ishlarining bajarilishiga qo„yiladigan talablar, bitiruv 
malakaviy ishlarida ko„zda tutilgan hujjatlar, bitiruv malakaviy ishlarini bajarishning shaxsiy rejalari 
namunalari va baholash mezonlari ko„rsatib berilgan.
Metodik qo„llanma “Tarix o„qitish metodikasi” ta‟lim yo„nalishi talabalari uchun mo„ljallangan.
 
 
Tuzuvchilar: 
Z.A.Ilhomov, tarix fanlari nomzodi, dotsent 
R.A.Mulladjanova, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent 
 
 
Taqrizchilar: 
 
 
F.Ismatullayev, tarix fanlari nomzodi, dotsent,
Nizomiy nomidagi TDPU 
 
S.Qushbekov, Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi AL tarix
fani o‟qituvchisi 
 
 

Nizomiy nomidagi TDPU Tarix fakulteti Ilmiy kengashi yig„ilishining 2019 yil 
30 avgust 1/4-raqamli qarori bilan nashrga tavsiya etilgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
© Nizomiy nomidagi TDPU 



KIRISH 
Tarix, tarixiy haqiqat va uni ilmiy jihatdan xolislik asosida о„rganish, ayniqsa 
uni yosh avlodga yetkazib berish bugungi tarix fani oldida turgan eng dolzarb 
masalalardan biridir.
Tarix va tarixiy jarayonlar, siyosiy-tarixiy vaziyat ularning rо„y berishidagi 
asosiy sabab va xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etishda har tomonlama tahlil 
qilish tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishida katta omil sanaladi. Ayniqsa, turli 
davrlarda yaratilgan tarixiy ilmiy asarlarda mualliflarning tadqiqot masalalariga 
turlicha yondashuvlari va fikrlari, xulosalarning turlichaligi, ularni ilmiy jihatdan 
chuqur tahlil qilish va tarixiylik, ilmiylik hamda xolislikka asoslanilgan eng tо„g„ri 
xulosalarni chiqarish bugungi kun tarixchi mutaxassislari oldida turgan muhim 
vazifalardan sanaladi.
Bugungi kunda tarix fani sohasida ta‟lim olayotgan talabalar tarixga oid 
asarlardan foydalanish, ularni tahlil etish kabi о„zlashtirish uslublari, ulardan 
foydalanish samaradorligini bilish haqidagi tarixiy tadqiqot uslublari va ilmiy-tarixiy 
haqiqatga erishish yо„llarini anglashi lozim. 
Tarixchi mutaxassislarni tayyorlashda va ularning ilmiy tadqiqot malakasini 
shakllantirishda tarix fanining turli tadqiqot uslublari va yondashuvlari haqida yetarli 
bilim berish bugungi kun tarix o‟qitishning asosiy vazifalaridan biriga aylandi. 
Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishlarini tashkil qilish maqsadida 
mazkur qo‟llanmada tadqiqotni amalga oshirishda zarur bo„ladigan eng asosiy 
masalalar ko„rsatib berishga harakat qilingan.
Ma‟lumki, bitiruv malakaviy ishi talabalarning ta‟lim bo„yicha nazariy va 
amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, 
texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda 
qo„llash malakalarini ko„rsatib beruvchi omillardan biridir.
Qo„llanmadan talabalarning ilmiy tadqiqotlarini amalga oshirish jarayonida 
uchraydigan bir qator jarayonlar va ularning mazmuni, vazifalari, jumladan, Tadqiqot 
ob'yektining tanlanishi, va tadqiqot vazifalarining qoyilishi, tadqiqotning axborot-
manbaviy asoslarini, aniqlash va tadqiqot uslublarini tanlas, tarixiy voqelikni 
bilishning rekonstruktiv va empirik darajasini aniqlash, tushuntirish va nazariy 
bilishning darajasi tushunchasi, nazariyaning tarixiy tadqiqotlardagi o‟rni, 
fundamental va xususiy nazariyalar haqidagi tushunchalar, shuningdek, tadqiqotlarni 
samarali olib borish muammolari, metodologik tamoyillari, ilmiy ishlarni yozish 
usullari kabilar haqida tushunchalar berilgan. 
Qo„llanmada Oliy ta‟lim muassasalarida bakalavrlarning bitiruv malakaviy
ishini bajarishga qo„yiladigan talablar, talabalarning bitiruv malakaviy ishini bajarish 
jarayonining tashkiliy – uslubiy boshqaruvi tizimisha oid meyoriy hujjatlar ilova 



qilingan. Shunigdek, bitiruv malakaviy ishiga doir hujjatlarning rasiylashtirilishi 
ko„rsatilgan ilovalar namuna tarzida ko„rsatib o„tilgan.
Mazkur qo‟llanmada keltirilgan ma'lumotlardan foydalangan holda har bir 
tadqiqotchi yoki tarix mutaxassisligi boyicha ta'lim olayotgan talabalar tarixga oid 
asarlardan foydalanish, ularni tahlil etish kabi o‟zlashtirish uslublari, ulardan 
foydalanish samaradorligini bilish, tarix tadqiqoti sharoitida zarur bo‟ladigan ilmiy-
bilish nazariyasi, tarixni o‟rganish va anglash tamoyillari uslublari bilan tanishish 
hamda ularni tadqiqot jarayonlarida qo‟llash haqida ma'lum tushunchalarga ega 
bo‟ladilar, deb umid qilamiz.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling